3.5-rasm. Optik tolada to‗liq ichki qaytish jarayoni.
3.5-rasmda kritik burchakdan katta burchak ostida Ө > Өkr o‗zak-qobiq chegarasiga tushgan nurlar (nur 1) chegarada to‗liq ichki qaytadi. Tushish va sinish burchaklari teng Ө1 = Ө2 bo‗lgani uchun, nur 1 takroriy qaytishlarga uchrab, o‗zak muhiti bo‗ylab zigzaksimon tarqaladi.
3
Өкр=80,60
Ө1=810
Ө2=810
3
2
1
3
Өкр=80,60
Ө1=810
Ө2=810
3
2
1
30
Ideal xolda yorug‗likning sochilishi va nolinchi dispersiya
bo‗lmaganda nur 1 o‗zak bo‗ylab istalgan masofaga tarqalishi mumkin [1].
Nur 1 yo‗naluvchi nur (moda) deyiladi.
Nur 2 Өkr burchak ostida tushib, sinadi va o‗zak-qobiq chegarasi
bo‗ylab tarqaladi.
Ө<Өkr ostida tushgan nur 3 sinadi va qobiq chegarasiga tushib, qobiq
bo‗ylab tarqalishida so‗nadi yoki qobiqdan tashqariga chiqib ketadi. Ular
nurlanuvchi nurlar deyiladi.
Burchak aperturasi.
Optik tolaga bir emas, bir necha yorug‗lik nurlarining yig‗masi kirish
konusini hosil qilib tushadi va faqat kritik burchakdan katta burchak ostida
tushgan nurlargina OT o‗zagi bo‗ylab tarqaladi. Nurlarni tola o‗zagiga
maksimal tushish konusining yarim burchagiapretura burchagi - a, kirish
konusi 2a esa sonli apretura deyiladi (3.6-rasm). Sonli apertura NA bilan
belgilanadi (inglizchadan Numerical Aperture) va o‗zak, qobiq sindirish
ko‗rsatkichlari orqali quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
NA sin (n - n ) n 2Dn 1
2
2
2
0 а 1
yoki (3.2)
( - ) 2
2
2
1 1 NA k n n
3.6-rasm. Optik tolaning apretura burchagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |