I bob. “Ufq” trilogiyasi haqida said Ahmadning hayoti va ijodi


Download 173 Kb.
bet5/9
Sana27.01.2023
Hajmi173 Kb.
#1131741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Said Ahmad. Ufq 1

Muhabbat - Muhabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Allohmi, Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevishi tabiiy.3
Asarning “ Qirq besh kun” bo`limida bosh qahramonlar sifatida keltirib o`tilgan Azizxon va Lutfinisa o`rtasidagi muhabbatni keltirib o`tishimiz mumkin.Azizxon tabiatan juda ham erka, mushtumzo`r bo`lishiga qaramasdan Lutfinisani juda ham kuchli sevadi. Azizxon Lutfinisa uchun kurashib hattoki o`zgarishga qaror qiladi va kanal qazilishiga ko`ngilli bo`lib ishga kiradi. Lekin bu sevgiga qarshi Lutfinisaning akasi edi, uqattiq qarshilik ko`rsatib Lutfinisani o`ldirib qo`yadi. Shundan so`ng Azizxon urushga ketadi va u yerdan qahramon sifatida qaytib keladi, ammom Azizxon bir umr yolg`iz o`tadi chunki u o`z sevgisiga juda sadoqatli edi. Azizxon shu muhabbat tufaylu o`zini yangidan kashf etadi.4
Mehnatsevarlik. Inson barcha mavjudotlar ichida xatti-harakatlarining, faoliyatlarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Mehnat ana shu xatti-harakatlarning aniq maqsadga yo‘naltirilgan qismidir. Axloqiy kategoriyalar orasida mehnatsevarlik o’ziga xos o’ringa egadir.5
Bu asarning o`zi ikkinchi jahon urushida davridagi o`zbek xalqining qahramonona mehnatsevarlik davri tasvirlangan.
Asardan mehnatsevarlikda doir shaxs sifatida Nizomjonni olishimiz mumkin. Uning bir qo`li nogironligi sababli urushga olishmaydi, shuning uchun u yangi cho`l qurulishiga ketadi. U yerda u Ikromjonni koradi shunda Ikromjon Nizomjonga sen yengilroq ishlarni qil deganida u men urushga bormadim do`stlarim esa hoz urushda menga eng qiyin ishlarni bering men ularga munosib bo`lay deydi va shu orqali o`z mehnatsevarligi ko`rsatadi.
Nomussizlik.Asosiy tushunchalardan yana biri – nomussizlik. Nomussizlikning vujudga kelishi bir tomondan burch bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan qadr-qimmat tushunchasiga aloqador.6 Zero, nomus mohiyatan shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglab yetishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasligiga nisbatan bo‘ladigan munosabati bilan belgilanadi. Nomussizlik esa buning aksidir. Asarda bunga misollar juda ko’plab uchraydi.
Xususan, Asarda salbiy obraz sifatida tasvirlangan Azamjon o`z ukasi bo`lgan Nizomjonning yaxshi ko`rgan qizi Dildorni nomusiga tegadi va unga uylanadi. Keyin cho`lga ishlashga ketishganida Azamjon yana boshqa ayolni yoqtirib Dildorni tashlab ketadi va nomussiz yigitni ishini qiladi.
Vijdon – ham axloqshunoslikning boshqa ba’zi asosiy tushunchalari kabi baholash xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon ob’ektga qaratilmaydi, u sub’ektning xatti-harakatlarini baholaydi, ya’ni unda sub’ekt o‘zi uchun ichki ob’ekt vazifasini o‘taydi.7
Asarda fronga oziq-ovqat yuborish maqsadida Nizomjon yer olib ishlaydi va vijdonli odam sifatida gavdalanadi uning otasi esa Inoyat oqsaqol juda ham vijdonsiz tasvirlangan u odamlarga oziq-ovatni juda ham qimmatga sotib pul toplaydi. Inoyat oqsoqol vafot etgandan keyin Nizomjonga juda ham kata pul qoladi va u pullarni kolxoz qurulishiga topshirib odamlarga yordam beradi. Nizomjon vijdonli shaxs sifatida ko`plab odamlarga yordam beradi.
Qadr-qimmat– Inson uchun dunyodagi eng oliy qadriyat hisoblanadi.
Asarda qadr-qimmat o`rnida urushga ketgan o`zbek yigitlarining o`zoilalari tomonidan qanchalik yaxshi ko`rib e`zozlashida ko`rishimiz mumkin.8


Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling