I bob. Sho’r tuproqlar klassifikatsiyasi
Download 66.71 Kb.
|
1.Sho\'rlangan tuproqlarda o\'sadigan o\'simliklarning ekologik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. SHO’RTOB VA SHO’RTOBLANGAN TUPROQLAR, KLASIFIKATSIYASI, TARQALISH HAMDA MELIROTSIYALASH USULLARI. QURITISH MELIROTSIYASI.
- Xulosa.....................................................................................................................28
Sho'rlangan tuproqlarda o'sadigan o'simliklarning ekologik xususiyatlari Mundarija: Kirish………………………………………………………………………………3 Asosiy qism I BOB. SHO’R TUPROQLAR KLASSIFIKATSIYASI. 1.1 Tuproqlarning sho’rlanishi, tuz to’planish sabablari va o'simliklarning ekologik xususiyatlari................................................................................................9 1.2 Sho’rlangan tuproqlarni o’simlikka ta’siri hamda ekinlarni tuzga chidamliligi..............................................................................................................17 II BOB. SHO’RTOB VA SHO’RTOBLANGAN TUPROQLAR, KLASIFIKATSIYASI, TARQALISH HAMDA MELIROTSIYALASH USULLARI. QURITISH MELIROTSIYASI. 2.1 Sho'rlangan tuproqlarda o'sadigan o'simliklar klassifikatsiyasi......................21 2.2 Sho'rlangan yerlar uchun ko'p yillik o'simliklar...............................................27 Xulosa.....................................................................................................................28 Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................30 Kirish. Mavzuning dolzarbliligi. O‘zbekistonda jami 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yer maydoni bo‘lib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra sug‘oriladigan yerlarning 44,7 foizi har xil darajada, jumladan, 31,0 foizi kuchsiz, 11,9 foizi o‘rtacha, 1,9 foizi esa kuchli sho‘rlangani aytiladi. “Yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tizimli tashkil etishga, ularning sifati va suv iste'molini nazorat qilishga yetarli e'tibor berilmayapti. Natijada, agroklasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash va sho‘rini yuvishda, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining ko‘pchilik tumanlarida agrotexnika qoidalari va muddatlari qo‘pol ravishda buzilib, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilmoqda, sho‘r yuvish ishlarining samarasi esa pastligicha qolmoqda. Qurg’oqchil mintaqalarda joylashgan respublikamiznig turli xil tabiiy-xo’jalik sharoitlariga ega bo’lgan va hozirgi suv taqchilligi kuchayib borayotgan hududlarida sug’orish melioratsiyasi tadbirlarining asoslarini o’rganish talab etiladi. Ulardan tashqari, respublikamizda 2,5 mln/ga yaqin yerlar turli darajada sho’rlangan yoki sho’rlanish va botqoqlanishga moyil yerlarni tashkil etadi, qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, zax qochirish va sho’rlanishga qarshi kurashishning ilmiy, texnik asoslariga tayangan holda kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Ma’lumki, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 3-ustuvor yo’nalishini 3-bandi Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish borasida belgilangan chora-tadbirlar sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligini ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish hamda aholi hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan. Sug’orish, irrigatsiya-tuproqni manbalardan olingan suv bilan sun’iy sug’orish, melioratsiyaning bir turi. Sug’orish tuproqning o’simlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa o’simliklarning tuproqdan oziq moddalar, mineral va organik o’g’itlarni o’zlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishni ta’minlaydi. Bu borada yuqori malakali tuproqshunoslik mutaxassislarni tayyorlashda tuproq qonuniyatlari hamda gidrogeologik jarayonlarni bilishning ahamiyati katta. Download 66.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling