I-bob rangli metallar va ularning qotishmalari


II-BOB RANGLI METALLAR: TUZILISHI, TURLARI, XUSUSIYATLARI


Download 0.77 Mb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1583511
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1404538099 54012

II-BOB RANGLI METALLAR: TUZILISHI, TURLARI, XUSUSIYATLARI
2.1 METALLARNING OLINISHI VA ULARNING TURLARI
Tabiatda uchraydigan tog‘ jinslaridan paydo bo‘lgan temir qazib olingandan og‘ir sanoat sohasida rudani qayta ishlash yo‘llari bilan qora metallar olinadi.
Qora metall Ruda konlariga temir, marganets, xrom, titan va vannadiy konlari kiradi. Eng yirik konlarning zapasi bir necha mlrd. t ga, ruda tarkibidagi metall miqdori esa bir necha o‘n prosentga yetadi. Temir rudasi konlari yirik konlar hisoblanib, turli sharoitlarda hosil bo‘ladi. Ular orasida kembriy davridan oldin paydo bo‘lgan temirli kvarsitlarning gematit va magnetitdan nborat metamorfogen konlari muhim ahamiyatga ega.
Qora metallar — temir va uning qotishmalarini sanoatda atalishi; uglerodli temir qotishmalari — po‘lat va cho‘yan, shuningdek ferro qotishmalar keng tarqalgan.
Rudalardan metallni sof holda ajratib olish ishi texnikada qaytarish, termik parchalash, almashinish prossesslash natijasida metallurgiyaning turli tarmoqlari (pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektro metallurgiya)da amalga oshiriladi. Nihoyatda toza metal olish uchun moddalarni vakuumda haydash metodidan ham foydalaniladi.
Keyingi yillarda zonalar bo‘ylab suyuqlantirish metodi ko‘p qo‘llanilmoqda. Bu metod yod moddaning suyuq metallda yaxshiroq qattiq metallda yomonroq yeyilishga asoslangan. Zonalar bo‘ylab suyuqlantirish metodi asosida (elektron-nur lampalar bilan qizdirib) niobiy, tantal, volfram va boshqa M. yot moddalardan tozalanadi. Metall toza holda kamdan-kam ishlatiladi. Ko‘pincha qotishma holida qo‘llaniladi. Masalan, cho‘yan, po‘lat, jez, bronza, konstantan, melxior, nixrom va boshqa Atmosfera sharoitida metall yemiriladi (korroziyaga uchraydi). Metall buyumlarni yemirilishdan saqlash alohida ahamiyatga ega. Maxsus zanglamaydigan po‘latlarning yaratilishi bu masalani hal qilishga yordam beradi. Metall turmushda, ishlab chiqarishda, qurilishda, kosmonavtika, kemasozlik, mashinasozlik, samolyotsozlikda va boshqa ko‘p sohalarda ishlatiladi. Ishlatilishi kerak bo‘lgan qora metallar temir rudani suyuqlantirishga tayyorlash, asosan maydalash (pechga tiqish), g‘alvirdan o`tkazish (elash), rudani yuvish, bekorchi jinslardan apparat yordamida tozalab boyitish (elektro magnit usuli), rudani qizdirish, Aglomerilasiyalash (Aglomerilasiya mashinasida bo‘laklash), o‘tralash (har hil shaxtadan) bo‘lganligi uchun ximiyaviy tarkibi normallash kabi operatsiyalar orqali qayta ishlanib talab darajasida qora metall qotishmalari (cho‘yan va po‘lat) olinar ekan.
Kulrang cho‘yan donsimon tuzilishga ega. Uni qirquvchi instrumenti bilan oson ishlov berish mumkin, suyuq holatda yaxshi quyiladi. Undan dastgohlarning staninasi, shkivlar va boshqa narsalar quyiladi. Kulrang cho‘yanning asosiy kamchiligi - tezsinuvchanligi, shuning uchun undan zarbaga dosh beradigan, cho‘ziladigan, egiladigan detallarni quyib bo‘lmaydi.
O q cho‘yan o‘ta qattiqligi, sinuvchanligi, va qirqish qiyinligi bilan farqlanadi. U po‘lat olish uchun ishlatiladi. Po‘lat tarkibida uglerod (2 % gacha) va boshqa kimyoviy clcmcullar bor. Po‘lat marten, konverter va elektr pechlarda oq cho‘yanning tarkibidagi uglcrodni yondirish yo‘li bilan olinadi. Po‘latni kislorod konverterda eritib olish eng tejamkor usul hisoblanadi. Eng keng tarqalgan usuli esa bu marten pech orqali quyishdir.
Konstruksion sifatli po‘latlar tarkibida fosfor yoki oltingugurt oz qo`shimcha miqdorda bo‘ladi. Ulardan qattiq kuch ta’sirida chidaydigan detal va konstruksiyalar tayyorlanadi (shesterniya, tros simian, ko‘prik va kranlaming konstruksiya elementlari).
Instrumental po‘latlarda uglerod miqdori 0,7% dan oshiqroq bo‘ladi. Konstruksion po‘latlarga qaraganda instrumental po‘latlar qattiqroq, mustahkamroq va chidamliroq bo‘ladi. Ulardan asosan o‘lchaydigan, qirqadigan va montaj instrumentlar tayyorlanadi. Legirlangan po‘latlar tarkibida, kerak bo‘lgan xossasiga qarab quyidagi elementlar qo`shimcha bo`lishi mumkin: nikel, xrom, volfram, kobalt, vannadiy, molibden, marganets, kremniy.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling