I bob. Ta’lim muassasida talabalar davomatini monitoring qilish tizimi
Download 1.83 Mb.
|
1 Ta’lim muassasida talabalar davomatini monitoring qilish tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ,,Online ta’lim“ning kamchiliklari
,,Online ta’lim“ning afzalliklari*Masofaviy ta’lim orqali o‘quvchilarga darslarni tushuntirishning qator samarali va zamonaviy usullari mavjud.Masalan,turli xil audio-videolar,prodkastlar,PDF fayllar va hokazolar. *Online ta’lim turli an’anaviy bilan taqqoslaganda arzon hisoblanadi.Bundan tashqari,barcha kurs yoki o‘quv materiallari electron formatda bo‘lib,qog‘ozsiz o‘quv muhitini yaratadi.Bu esa yanada sarf-xarajatni kamaytiradi va atrof muhit uchun ham foydalidir. *Online ta’lim orqali siz qisqa fursatda kata hajmdagi ma’lumotlarni qabul qilishingiz mumkin.Shuningdek,sizda cheksiz internet olamida istalgan manbaani bir zumda toppish imkoniyati mavjud. *Ma’lum sabablarga ko‘ra qoldirilgan darsni o‘zlashtirish qiyinchilik tug‘dirmaydi. *Online ta’lim o‘rganuvchi uchun mustaqil ta’lim olish imkoniyatini oshiradi.Bu albatta talabaning o‘qishga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi. ,,Online ta’lim“ning kamchiliklari*Uzoq vaqt ekran oldida diqqatni jamlay olmaslik.Bu online ta’limning eng kata kamchiliklaridan biri hisoblanadi.Dars mobaynida talabalarning ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa boshqa saytlarga chalg‘ib ketishlari ehtimoli katta.Shu boisdan o‘qituvchilar darslarni aniq,qiziqarli hamda interaktiv usullardan tashkil qilib,o‘rganuvchilar diqqatini qarata olishlari kerak. *Talabalarning topshiriqlarni o‘zlari bajargani yoki boshqasiga bajartirgani haqida bilib bo‘lmaydi.Ayrim talabalar boshqa gruppadoshlarining vazifalaridan ko‘chirib olib yoki ularning vazifalarini joylab yuborish holatlari kuzatiladi va buning natijasida o‘quvchilarning bilim saviyasini ya’ni o‘zlashtirishini aniq bilib bo‘lmaydi. *Online ta’limda barchamizga ma’lumki,darslar internet tarmog‘iga ulangan holda online tartibda olib boriladi.Bundan talabalarning internetga ulanish muammolari bo‘lgan holatda darsdan qolib ketish holatlari kuzatiladi. *Online ta’limda internetdan tashqari o‘quvchilarda qurilma bilan bog‘liq muammolar ham uchrab turadi. Dastur haqida qisqacha Bizning dasturimiz ,,Ta’lim muassasalarida davomatni monitoring qilish“ mavzusi asosida yaratilgan dastur hisoblanadi.Bu dastur asosiy ikki qismdan iborat. 1.Dekanat qismi Bu yerda o‘qituvchilarning o‘zi dars beradigan guruhga kirib,o‘zi dars beradigan fan vaqtida o‘quvchilarni darsga qatnashgan,yoki qatnashmagan ekanliklarini belgilaganlaridan so‘ng,ularning ma’lumotlarini ko‘rish imkoniyati mavjud.Lekin bun oynada o‘quvchilarga darsga qatnashmaganlik yoki qatnashganlik belgisini qo‘yib bo‘lmaydi.Faqatgina darsga kelmagan o‘quvchilar ma’lumotlarini(guruhi, familyasi, ismi, qaysi fandan darsga qatnashmagani,qaysi fan turida darsga qatnashmaganini,qaysi sanada darsga qatnashmaganligini ko‘rish imkoniyati mavjud).Bu oynada o‘quvchilarni ma’lumotlarini ko‘rgandan keyin darsdan chetlatish yoki chetlatmaslik haqida dekanat a’zolarining o‘zlari hal qiladilar. 2.O‘qituvchi qismi Bu yerda o‘quvchilarni darsga qatnashgan,yoki qatnashmagan ekanliklarini belgilaydilar va uni ta’lim muassasining ma;lumotlar bazasiga yuklaydilar. Faqatgina darsga kelgan va kelmagan o‘quvchilar ma’lumotlarini(guruhi, familyasi, ismi, qaysi fandan darsga qatnashmagani,qaysi fan turida darsga qatnashmaganini,qaysi sanada darsga qatnashmaganligini ma’lumpotlar bazasiga yuklaydilar. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling