I bob. Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish


Ikki martalab chorak to‗lqinli λ/4 prizmadan o‗tgan optik signalning qutblanish yuzasi boshlang‗ich tebranishning qutblanish yuzasiga nisbatan π/2 ga buriladi


Download 40.07 Kb.
bet12/22
Sana16.06.2023
Hajmi40.07 Kb.
#1510097
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
OPTIK TOLALI ALOQA TIZIMI

Ikki martalab chorak to‗lqinli λ/4 prizmadan o‗tgan optik signalning qutblanish yuzasi boshlang‗ich tebranishning qutblanish yuzasiga nisbatan π/2 ga buriladi.
Natijada yorug‗lik to‗plami prizmada bir tomonga yo‗naladi va undan chiqadi. So‗ng umumiy signal A2 analizatorga tushadi va jarayon qaytariladi, faqatgina farqi bunda ƒ2 chastotali optik nurlanish modulyasiyalanadi. Shu tarzda optik liniya traktida uzatiladigan optik guruhli signal shakllanadi.
22
2.3-rasm Chastota bo‗yicha (geterodinli) zichlashtirishda guruhli optik
signallarning shakllanish sxemasi
Qator modulyasiyalangan optik tashuvchilardan iborat qabul
qilinadigan optik guruhli signal, A1 analizatorga kelib tushadi, so‗ng esa
chorak to‗lqinli λ/4 prizma va birinchi kanalning F1 filtri orqali o‗tgach
optik siljitgichga (OS) beriladi (2.4-rasm), F1 filtri ƒ1 chastotali optik
signallarni o‗tkazadi, boshqa chastotali signallar aks etib, A2 ga kelib
tushadi. ƒ1 chastotali modulyasiyalangan optik tashuvchi OS da ko‗payadi,
so‗ngƒor oraliq chastota OF oraliq filtri yordamida ajratib olinadi va FD
fotodetektorga beriladi. FD chiqishida elektr axborot signali shakllanadi.
Shu tarzda boshqa signallarni qabul qilish amalga oshiriladi.
CHastota bo‗yicha zichlashtirish usulining afzalligi shundaki,
signallarni bunday qabul qilish hisobiga regeneratsiyalash uchastkasi
uzunligi 200 km gacha uzayadi va optik tolaning o‗tkazish qobiliyatidan
samarali foydalanish koeffitsienti ortadi.
Bu usulning kamchiligi shundaki, bunda qutblanishi saqlanadigan
optik uzatish va qabul qilish traktlari, shuningdek, bir qator qo‗shimcha
qurilmalar, chastota surgichlar, optik ventillar, qutblanish nazoratgichlari,
optik kuchaytirgichlar va boshqa qurilmalar talab etiladi. Bu TOATni
murakkablashtiradi va narxini oshiradi.

Download 40.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling