I bob. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining samaradorligini oshirish shart-sharoitlari
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari
Download 50.47 Kb.
|
RAXBARLIK QONUN QOIDALARI.22 (2)
.Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining vazifalari.
Umumta‘lim maktablarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayonida keng ko‘lamli xususiyatga ega. Lekin ulardan g‘oyaviy, ma‘naviy- ahloqiy, jismoniy, estetik, fuqorolik kabi tarbiyaviy ishlar eng asosiylari hisoblanadi. Shu ma‘noda tarbiyaviy ishlar jarayonidagi sinf rahbarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -tarbiya ishlarini insonparvar, demokratik va dunyoviy xarakterda yo‘lga qo‘yish; -tarbiyaviy ishlar rejalari va dasturlarini davlat ta‘lim standartlariga mos ravishda yagona va tabaqalashtirilgan tarzda ishlab chiqish; -o‘quvchilarning layoqati, qobiliyati va istedodini o‘stirishni tashkil qilish; -tarbiyaviy ishlarni maqsad –muddaoli, rejali va tizimli yo‘lga qo‘yish; -o‘qituvchilar, maktab jamoasi, ota-onalar qo‘mitasi, mahalla faollari hamda keng jamoatchilikning tarbiyaviy ishlardagi hamkorligini uyushtirish; -o‘quvchilarda g‘oyaviy sobitlik, ma‘naviy barkamollik, ahloqiy yetuklik, jismoniy sog‘lomlik ko‘nikmalarini voyaga yetkazishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ishlarni olib borish. Zero, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi vazifalari eng muhim muammolarni qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Bu vazifalar hozirgi kunda ―mafkuraviy, g‘oyaviy va informasion kurashlar kuchayib borayotganligi‖ bilan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. sinf rahbari tarbiyaviy ishlar jarayonidagi vazifalarning ijtimoiy ahamiyatini quyidagicha belgilash mumkin: 1.Hozirgi murakkab davrda sinf ma‘naviy –ma‘rifiy tarbiya ishlarni zamon talablari asosida tashkil qilish; 2.O‘quvchilarni turli g‘oyaviy, ma‘naviy, mafkuraviy va ahloqiy xurujlardan himoya qilish; 3.O‘quvchilarning hayotga ongli va mustahkam pozitsiyali munosabatini shakllantirish; 4.O‘quvchilarning yon atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini tarkib toptirish. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari muhim o‘rin tutadi. Bu masalada u aniq burch va vazifalarga ega. Talabalar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi tutgan o‘rni, burchi va vazifalari bo‘yicha ko‘nikma, malaka va tajriba hosil qilishlari kerak. Shunda bu borada erishilgan natijalari kutilgan darajada bo‘ladi. Sinf rahbari hozirgi kunda asosiy tarbiyachi hisoblanadi. Shu sababli uning maqomi bugungi kunda quyidagilardan iborat: 1) Sinfdagi tarbiyaviy ishlar uchun asosiy shaxs bo‘lishi; 2) Pedagogik jamoa va ota-onalarga nisbatan tarbiyaviy ishlarda mutloq-vakolatga ega bo‘lishi; 3) Sinfdagi tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta‘minlashi; 4) Davlat va nodavlat tashkilotlarida bolalarning qonuniy vakili sifatida ishtirok etishi va h.k. Demokratik jamiyat sharoitida sinf rahbarining ijtimoiy nufuzi yuqori bo‘ladi. Bu bir necha omillar bilan belgilanadi: - bolani har xil salbiy ta‘sir va holatlardan muhofaza qilish; - bola huquqlarini ro‘yobga chiqarish; - bolani ijtimoiy himoyalash; - bola tarbiyasi monitoringini amalga oshirish. Hozirgi tezkor davrda ota-ona yoki oilada bola tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar bola tarbiyasi ishiga ishtiroksi sifatida qatnashmoqda, xolos. Sinf rahbari esa bola tarbiyasida ilmiy, ijtimoiy, g‘oyaviy, siyosiy talab va ehtiyojlar bilan ishtirok etadi. Buning uchun sinf rahbari quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim: A) o‘z kasbining ustasi bo‘lishi; B) bolani sevishi va bola huquqlarini bilishi; V) tarbiya ishining asoslari, metodlari va texnologiyalaridan yetarli darajada xabardor bo‘lishi; G) ijodkor, izlanuvchan va namunali bo‘lishi. Shunday qilib sinf rahbari tarbiyaviy ishlar sohasida keng qamrovli ishlarni olib boradi va o‘z sinf o‘quvchilarini barkamol avlod qilib tarbiyalashda asosiy shaxs hisoblanadi. Ayrim maktablarda yuqori o'zlashtirishga erishish o'quv, didaktik mas ala sifatida maktabda ta'Iim-tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yishga bog'liq bo'ladi. O'qish jarayonida bolalarda mehnatscvarlik, diqqat, matonat kabi sifatlami tarbiyalash bilimni muvaffaqiyatli o'zlashtirishga yordam beradi.Maktabda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar tizimi to'g'ri va bcvosita sinfda o'zlashtirishni ko'tarishga ta'sir ctadi. Sinf rahbari o'qituvchilar bilan hamkorlikda bolalami o'qishga ongli munosabatda bo'lishga o'rgatadi. O'quvchilarning o'qishlarini nazorat qiladi, darslarga kiradi, kuzatadi va o'z sinfidagi o'quvchilar bilan birgalikda sinfda o'quv ishlarining sifatini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi. Yuqori sinflarda yuqori o'zlashtirish uchun kurash susaymaydi, aksincha u yana ko'proq ahamiyat kasb etib boradi. Xulosa Sinf rahbari maktab o'qituvchilar jamoasi va pedagogic kengashining a' zosidir. Sinf rahbarining burchi j uda keng va ko 'p tomonlamadir. Sinf rahbari ishining asosiy qismi o'quvchilarni o'rganish,o'quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib-intizomini mustahkamlashdan iborat. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o'tkazish, o'quvchilarning ota-onalari bilan olib boriladigan ishlar ham sinf rahbarining asosiy vazifalariga kiradi. O'quvchilar jamoasi sinf rahbarining tayanchi. O'quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o'quvchilaming bir-hirlariga ta' sirlari katta ahamiyatga ega. Ularning birbiriga kO'rsatadigan o'rnaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga xizmat qiladi, ularda xulq madaniyatini, odatini, ko'nikmasini hosil qiladi. Sinf rahbari bolalarni odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha bilan gapirishni, maqbul harakat qilishni o'rgatishi lozim. Alisher Navoiy "Mahbub-ul-qulub" asarida ta'lim-tarbiya jarayonlarini, vositalarini, axloq-odob talablarini ko'rsatadi. O'z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O'qituvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, maktabdorlar ta'lim berayotgan fanini va tarbiya jarayonini sevishi kerak deydi. O'ziga xos o'quvchi jamiyatda obro'Ii va hurmatga loyiq insondir, deb hisoblaydi. Shogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e' zozlashlari lozimligini uqtiradi. Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur buginiga ham aylantiradi. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai-nazari asta-sekin tarkib topib boradi. U tarbiyalanuvchining hulq-atvori hamda tevarak-atrofdagi muhitning xilma-xil ta'sirlariga uning munosabatlarini belgilaydi. Shaxsning bu tutgan yo'Ii qancha aniq va izchil bo'lsa, tevarak-atrofdagi hayot sharoitlarining turlicha salbiy ta'siri shuncha kuchsiz bo'ladi. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o'qituvchi-tarbiyachilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar. Boshlang'ich sinf o'quvchisining xatti-harakatidagi ayrim kamchiliklami tuzatishga to'g'ri keladi. Bu kamchiliklar avvalgi tarbiya jarayonida, kO'pincha oilada tarkib topgan bo'ladi. O'qituvchi o'z harakatlarini va ota-onalaming harakatlarini bu kamchiliklami bartaraf etishga qaratishi lozim. Odatda, buning uchun bolalaming oiladagi hayot sharoitlarini o'zgartirish, tarbiyalanuvchilarda noto'g'ri xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi sabablami mumkin qadar YO'qotish talab etiladi. Shunday qilib, tarbiyalash, o'z-o'zini tarbiyalash va qayta Tarbiyalash jarayonlari o'zaro rnustahkam bog'langan bo'lib, inson shaxsini tarkib toptirishning bir butun jarayonida doimo bir-biriga ta'sir o'tkazadi. Har bir ishning o'ziga xos, rna'lum qonun-qoidalari bo'lganidek, bola tarbiyasining ham o'ziga xos bir qator muhim qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo'lishini ta'minlaydi. Bu qoidalar tarbiyaviy ishlaming rnazmuni va tashkil etilishini doirno yangilab turishni talab etadi. O'qituvchilar o'quvchilar tarbiyasini hayot bilan bog'lar ekanlar, ularga o'zlarida imone'tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotiga faolroq jalb qilinadi, bu esa o'quvchi shaxsining, barkamol avlodning tarkib topishiga yordarn beradi. Download 50.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling