I-bob rangli metallar va ularning qotishmalari
-rasm. Qo‘rg‘oshin, rux va kumushning ishlatilishi
Download 0.77 Mb.
|
1404538099 54012
14-rasm. Qo‘rg‘oshin, rux va kumushning ishlatilishi.
Aluminiy konlari Aluminiyning klarki 8,05 %, solishtirma og‘irligi 2,7. Aluminiy mexanik pishiqligi, yengil va oksidlanmasligi, elektr tokini yaxshi o‘tkazishi bilan xalq xo‘jaligida asosiy o‘rin tutadi. U ko‘pgina elementlar bilan qotishmalar hosil qiladi. Mis bilan dyuraluminiy, kremniy bilan silumin sanoatda keng qo‘llaniladi. Aluminiy aviatsiya, avtomobil, kemasozlik, elektrotexnika va ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarishda ishlatiladi (16-rasm). Aluminiyning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005-yil ma’lumoti bo‘yicha 32 mlrd t. Bir yilda dunyo bo‘yicha 165 mln t aluminiy ma’dani qazib olinadi. Shu jumladan, Avstraliyada 58 mln t qazib olinadi.Aluminiy ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo-boksit jinsi hisoblanadi (15-asm). Aluminiyning minerallari juda ko‘p – 250 ga yaqin. Ulardan byomit, diaspor va gidrargillit eng asosiylari hisoblanadi va ular boksit tarkibiga kiradi (15-rasm). Aluminiy konlarining tabiatda ikki turi uchraydi: 1.Qoldiq konlar. 2. Cho‘kindi konlar. Qoldiq konlar tog‘ jinslarining nurashi natijasida paydo bo‘ladi.Masalan, nefelinli siyenitlar, bazalt va diabazlarning nurashga uchrashi natijasida gillar tarkibiga kiruvchi yuqorida ko‘rsatilgan mineral lar to‘planishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday konlar AQSHda Arkanzas shtatida, Hindistonda, Braziliyada uchraydi.Cho‘kindi konlar Vengriya, Fransiya va Rossiyada (Uralda, Qizil shapkachasi) joylashgan. Duralyuminiy, alyumin, eskirtirish, bronza, latun, babbit. Mendeleev davriy sistemasida alyuminiy III guruhdagi element bo`lib atom massasi 26,98 teng bo`lib, tarkib bo`yicha 13 o`rinda turadi. Alyuminiyni elementar kristall panjarasini tipi yoqlari markazlashgan ko`p yacheykaga ega bo`lib, davri a=0, 40412 Nm ga teng. Alyuminiyni eng asosiy xarakteristikasidan biri temir (7,8 g/sm3) va mis (8,9 g/sm3) elementlariga qaraganda solishtirma og`irligi kamligidir (2,7 g/sm3). Alyuminiy yaxshi elektr o`tkazuvchanlikka ega bo`lib, misni (etalon) elektr o`tkazuvchanligini 65% turi tashkil qiladi, issiqlik o`tkazuvchanligi esa 238,3 Vt/(m.k). Alyuminiyni ximiyaviy tozaligiga qarab quyidagicha klassifikatsiyalanadi: maxsus yuqori tozalikka ega bo`lgan alyuminiy-A999 (99,999% A1), yuqori tozalikka ega bo`lgan alyumimiy - A995 (99,995%A1), A99 (99,99%A1), A997 (99,97%A1), A95 (99,95%A1) va texnik tozalikka ega bo`lgai alyuminiy- A85, A8, A7, A6, A5, AO (99,60%A1). Texnik alyuminiy list, prutok, sim va boshqa profilga ega bo`lgan zagotovka tarzida chiqariladi, ular АД va АД 1 deb markalanadi. Alyuminiyda o`zga qo`shimchalar , sifatida temir, kremniy, mis, marganes, rux, titan elementida bo`ladi. Alyuminiy yuzasida yupqa alyuminiy oksidini (A12O)) hosil bo`lishi oson bo`lganligi uchun va bu oksid juda mustahkam bo`lganlgi uchun uning bardoshligini oshiradi. Qancha alyuminiy toza bo`lsa, u shuncha zangbardosh bo`ladi. Yumshatilgan alyuminiyni mexanik xossalari: 6.=50MPa, 60.}=15MPa, 5=50% va texnik alyuminiyni esa quyidagicha (АДМ) - 5V = 80MPa, 8oz-3OMPa, 5=35% "a Ye=7GPa. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling