I bob. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining samaradorligini oshirish shart-sharoitlari


I BOB. SINF RAHBARI TARBIYAVIY FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH SHART-SHAROITLARI


Download 50.47 Kb.
bet2/8
Sana15.06.2023
Hajmi50.47 Kb.
#1478795
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RAXBARLIK QONUN QOIDALARI.22 (2)

I BOB. SINF RAHBARI TARBIYAVIY FAOLIYATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH SHART-SHAROITLARI.

    1. Sinf rahbarining o'quvchilarni o'rganish jarayoni.

Sinf rahbari maktab o'qituvchilar jamoasi va pedagogika kengashining a' zosidir. Sinf rahbarining burchi j uda keng va ko 'p tomonlamadir. Sinf rahbari ishining asosiy qismi o'quvchilarni o'rganish, o'quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib-intizomini mustahkamlashdan iborat. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o'tkazish, o'quvchilarning ota-onalari bilan olib boriladigan ishlar ham sinf rahbarining asosiy vazifalariga kiradi. O'quvchilar jamoasi sinf rahbarining tayanchi. O'quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o'quvchilaming bir-birlariga ta'sirlari katta ahamiyatga ega. Ularning birbiriga kO'rsatadigan o'rnaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga xizmat qiladi, ularda xulq madaniyatini, odatini, ko'nikmasini hosil qiladi. Sinf rahbari bolalami odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha bilan gapirishni, maqbul harakat qilishni o'rgatishi lozim. Alisher Navoiy "Mahbub-ul-qulub" asarida ta'lim-tarbiya
jarayonlarini, vositalarini, axloq-odob talablarini ko'rsatadi. O'z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O'qituvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, maktabdorlar ta'lim berayotgan fanini va tarbiya jarayonini sevishi kerak deydi. O'ziga xos o'quvchi jamiyatda obro'Ii va hurmatga
loyiq insondir, deb hisoblaydi. Shogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e' zozlashlari lozamligini uqtiradi.
Sinf rahbarining faoliyati ko'p qirrali va sennazmundir. U o'zi rahbarlik qilayotgan sinf o'quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o'quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi, bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muamoni ycchadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. Tarbiyaga kompleks yondoshish, biror o'quvchini ham e'tibordan qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari tarbiya obyekti bo'lgan bolani yaxshi bilishi, uni yaxlit idrok etishi kerak. Ko'pchilik sinf rahbarlari bolani
darsda o'quvchi, musobaqada sportchi sifatida, ya 'ni har bir aniq ish sharoitidan kelib chiqib idrok etadi va shunga ko'ra muomala qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo har bir bolaning o'z tajribasi, o'z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan narsalar, ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalari, munosabatlari kabi butun bir dunyosi bor. Tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak. Sinf rahbari o'z o'quvchisining ichki dunyosini, kechinmalarini, hulqida vujudga kelayotgan holatlaming sababini, irodasini yaxshi bilsagina uning qalbiga yo'l topa oIadi va bolaga ta'sir etishning to'g'ri yo'lini aniqlaydi. Ana shunday sifatlarga e'tibor bergan sinf rahbari tarbiyada yetakchi o'rinni egallaydi.
Sinf rahbarining bolaga tarbiyaviy ta'sir ctishdagi yetakchilik, birdamlik rolini tarbiyaviy ta'sirning bu qadar ko'p tarmoqlari orasida saqlab qolish g'oyat qiyinlashib boryapt;. Ba'zan bolaga tarbiyachidan ko'ra o'rtog'i, qo'shnisi, ko'chadagi do'stlari
kuchliroq ta'sir etishi hollariga duch kelamiz. Ammo buning aksi bo'lgan taqdirdagina tarbiyada muvaffiqiyatga erishiladi. Bunga esa tarbiyachining nuqtai nazari ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Chunki, har bir bolada ma'lum kurtaklar: yaxshilik va poklik bilan bir qatorda salbiy, aktivlik va passivlik sifatlari mavjud. U munosabatlarga e'tibori jihatidan ham har xiI sifatlarga ega. Agar tarbiyachi unga optimistik nuqtai nazardan yondashsa, bola yaxshilikka intilib, uning umidini oqlaydi va aksincha, bolaga oldindan noshud, yalqov, tartibsiz deb qaralsa hamda o'jarlik va terslik bolaning sifati deb hukm chiqarilsa, u holda tarbiyalanuvchi a'zini xuddi shunday qilib ko'rsatadi. Natijada u bu borada ham tarbiyachining «umidini oqlaydi». Sinf rahbari bolalami yaxshi bila alishi uchun ulami o'rganish darsda, darsdan tashqari vaqtlarda umuman bolaning hayoti a'tadigan barcha sharoitlarda amalga ashiriladi. Bolani o'rganish bilan sinf rahbari uning individual xususiyatlari haqida aniq rua'1umotga ega bo'ladi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari butun sinf jamoasini ham o'rganishi kerak. Sinf rahbari o'ziga berilgan sinfui qabul qilib olishi bilan bolalar haqida ko'pgina ma'lumotlarni aniqlaydi. Bu ma'lumotlar bolaning oilasidan, o'qitllvchilaridan,o'rtoqlaridan olinadi va tarbiyaga yagona ta'sir birligi ham shu
asosda vlljudga keladi. Mana shu o'rinda bolalar, ota-onalar va o'qituvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar masalasiga alohida e'tibor berish lozim. Bu uehlik markazida bola, ya'ni o'quvchi turadi, maktab va oila esa unga ikki tomondan ta'sir etadi. Ayni vaqtda bola maktab bilan oilasidagi aloqani ta'minlovchi vosita rolini ham bajaradi. Lekin uning maktab haqidagi oilaga yetkazadigan ma'lumotlari hamisha ham haqiqatga to'g'ri kelavermaydi va u hatto kundalik orqali beriladigan axborotlami ham o'zieha talqin etib beradi. KO'pineha oila bilan maktab o'rtasida vujudga keladigan anglashilmovchilik ham mana shu tufayli ro'y beradi. O'quvchi
kattalarning o'zi bilan muomola qilayotgan vaqtdagi pozitsiyasini solishtirib ko'rish orqali ma'lum xulosaga keladi va o'ziga hukm ehiqaradi. Xuddi shu hoi uning xulqida o'z aksini topadi va u bir gal o'qituvehining, boshqa vaqt ota-onasining tarbiyasini oladi. Hatto eng vijdonli bolada ham bu holning ro'y bcrishi tabiiydir.
Ana shu holatning vujudga kelmasligi uchun ota-onaga yordam berish, o'qituvehi bilan ota-ona o'liasidagi hamkorlikning to'g'ri bo'lishida oila tarbiyasiga rahbarlik qilish zarur. Buning uchun u har bir oilani har tomonlama o'rganishi kerak. Sinf
rahbari har bir o'quvehisi oilasiga individual munosabatda bo'lishi uchun quyidagilami o'z ichiga olgan dasturga ega bo'lishi kerak:
I. Oila haqida umumiy ma'lumot: oila tarkibi, kattalaming ish joyi, kasbi, oilaning moddiy jihatdan ta'minlanganlik darajasi, uyjoy sharoiti.
2. Oilaning madaniy darajasi: oila a'zolarining ma'lumoti, oilaviy kutubxona bor-yo'qligi, qanday matbuotga yozilishi, an'analari va oilaviy bayramlar.
3. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari: ota-onaning bolaga va bolaning ota-onaga munosabati, ulaming insoniy yetukligi, bolalaming o'z ota-onalarining kasbi haqidagi tushunchalari, oilada salbiy ta'siming bor-yo'qligi.
4. Bolaga oiladan tashqarida kO'rsatilayotgan ta'sirlar va otaonalaming ularda munosabati, o'rtoqlari, hovli, ko'cha, qo'shnilar, ota-onaning tanishlari, qarindoshlar va boshqalar.
Sinf rahbari tarbiyaviy ishining muv'affaqiyati ko'p jihatdan uning bolalar ichki dunyosiga chuqur singib kirishiga, ulaming kechinmalari hamda xulq-atvorini tushunishiga bog'liqdir.
Tarbiyachi o'quvchilar jamoasini tarbiyalar ekan, hech qaysi o'quvchini nazardan chetda qoldinnasligi darkor. O'quvchilarning xulq-atvori, tartib-intizomi, o'zlashtirishi ko'p jihatdan ularning individual xususiyatlariga bog'liqdir. Ba'zi bir o'quvchi o'zining o'qishga bardoshsizligi tufayli darslarga ulgunnasligi, ikkinchi
birining darsda yaxshi javob berishga jur'atsizligi, tortinchoqligi halaqit berishi, yana birining yaxshi o'qishiga vaqtida o'zlashtirganligi sabablarini bilgan taqdirdagina, uning oldini olish borasida real va ta'sirchan tadbirlar qo’llashi mumkin bo'ladi


Download 50.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling