I-bob rangli metallar va ularning qotishmalari
METALLARNI TARKIBIY TUZILISHI
Download 0.77 Mb.
|
1404538099 54012
METALLARNI TARKIBIY TUZILISHI
Metallar strukturasi — metallar ichki tuzilishining oddiy ko‘z bilan yoki lupa va mikroskopda, shuningdek rentgen nurlari yordamida aniqlanadigan manzarasi. Metallar strukturasining oddiy ko‘z bilan yoki lupa orqali ko‘rinadigani makrostruktura, mikroskopda ko‘rinadigani mikrostruktura, rentgen nurlari yordamida aniqlanadigani rentgenostruktura deyiladi. M Metallarning mikrostrukturasi. Texnik metallarning hammasi nomuntazam shaklli mayda kristallar — donalardan. tuzilgan. Bularni optik yoki elektron mikroskop yordamidagina ko`rish mumkin. Mikrostrukturani aniqlash uchun metalldan namuna qirqib olinib, bir tomoni ko‘zgudek yaltiratiladi; unga reaktiv eritma ta’sir ettiriladi. Bunda namuna sirtida mikrorelyef (mikroshlif) hosil bo‘ladi. Mikroshlif mikroskopda kuzatilsa, mikrostrukturasi yaqqol ko‘rinadi Mikrostrukturani o`rganish metallar sifatini baholashning asosiy usullaridan biridir. Metallarning rentgenostrukturasini aniqlash uchun rentgenografiya usulidan foydalaniladi. Bu usul metall kristall panjarasidagi bir qator atomlarning rentgen nurlarini difraksiyalashiga asoslangan. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling