Mavzu: Xorijiy ta’lim tizimi psixologik xizmatlarida amaliy psixologiya muommalari
MUNDARIJA
Kirish.
I.BOB. TA`LIM SOHASIGA PSIXOLOGIK XIZMATNING KIRIB
KELISHI………………………………………………………………………..
Chet-el va O`zbekiston ta`lim tizimiga psixologik xizmatning tadbiq etilish..
Xalq ta`limi tizimida pisixologik xizmat………………………………………..
II.BOB. UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA AMALIYOTCHI
PSIXOLOGNING VAZIFALARI VA ISH MAZMUNI……………………..
O`quvchilarni o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga yo`naltirish hamda tavsiyanomalarni berish…………………………………………………….
Dars mashg`ulotlarini psixologik tahlili ……………………………………
XULOSA……………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI…………………………..
KIRISH
XX asr bo`sag`asida psixologiya fani va uning ilg`or vakillari o`zlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko`rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo`ldilar.
Prezident I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi so`zlagan nutqidan kelib chiqqan holda qabul qilingan “Ta`lim to`g`risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dastur” (1997 yil 29 avgust) ning amalda qo`llanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish yo`llarini izlashga da`vat etadi. Bu esa, avvalo inson ma`naviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shug`ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va mas`uliyatli vazifalarni qo`yadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo`ygan talablar asosida qaror toptirishga ko`maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog`liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo`nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko`pgina olimlar o`z fikrmulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar.
Ayniqsa, o`zbek olimlaridan E.G`oziev, M.G.Davletshin,
G`.B.SHoumarov, B.R.Qodirov, R.Gaynutdinov, V.M.Karimova,
N.A.Sog`inovlarning ham O`zbekiston umumta`lim maktablari va oila tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va rivojlantirish uchun ma`lum darajada asos bo`lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |