Nazorat savollari
1. Optik aloqa va uzatish tizimi deb nimaga aytiladi?
2. Optik signallarning qanday xususiyatlarini bilasiz?
3. Optik aloqani qo‗llanish sohalarini tushuntiring.
4. OA tizimlari elektrik tizimlardan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?
5. OA tizimlarining tuzilish prinsipini tushuntiring.
6. TOA tizimlari qanday tuzilgan?
7. Optik tarmoqlarda qanday optik uzatish tizimlaridan foydalaniladi?
1.4. Optik aloqa tizimlarining tasnifi
Qo‗llaniladigan modulyasiya turiga ko‗ra tolali optik aloqa (TOA) tizimlari analog va raqamliga bo‗linadi. Analog TOA tizimlarida modulyasiyaning analog usullari: intensivlik bo‗yicha modulyasiyalash, amplituda, chastota va faza modulyasiyasi turlari ko‗llaniladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta‘minlash texnik murakkabligi sababli analog TOA tizimlaridan foydalanish chegaralangan. Shunga qaramay bir qator soxalarda qo‗llaniladi (optik kabelli televidenie, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlarida). Raqamli TOA tizimlarida modulyasiyalashning diskret usullaridan foydalaniladi. Bunda signal tashuvchining biron-bir parametri diskret o‗zgaradi, yani boshlang‗ich parametrning qiymatlar sohasi kvantlash sathlariga bo‗linadi, xar bir kvantlash sathiga mos ravishda aniq diskret signal qo‗yiladi.
Signallarni uzatish masofasi va vazifasi ko‗ra TOA tizimlari magistral, mintaqaviy, maxalliy-shahar va qishloq aloqa tizimlariga bo‗linadi. Magistral TOA tizimlari signallarni 1000 km ga, zona TOA
19
tizimlari signallarning 600 km ga uzatish, shahar TOA tizimlari shahar telefon tarmog‗ining bog‗lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
1.5. Tolali optik aloqa tizimlarining optik kanallarini zichlashtirish usullari
TOAT liniyalarini quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt, chastota va to‗lqin uzunligi bo‗yicha.
Vaqt bo‘yicha zichlashtirish. Bu usulda bir necha informatsion oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‗yicha zichlashtirilgan TOAT liniya traktining tuzilish sxemasi 2.1-rasmda ko‗rsatilgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |