I bob. Umumiy tushunchalar


To‘plamlarning aksiomatik nazariyasi haqida tushunchalar


Download 343.5 Kb.
bet3/38
Sana26.11.2020
Hajmi343.5 Kb.
#152756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
I bob. 1- §. To’plamlar nazariyasining asosiy tushunchalari


1.2. To‘plamlarning aksiomatik nazariyasi haqida tushunchalar. XX asrning boshiga kelib, Kantorning matematikani standartlashtirish bo‘yicha dasturining asosi bo‘lgan va “to‘plamlarning sodda nazariyasi” deb ham ataluvchi to‘plamlar nazariyasi mukammal emasligi ma’lum bo‘ldi. To‘plamlarning sodda nazariyasini o‘rganish jarayonida Rassel4 paradoksga5 kelib qoldi. Kantorning to‘plamlar nazariyasi ichki ziddiyatga ega ekanligi Rassel paradoksi sifatida ifodalangan.

Rassel paradoksi. Faraz qilaylik, – o‘zini element sifatida o‘zida saqlamagan barcha to‘plamlar to‘plami bo‘lsin. U holda, – o‘zini element sifatida saqlaydimi? Agar bu savolga “ha” deb javob berilsa, to‘plamning aniqlanishiga ko‘ra, u ning elementi bo‘lmasligi kerak – ziddiyat. Agar “yo‘q” deb javob berilsa, yana to‘plamning aniqlanishiga ko‘ra, u to‘plam sifatida ning elementi bo‘lishi kerak – yana ziddiyat.

Hozirgi zamon to‘plamlar nazariyasi aksiomalar6 tizimiga asoslangandir. Qandaydir aksiomalarga asoslangan nazariya aksiomatik nazariya deb yuritiladi. To‘plamlarning aksiomatik nazariyasida bunday aksiomalar tizimi sifatida standart tizim hisoblangan Sermelo7-Frenkel8 aksiomalari tizimini keltirish mumkin. To‘plamlar nazariyasida, ko‘pincha, bu tizimga tanlash aksiomasi deb ataluvchi aksiomani ham qo‘shib olib, tanlash aksiomasi qatnashgan Sermelo-Frenkel aksiomalari tizimi bilan ish ko‘riladi. Bu aksiomalar tizimidan tashqari boshqa aksiomalar tizimlaridan ham foydalaniladi. Masalan, fon Neyman9-Berneys10-Gyodel11 tizimi.



Quyida tanlash aksiomasi qatnashgan Sermelo-Frenkel aksiomalari tizimiga kiruvchi ba’zi aksiomalarni keltiramiz.

Download 343.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling