II.BOB. UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING VAZIFALARI VA ISH MAZMUNI
2.1. O`quvchilarni o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga yo`naltirish hamda tavsiyanomalarni berish.
Xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limlari o`quvchilarni kasbga yo`naltirish pedagogik-psixologik diagnostikasini metodik ta`minlash kichik guruhlari, o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish ishlari samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:
Umumiy o`rta ta`lim muassasalari ta`lim olayotgan 9-sinf bitiruvchilarining qiziqishi, qobiliyati va moyilligi o`quv yili davomida kasbiy, psixologik-pedagogik tashxis metodikalari natijalari hamda o`quvchida namoyon bo`lgan qiziqish va moyilliklarning yo`nalishi ota-onalar, sinf rahbari va o`qituvchilar bilan o`tkazilgan suhbatlar asosida aniqlanadi.
O`quv yilining yakunida o`tkaziladigan yig`ilishda komissiya mazkur masalani ko`rib chiqadi, atroflicha muhokama etib, har bir o`quvchiga o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasining tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha o`qishni davom ettirishi yuzasidan qaror qabul qiladi.
Komissiyaning xulosa va tavsiyalari “Tashxis xaritasi”ga yoziladi va “Tashxis xaritasi”ga komissiya raisi va a`zolari imzo va muhr qo`yib yakunlaydilar. Komissiyaning tavsiya va xulosalari “Tavsiyanoma”ga ham ko`chirib yoziladi.
Komissiya yig`ilish bayonlari, qarorlar rasmiylashtirilib, komissiya hujjatlarining yig`ma jildiga tikiladi, maktab amaliyotchi psixologi yoki kasbhunarga yo`naltiruvchisi komissiya kotibi etib tayinlanadi va komissiya ishining asosiy hujjatlarini yuritadi hamda har bir yig`ilish bayonlarini yozib boradi. (1ilova)
Tavsiyanomalar to`ldirish va taqdim etish muddatlari har yilning 1 iyunidan 20 iyunigacha qilib belgilanadi. Hududiy kamissiyalar ushbu muddatda bitiruvchilarga beriladigan tavsiyanomalarni xatosiz va o`ta talabchanlik asosida to`ldirishlari va alohida jurnalga qayd etilib, barcha imzolar bilan taqdim etishga tayyor holga keltirishlari lozim.
Tavsiyanomalarni qayta to`ldirish va buzilgan tavsiyanoma o`rniga yangi nusxasini berish davlat hujjatlarini berish tartibi asosida amalga oshiriladi.
9-sinf o`quvchilariga “Tavsiyanoma” lar berish to`g`risidagi komissiya qarori, “Tashxis xaritasi”dagi xulosa va tavsiyalar, “Tavsiyanomalar berilishini qayd etib borish daftari”dagi yo`nalish va “Tavsiyanoma”da yozilgan yo`nalishlar bir xil bo`lishi kerak. (2-ilova)
Mazkur yo`nalishlarni ham barcha amaliyotchi psixologlar bilmaydi, natijada noto`g`ri yo`nalish ya`ni kasb-hunar kollejlari nomi va bu yerdagi yo`nalishlarni yozib qo`yishadi. Masalan, amaliyotchi psixologlar 9-sinf o`quvchilarining “Tavsiyanoma”siga “Kompyuter”, “Boshlang`ich ta`lim”,
“Tikuvchilik”, “Agronom”, “Jismoniy tarbiya” kabi noto`g`ri yo`nalishlarni yozish hollari uchramoqda.
“O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limidagi tayyorlov yo`nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi”da keltirilgan kasb-hunar kollejlariining 8 ta ta`lim sohasidagi tayyorlov yo`nalishlari bular:
-ta`lim;
-gumanitar fanlar va san`at;
-ijtimoiy fanlar, biznes va huquq;
-fan;
-muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari;
-qishloq va suv xo`jaligi;
-sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot;
-xizmatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |