I bob. Uch hatlab sakrash musobaqa qoidalari va texnikasi 5 1Yugurib uch hatlab sakrashni bajarish texnikasi 5
Sakrash qadamlarining ritmi. qo‘nish texnikasining variantligi dunyoning kuchli sportchilarining sakrashlari texnikasidan namunalar
Download 47.91 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yugurib kelib uch hatlab sakrash texnikasini o‘rgatish uslubiyati
2.1 Sakrash qadamlarining ritmi. qo‘nish texnikasining variantligi dunyoning kuchli sportchilarining sakrashlari texnikasidan namunalar.O‘zining nomidan ma’lumki, uch hatlab sakrash – bu 3 ta ketma-ket depsinishdan iborat harakatdir. Uch hatlab sakrashning eng birinchi sakrash usuli – bu “passiv” usul bo‘lib, bunda “sapchish” katta, “qadam” va “sakrash” “sapchishdan” qisqaroq bajarilgan. XX asrning 20-30 yillaridan uch hatlab sakrashning “faol” usuli qo‘llay boshlandi. U depsinish joyiga oyoqni tez va faol qo‘yish bilan tavsiflanadi. Ikkinchi qadam ancha uzaytirilgan, “sapchish – qadam” asosiy rolga chiqib, “sakrash” birmuncha qisqardi. O‘tgan asrning 40-60 yillarida ikki – “zarbli” va “Yumsha-tilgan” usullar paydo bo‘ldi. Birinchisi – katta “sapchish” bilan siltanish paytida tizzani Yuqori ko‘tarib depsinish. Depsinuvchi oyoq zarb bilan erga qo‘yiladi. Bu harakat “sapchish”dan so‘ng “qadam”ni ham katta bajarish imkoniyatini yaratdi. “YUmshatilgan” usulda sakrovchilar depsinuvchi oyoqlarini erga Yumshoq qo‘yib, boldir bilan silkinishsiz amalga oshiradilar. Bu harakat tezligini yaxshi saqlab qolishga olib kelib, “sakrash”ni nisbatan kattaroq bajarish imkoniyatini yaratgan. Hozirgi paytda 3 usulni ko‘rishimiz mumkin: “vertikal”, “eshkak eshishli” va Yuguruvchi. “Vertikal” usuli uchish fazasida oyoqning pastki qismini songa tortib va depsinuvchi oyoqni yo‘lakka peshvoz qilib Yuqoridan pastga qo‘yish bilan tavsiflanadi. Odatda, tezkorlik va tezlik-kuch sifati Yuqori bo‘lgan sportchilar shu usulda sakraydilar. “Eshkak eshish” usulida siltanish nisbatan Yuqori bo‘lib, keyinchalik oyoqni tizza qismidan yoyib va yozilgan oyoqni eshkak eshish kabi harakat bilan erga qo‘yish. “YUguruvchi” usulida qo‘llar xuddi Yugurishdagi kabi harakat qiladi, sakrashlar tez amalga oshiriladi. Oyoq yo‘lkaga Yuguruvchi harakat bilan qo‘yilib, tana ozgina oldinga egiladi. Asosiysi, uchinchi depsinishga tezlikni saqlab qolib, uni kattaroq bajarish imkoniyatini yaratadi. Uch hatlab sakrashda natija quyidagilarga bog‘liq: - Yugurib kelishning gorizontal tezligi; - har uch depsinishda uchib chiqishning optimal bo‘lishi; - har bir sakrashda gorizontal tezlikning pasaymasligi. Shuni bilish kerakki, depsinishda uchib chiqish burchagining ortishi, bir tarafdan, uchish uzoqligini oshirsa, ikkinchi tarafdan, UOM traekto-riyasining baland bo‘lishiga olib keladi, bu esa depsinuvchi oyoqqa tushadigan Yuklamani oshiradi, depsinish qiyinlashadi va gorizontal tezlik pasayib ketadi. Uch hatlab sakrashda uchib chiqish burchagi uzunlikka sakrashdagidan kamroq. YUqori malakali sportchilarda ular “sapchish” -170, “qadam”-140, “sakrash” – 180. Uch hatlab sakrash texnikasi shunday qismlarga bo‘linadi: Yugurib kelish – birinchi depsinish – “sapchish” – ikkinchi depsinish – “qadam” – uchinchi depsinish – “sakrash” – erga tushish. Yugurib kelish. Uch hatlab sakrashda Yugurib kelish masofasi uzunlikka sakrashdagidan birmuncha qisqaroq. Tezlik Yuqori va u sportchining jismoniy imkoniyati darajasida. Yugurib kelishning boshlanishi uzunlikka sakrashdagi Yugurib kelishning boshi bilan bir xil. Yugurib kelishni turgan joyidan yoki qisqa Yugurib kelishdan boshlash mumkin, ammo maxsus belgidan boshlash muhim. Yugurib kelish tezligi asta-sekin o‘sib, oxiriga borib eng Yuqori nuqtasiga etishi lozim. Yugurib kelishda qadamlar kengligi va sur’atining bir xil bajarilishiga erishish lozim, ayniqsa so‘nggi qadamlarda. Qadamlar ohirida qadamlar tuzilishini o‘zgartirish kerak emas, buning o‘rniga qadamlarni shunday bajarish lozimki, Yugurishdan depsinishga o‘tish holatida sportchi o‘zini qulay his qilish zarur. Birinchi depsinish. Depsinuvchi oyoq depsinish joyiga tez va to‘liq qo‘yiladi. Gavda tik yoki ozgina oldinga egilgan. Qo‘llar tirsak bo‘g‘imidan 90-100 burchak ostida bukilib, xuddi Yugurishdagi kabi harkatlanadi. Oyoq deyarli tizza sohasida bukilmagan va UOM proeksiyasi yaqiniga qo‘yiladi. Bu holat sportchiga gorizontal tezlikni deyarli yo‘qotmasdan keyingi sakrashga o‘tish imkoniyatini beradi. Siltanuvchi oyoq tizza qismida to‘liq bukilgan holatda oldinga chiqarilib, depsinuvchi oyoq 620 burchak ostida bukiladi. Sakrovchi xuddi depsinishni Yugurib o‘tib UOM harakati ketidan boradi. “Sapchish”. Bu uchish fazasida uchib chiqish burchagi katta bo‘lmagani ma’qul, chunki bu tezlikning pasayishiga, uchish traektoriyasining oshishiga olib keladi va bu esa ikkinchi depsinish uchun noqulay sharoit hosil qiladi. “Sapchish” boshida sportchi “qadam” holatida harakatlanadi va bu holat siltanuvchi oyoq tizzadan bukilib pastga tushguncha davom etadi. Depsinuvchi oyoq siltanuvchi oyoq bilan bir vaqtda tizza qismi bilan oldinga chiqariladi va tizza qismining bukilish burchagi taxminan 900 ga teng bo‘ladi. So‘nggi lahzada depsinuvchi oyoq yozilib, erga qo‘yiladi. Uning erga qo‘yilishi keng “eshkak eshishli” harakat bilan amalga oshiriladi. Birinchi va ikkinchi depsinishlar faqat bir oyoqda amalga oshirilishi lozimligi doimo yodda bo‘lishi kerak. Depsinuvchi oyoq to‘liq erga qo‘yilgandan so‘ng ikkinchi depsinish fazasi boshlanadi. “Sapchish” vaqtida qo‘llar xuddi Yugurishdagi kabi ishlashi yoki ikki qo‘l parallel harkatlansa, sakrovchi birinchi depsinish paytida ikki qo‘lini oldinga chiqaradi va shundan so‘ng aylanma harakat bilan Yuqoriga-orqaga-pastga keyingi depsinishning siltanishiga tayyorlaydi. “Sapchish” paytida gavda tik bo‘ladi va faqatgina ikkinchi depsinish vaqtiga kelib oldinga bir oz egiladi. Ikkinchi depsinish. Oyoq yo‘lkaga “eshkak eshishli” harakat bilan qo‘yiladi. Oyoqni qo‘yish burchagi 700 atrofida, oyoqni qo‘yish paytida siltanuvchi oyoq oldinga chiqarilib, UOMni vertikal holatga keltirishga, tezlikni saqlab qolishga va ishqalanish kuchlarini engishga harakat qilinadi. Tana vertikal holatda. Siltanuvchi oyoqning faol harakati depsinish burchagini 600 gacha, UOM uchib Yugurib kelib uch hatlab sakrash texnikasini o‘rgatish uslubiyati Uch hatlab sakrash texnikasini faqat jismoniy tayyorgarligi yetarli bo‘lgan shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish mumkin. Oldin qisqa masofaga yugurish va uzunlikka sakrash bilan shug‘ullanganlarga o‘rgatish muvaffaqiyatliroq o‘tadi. Qattiq yerda shug‘ullanish mumkin emas. Uch hatlab sakrash mashg‘ulotlari, agar sakrash uchun qum to‘ldirilgan chuqur yonida bo‘lsa, tekis, o‘tloq maydonda o‘tkazilishi mumkin. vazifa. Shug‘ullanunchilarni uch hatlab sakrash texnikasi bilan tanishtirish, ularda yugurib kelish, “sapchish”, “qadam” va “sakrash” to‘g‘risida tasavvur hosil qilish. Download 47.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling