I bob. Ta`Lim sohasiga psixologik xizmatning kirib kelishi
O`zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi
Download 120.19 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Xorijiy ta’lim tizimi psixologik xizmatlarida a
O`zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi.
1989-yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sabab Nizomiy nomli T.D.P.U.da amaliyotchi psixologloglar tayyorlash fakulteti ochildi. O`zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida E.G`oziyev, M.G.Davletshen, G.B.Shoumarov, V. M. Karimova, Sh. R.Baratov, E.H.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nizamova, H.S.Safo yev, F,L.Xaydarov, B.R.Qodirov, S.X.Jalilova, va boshqalar fan rivojida o`z hissasini qo`shgan va hozirga qadar o`z izlanishlarini davom ettirmoqda. 1998 yilda Sh.R. Baratov “Ta`lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari” mavzusida ish olib bordi va doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Hozirgi davr bosqichida psixologik xizmatning ikki yo`nalishi : dolzarb va kelajak yo`nalishlari mavjud. Dolzarb yo`nalish – bu o`quvchilar ta`lim-tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi , muloqotidagi va shaxsi shakllanishidagi buzulishlar bilan bog`liq muammolarni hal qilishga qaratilgan. Kelajak yo`nalishi - har bir bola indevidualligini rivojlantirishga jamiyatda yartuvchanlik hayotiga psixologik tayyorgarlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixologik xizmat maktabda o`quv tarbiya mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Psixologik xizmat 3 ta asosiy bo`limdan tuzilgan: Aniq o`quv muassasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi . Tuman xalq ta`limi qoshidagi tashxis markazi. Respublika kasb-hunarga yo`naltirish va psixologik-pedogogik tashxis markazi. Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadi. Amaliyotchi psixolog o`z faoliyati pedogogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqalarda amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o`z faoliyatida tibbiy difiktologik va boshqa xizmat turlari bilan bola tarbiyasida yordam ko`rsatuvchi jamoatchilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradilar . O`rta maxsus kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi – shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti to`laqonli psixologik taraqqiyotni ta`minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta`sir otkazish ob`yekti maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab o`quvchilari, maxsus o`quv yurti, oliy maktab, kollej talabalari, ota-onalari bo`lib hisoblanadi. Ularni yoki guruhiy shaklda tadqiq qilishi mumkin. Download 120.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling