Ө2 = 900 da kritik tushish burchagi quyidagiga teng:
Өkr= arc sin (n2 / n1)
(3.1)
Өkr dan katta burchak ostida tushgan nurlar to‗liq qaytadi.
3.4-rasm. Bir necha tushish burchaklari uchun nurning tarqalish yo‗li, n1>n2, bu yerda n1 va n2 ikki turli muhitlarning sindirish ko‗rsatkichlari.
Bu jarayon, ya‘ni yorug‗lik energiyasining turli sindirish ko‗rsatkichli ikki muhit chegarasidan to‗liq qaytishi to‘liq ichki qaytish (TIQ) hodisasi deyiladi. TIQ hodisasi yorug‗lik uzatgich bo‗ylab optik signallarni tarqalishining fizik asosi hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun optik tola
n1
n2
n1
n2
n1
n2
Ө1
Ө1=ӨкрӨ1
Ө1
Ө2
a)
б)
в)
Ө2
Ө2
Tushgan nur
Sinish natijasida hosil bo‘lgan nur
Ikki muhit chegarasi
Perpendikulyar
Ө1=Ө2Ө1
29
o‗zagining sindirish ko‗rsatkichi n1 qobiqning sindirish ko‗rsatkichi n2 dan katta bo‗lishi kerak.
O‗zak va qobiq tayyorlanadigan materiallarning sindirish ko‗rsatkichlari nisbatini optimal tanlash orqali yorug‗lik nurining o‗zak ichida to‗liq ichki qaytishi ro‗y beradi va nurni faqatgina optik tola o‗zagi bo‗ylab zigzagsimon tarqalishi ta‘minlanadi.
Masalan, optik tola uchun xos bo‗lgan n1=1,48, n2=1,46 bo‗lsa, u holda (3.1) qo‗llab, kritik tushish burchagini aniqlash mumkin:
Өkr= arc sin (1,46/ 1,48) = arc sin (0,9864) = 80,60.
SHunday sindirish ko‗rsatkichlari nisbatiga ega, kritik tushish burchagi Өkr=80,60 ga teng, tushish burchagi Ө2 esa Өkr=80,60 dan katta, masalan Ө2=810 bo‗lganda nur ikkinchi muhitga o‗tmay, boshlang‗ich muhitda to‗liq ichki qaytadi. Optik tola bo‗ylab signallarning tarqalishi ana shu prinsipga asoslangan. Ana shunday sindirish ko‗rsatkichlari, kritik chastota va tushish burchagi qiymatlariga ega optik tola orqali optik signallarning tarqalishi 3.5-rasmda ko‗rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |