I bob. Ta`Lim sohasiga psixologik xizmatning kirib kelishi
O`qituvchining teskari aloqani tashkil etishi
Download 120.19 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Xorijiy ta’lim tizimi psixologik xizmatlarida a
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Darsda o`qituvchi shaxsi va faoliyatining tarbiyaviy ta`siri
- 6. Darsning gigiyenik bahosi.
4. O`qituvchining teskari aloqani tashkil etishi.
O`qituvchi darsning qaysi bosqichlarida (so`rash vaqtida, yangi materialni o`tishda, uni musthkamlashda) o`quvchilarga qanday maqsadlar bilan murojaat qildi? Darsda o`quvchilarningbilimlarni o`zlashtirishning qanday darajalarini aniqlash mumkin? Teskari aloqa faqat nazorat qiluvchi emas, balki ta`lim beruvchi xususiyatga ham ega bo`ladimi? Bu hol nimalarda namoyon bo`ladi? O`quvchilar darsda olingan baholariga qanday munosabatda bo`ldilar? O`quvchilar javoblarining tabiati o`qituvchining bundan keyingi hatti-harakatlariga va o`zlariga ta`sir qildimi, ya`ni u teskari axborotga qarab o`z faoliyatini qanday qilib qayta qurdi. 5. Darsda o`qituvchi shaxsi va faoliyatining tarbiyaviy ta`siri O`qituvchi shaxsining: uning tashqi qiyofasi nutqi, o`zini tutishi, o`quvchilar bilan muomalada bo`lish tabiatining tarbiyaviy ta`siri. Bolalarning unga bo`lgan munosabati. Darsning hissiy muhiti. O`qituvchining qo`yadigan talablari va ularning o`quvchilarda qimmatli irodaviy va axloqiy sifatlarni shakllantirish uchun ahamiyati (o`quvchilarning javobiga,xulqiga, nutqiga, intizomiga va h.z.larga qo`yadigan talablari). Bolalarning bu talablarga munosabati. Darsda foydalanadigan ta`lim metodlari va usullarining tarbiyaviy ahamiyati. O`qituvchi qanday qilib o`quv ishlari texnikasini (tushuntirilgan narsani qanday eshitishini, yozuvlar olib borishini, vazifalarning shartlarini modellashtirish, kitob bilan ishlash, hal qilish usullarini topish, o`z-o`zini nazorat qilish va h.z.larni) o`rgatdi, ya`ni u bolalarni qanday qilib bilim olishga o`rgatdi? 6. Darsning gigiyenik bahosi. Darsning qaysi vaqtida o`quvchilarning aktivligi oshirildi? ayrim o`quvchilarning aktivligi oshirildi; butun sinfning (u qanday maqsad bilan amalga oshirildi?) Darsning qaysi vaqtida tormozlanish belgilari paydo bo`ldi? (kerishish, uyqu kelishi, o`quvchilar javobining sustlashishi) Darsdan tashqari mavzularda gaplashish hollari ro`y berdimi, darsning qaysi vaqtida yuzaga keldi va nima sababdan; Darsda o`quvchilar intizomining buzilganligi qayd etildimi, bu hol nima sababdan yuzaga keldi. Rivojlangan tormozlanish jarayonini yo`qotish maqsadida o`qituvchi qanday usullardan foydalandi: butun sinf uchun; ayrim o`quvchilar uchun; Dars o`tish vaqtidagi sinf xonasining gigiyenik bahosi: sinf xonasi shamollatilganmi? o`quvchilarning ish joylari qanday yoritilgan? bolalar partalarga qulay o`tiryaptilarmi? (parta ularning bo`ylariga mos keladimi?) - sinf xonasining o`quvchi bilan to`lganligi, ta`lim normalariga mos keladimi? darsda o`quvchilarning faoliyatiga qo`shimcha qo`zg`atuvchilar xalaqit bermadimi? Download 120.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling