I bob. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining samaradorligini oshirish shart-sharoitlari


II BOB. TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONIDA SINF RAHBARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Download 50.47 Kb.
bet4/8
Sana15.06.2023
Hajmi50.47 Kb.
#1478795
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RAXBARLIK QONUN QOIDALARI.22 (2)

II BOB. TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONIDA SINF RAHBARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI.
2.1. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyatini tashkil etish metodikasi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay YO'nalishlarini topib joriy etishga bog'liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo'lgan barcha g'oyalar qaytadan ko'rib chiqilishi, asosiy e'tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to'plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish lozim. Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushrnalar, Davlat va nodavlat jamg'armalari, qo'rnitalar va tashkilotlar bilan
hamkorlikda olib boriladi. lnson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanib boradi. Uning tarbiyasiga ota-onasi bevosita ta' sir ko'rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlami vujudga keltirishda o'zaro hamkorlikning ta'sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta'minlagan holda, uning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan muhitdan himoya qilish juda muhim.
Tarbiyaning bosh maqsadi - yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma'naviy-tarixiy an'analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrovchi va jismoniy rivojlanishi hamda uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun keng imkoniyat yaratishdir. Xullas, tarbiyaning negizida quyidagilar yotadi:
- yoshlarni erkin ftkrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko'maklashish, o'z-o'zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg'otish;
- o'quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlami egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
- har bir o'smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish. Inson faoliyatini turli sohalarga yo'naltirish, bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo'llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
- insonparvarlik odobi me'yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlilka,yolg'onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng
qo'llanishi lozim.
-vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o'zaro munosabat-muloqotni o'rganish, o'z xalqi, davlati himoyasi uchun hamisha shay bo'lib turish, O'zbekiston Respubhkasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O'zbekiston Konstitutsiyasiga, Bayrog'iga, Gcrbiga, Madhiyasiga, Prczidcntiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
- qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini bc1gilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas'uliyat hislarini rivojlantirish, o'zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini
barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta'lim-tarbiya;
- mustaqil davlatimiz - O'zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to'g'ri va xolisona baho berishga o'rgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o'z xalqining turmush darajasini oshirishga yo'naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to'g'ri tushuntirish kerak;
- turmushda eng oliy qadriyat hisoblanmish mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;
-sog'lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo'lish istagini shakllantirish;
- yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o'rgatish.
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo'lishi lozim :
- tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va yosh yigit-qizning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e'tiborga olish;
- yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqIigi tuyg'usini qaror toptirish;
- milliylikning o'ziga xos an 'analari va vositalariga tayanish;
- shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o'quvchilar o'rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e'tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo'lish.
Amalda tarbiyaviy jarayonning yaxlit va uzluksiz ishiga turli yoshdagi bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim O'smir yigit va qizlar nafaqat bo'lg'usi katta hayotga tayyorgarlik ko'radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo'sh vaqtlarida o'quv-tarbiya jarayonini to'ldiradi. U o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o'ziga xosligi shundaki, to' garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o'smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Umumta‘lim maktablarida tarbiya jarayonini oqilona boshqarish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Bunda sinf rahbari muhim o‘rin tutadi. Sinf rahbarining asosiy funksiyasi o‘ziga biriktirilgan sinfda barcha tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, yo‘naltirish va muvofiqlashtirib borishdan iborat. Sinf rahbari o‘z faoliyatida o‘z sinfini va alohida-alohida har qaysi o‘quvchini o‘rganishdan boshlaydi. Ma‘naviyati boy bo‘lgan sinf rahbari o‘quvchilar bilan alohida-alohida ishlashni amalga oshirishi, o‘quvchilarga o‘z ta‘siri, metodlarini mohirlik bilan qo‘llashi kerak. Sinf rahbari ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalanish, o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanish va bolalar ijodiy qobiliyatini o‘stirishda, ularni har tomonlama kamol toptirishda yordam beradi. U bu funksiyani bajarishda o‘quvchilar bilan individual va jamoaviy munosabatga kirishadi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining tutgan o‟rni.
Bunda quyidagilarga amal qilinadi:

Download 50.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling