I bob. Tolali optik aloqa tizimlari va tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish
Tolali optik kabelning ishonchliligi
Download 40.07 Kb.
|
OPTIK TOLALI ALOQA TIZIMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Potensial jihatdan qaraydigan bo‗lsak optik tola juda ham yuqori mustaxkamlikka ega. Bizga ma‘lumki defektsiz bo‗lgan optik tolaning
Tolali optik kabelning ishonchliligi.
Optik tolalarning mexanik tafsilot lariga asosiy parametrlardan hisoblanadi va u orqali optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va montaj jarayonida kabellarni yotqizish, ularni montaj, ta‘mirlash va ularga texnik xizmat ko‗rsatish kabi jarayonlarning effektivligini aniqlab beradi. Bu tafsilot lar optik kabellarni va o‗z navbatida aloqa liniyalarini ko‗p yillar davomida ekspluatatsion ishonchlilik kabi muammolarni echish uchun lozim bo‗ladi. Potensial jihatdan qaraydigan bo‗lsak optik tola juda ham yuqori mustaxkamlikka ega. Bizga ma‘lumki defektsiz bo‗lgan optik tolaning 3.7– rasm. Optik tolada yorug‘likning sochilishi va aks etishi. ------- Aks etish Sochilish Aks etish effekti 34 mustaxkamligi xuddi shunday yuzaga ega bo‗lgan po‗lat simdan yuqori. Ammo amaliyotda ega aloqa liniyalarda qo‗llanuvchi optik tolalarga bir muncha miqdorda bo‗lgan ikkala hisobiga uzilishlar hosil bo‗lib turadi. Shishadagi mikro yorilishlar va defektlar optik tolaning mustaxkamligini bir necha o‗nlab marotaba mustaxkamligini kamaytiradi, chunki tollarning cho‗zilishi, namgarchilik va yuqori harorat mikro yorilishlarni normal sharoitida tezda oshib ketishga olib keladi va bir necha yil yoki bir necha oy ichida uzilishlar soni oshib ketishga olib keladi. Shunday qilib, optik tolaning uzoq vaqt mobaynida mexanik asosiy faktor bo‗lib, u o‗z navbatida ekspluatatsiya jarayonida optik tolaning mexanik mustaxkamligini ta‘minlab beradi. Optik tolani uzoq vaqt mobaynida ushlab turish statistik charchash parametri n orqali aniqlanib u o‗z navbatida o‗lchov birligi so‗z bo‗lgan parametrdir. Bu parametr yorilishlarni o‗sish sonini tolani cho‗zilishini o‗zaro bog‗laydi. n-qiymati qanchalik katta bo‗lsa, optik tolaning mustaxkamligi shunchalik yuqori bo‗ladi. n-parametrining qiymati eksperiment natijasida aniqlanadi va har doim optik tolaning pasportida ko‗rsatilishi kerak. standart tolalar uchun n-qiymati 20 bo‗lsa, maxsus mustaxkamlikka ega bo‗lgan tolalar uchun n=25 qadar etib boradi. Tolaning boshlang‗ich inert mustaxkamligi optik tolaning ekspluatatsion mustaxkamligini baholashda ikkinchi faktor bo‗lib hisoblanadi. Bu parametr butun uzunlikdagi tolada ko‗plab ravishdagi defektlar o‗lchovi orqali aniqlanadi. Bunday eng bo‗sh bo‗lgan zvenoni aniqlash uchun tola tayyorlash protsessida yuklama ostida qayta o‗raladi (proof-test) qurilish uzunligidagi tolani qayta o‗ralishda lozim bo‗ladigan tortish kuchi tayinlab qo‗yiladi. Qayta o‗ralishdagi tortilish kuchi GPa o‗lchov birligiga yoki tolani uzayishi % orqali ko‗rsatiladi. Uzunligi 100 km bo‗lgan liniyani 25 yil mobaynida buzilish ehtimolligi 0.001 juda ham kichik qiymatdagi liniyani avariyasiz xizmat ko‗rsatish muddatini garantiyalash uchun tortib qayta o‗rashni ekspluatatsiyaga bo‗lgan nisbati qayta o‗rash zaxirasi deb ataladi va uning qiymati 3-4 bo‗ladi. bunday holda optik tolani yuklama ostida qayta o‗ralish jarayoni tolani mustaxkamligini o‗zgarishi va o‗z navbatida yomonlashuvini taqsimlanishi e‘tiborga olish kerak. Download 40.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling