Quv yurtida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga tizimli yondashuv


Download 32.71 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi32.71 Kb.
#1626904
  1   2   3
Bog'liq
Annotatsiya


OLIY O‘QUV YURTIDA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL
ETISHGA TIZIMLI YONDASHUV
ANNOTATSIYA
Tayanch so’zlar: estetik tarbiya, dunyoqarash, texnologiya, ta’lim, pedagogika, psixologiya, oliy ta’lim, qadriyat.
Tadqiqotning ob’ekti: bo‘lajak o‘qituvchilarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi: oliy o‘quv yurtida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonini rivojlantirishdan iborat.
Tadqiqotning metodlari: Tadqiqotda mavzuga oid falsafiy, sotsiologik, psixologik-pedagogik adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish va tahlil qilish, ijtimoiy-pedagogik (kuzatish, suhbat, tashxislash, so‘rovnoma, test), tajriba-sinov, monitoring natijalarini matematik va statistik qayta ishlash metodlaridan foydalanildi.
Olingan natijalar va ularning yangiligi:
shaxsning ta‘limiy-tarbiyaviy imkoniyatlarini rivojlantirishga imkon beruvchi o’quv-tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari optimallashtirildi;
oliy o‘quv yurtida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish ko‘rsatkichlari (milliylik, axloqiy-estetik, tarixiylik, ta’limiy-tarbiyaviy) mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
tarbiyaviy jarayonning innovatsion (shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik, istiqbolli-ilg‘or, rivojlantiruvchi) ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati
oliy o‘quv yurtida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga ta’sir etuvchi makro va mikro muhitning obyektiv va subyektiv omillaridan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar hamda dasturiy-metodik ta’minot ishlab chiqilgan;
tadqiqotning nazariy g‘oyalari va amaliy ishlanmalaridan oliy o‘quv yurtida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonining rivojlanishi, mazmunini takomillashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar berilgan.

Download 32.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling