ln
Отформатировано: Шрифт: (по
умолчанию) Times New Roman, 16 пт
24
spektral kanalning kengligi 10 nm ni tashkil etsa, u holda belgilangan diapazonda 100 tagacha spektral kanallarni joylashtirish mumkin.
To‗lqin uzunligi bo‗yicha zichlashtirilgan TOA tizimlarida so‗nish va dispersiya qiymatlari kichik bir modali optik tolalardan, quvvati yuqori lazer nurlanish manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Foydalaniladigan bir modali optik tola 1,5...1,6 mkm to‗lqin uzunligida ishlashi va kvars shishasidan tayyorlangan bo‗lishi kerak.
To‗lqin uzunligi bo‗yicha zichlashtirilgan TOATda uzatishda optik kanallarni birlashtirish uchun optik multipleksor va qabul qilishda optik kanallarni ajratish uchun optik demultipleksor ishlatilinadi. Optik multipleksor va demultipleksorlar spektral sezgir bo‗lib, selektiv hisoblanadi, ya‘ni ularning xarakteristikalari optik to‗lqin uzunligiga bog‗liq.
Nazorat savollari
1. OA tizimlari qanday tasniflanadi?
2. TOAT liniyalarini qanday asosiy zichlashtirish usullarni bilasiz?
3. TOAT liniyalarini vaqt bo‗yicha zichlashtirish usulini tushuntiring.
4. TOAT liniyalarini chastota bo‗yicha zichlashtirish usulini tushuntiring.
5. To‗lqin uzunligi bo‗yicha zichlashtirish usulini tushuntiring.
6. TOAT liniyalarini zichlashtirish usullaridan qaysi biri maksimal axborot sig‗imiga ega?
1.6. Optik tola bo‘ylab signallarni tarqalish xususiyatlari
Tolali optik aloqa tizimida optik tebranishlarning tarqalishini chegaralovchi va yorug‗lik energiyasi oqimini berilgan yo‗nalishda yo‗naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog‗lab turuvchi muhit optik tola deyiladi.
Optik tolalar o‗zak va qobiqdan iborat bo‗ladi. Ular qiymat bo‗yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‗rsatkichlariga ega. O‗zak uzatuvchi muhit, qobiq esa o‗zi va o‗zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug‗likni yo‗naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning tashuvchisi yorug‗lik nuri
Do'stlaringiz bilan baham: |