I bob. “Ufq” trilogiyasi haqida said Ahmadning hayoti va ijodi


Kurs ishining ilmiy yangiligi


Download 173 Kb.
bet2/9
Sana27.01.2023
Hajmi173 Kb.
#1131741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Said Ahmad. Ufq 1

Kurs ishining ilmiy yangiligi. Said Ahmad nisbatan keyingi davrlarda yaratilgani, ijodkorning adabiy-badiiy davralardan o‘zini tortib turgani bois hali asarlari har tomonlama tadqiq qilingan emas. Shuning uchun ham mazkur adib asarlari borasida olib borilishi mumkin bo‘lganhar bir ilmiy ish yangi sanaladi. Qolaversa, adibning ijodiyoti badiiy tomondan ilk marotaba ham shaklni, ham mazmunni qamrab olgan holda tadqiq etilmoqda.
Tadqiqotning metodologik asoslari. Izchillik, tarixiylik, ya‘ni har bir adib yoki olimga o‘z davri sharoitidan kelib chiqqan holda yondashib, uning faoliyati va xizmatlarini ijtimoiy taraqqiyotga qanday hissa qo‘shganligi, bo’lg’usi kashfiyotlar uchun qanday zamin yaratganligi nuqtai nazaridan tahlil etish tashkil etadi; Said Ahmadning Istiqlol davri adabiyotini shakllanish va takomillashishi uchun qo‘shgan hissasi shu nuqtai nazardan turib baholandi. Tadqiqotni bajarishda yozuvchi asarlari mazmuni va badiiyatini zamondosh adiblar ijodi, o‘tmish faylasuflar qarashlari hamda tasavvuf adabiyoti vakillarining ilmiy va badiiy asarlari bilan qiyoslagan holda olib borish ko‘zga tashlanadi.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Milliy istiqlol tufayli o‘zbek xalqi o‘z taqdirini, jumladan o‘z tili holati va mavqeyini, mafkurasini, shu jumladan, adabiy-badiiy estetik tamoyillarini o‘zi belgilash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ayni holat bugungi kunda yaratilayotgan badiiy asarlarning o‘rnini ham oshirmoqda. Chunki asarlarni bu taxlit baholashni o‘rgangan yosh avlod har bir masalani atroflicha, xolisona, eng muhimi erkin fikrlagan holda olib borishga o‘zida ko‘nikma hosil qiladi. Qolaversa, qaramlik davrining erkin fikrlashni siqib qo‘yuvchi muhitiga o‘rgangan kishilar ongini ko‘p qirrali o‘ylay olish salohiyati bilan o‘stiradi. Bu borada tadqiqot yo‘nalishigina emas, balki Said Ahmad ijodi ham ahamiyatli o‘rin tutadi. Chunki adibning ijodi inson tafakkurini ulkan fikrlar olamiga boshlab kiradi. Va u yerdan olam-olam o‘zgarishlarni topadi.
Ishning nazariy asosi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning milliy istiqlol mafkurasi va adabiy-madaniy meros hamda tarixni o‘rganishga oid asarlari ishning nazariy asosini tashkil etadi. Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ―Kitob mahsulotlarini tarqatish va chop etish borasidagi fikrlari, ma‘ruzalari ham e‘tibordan chetda qolmagan. Shuningdek, Kurs ishida qo‘yilgan masalalarni yoritishda hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligi, badiiy adabiyoti, mumtoz adabiyot va jahon falsafasiga har tomonlama suyandik va ulardan ijodiy, qiyosiy foydalandik.

Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling