I bob. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston. Sanoatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Moyli urug’larni qabul qilib olish


Download 161.82 Kb.
bet10/21
Sana16.06.2023
Hajmi161.82 Kb.
#1511677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
KOBULOVA NILUFAR MD (2) (2)



Moyli urug’larni qabul qilib olish. Yog’-moy sanoatida qayta ishlanayotgan barcha moyli urug’lar zavodlarga tug’ridan-tug’ri shirkat va jamoa xo’jaliklaridan olib kelinadi. Faqatgina paxta chigiti bundan mustasnodir. Chigit moy zavodlariga paxta tozalash zavodlaridan yetkazib beriladi. Umuman olganda moyli urug’lar avtomabil, temir yul va suv transporti yordamida tashiladi. Keltirilgan xar bir alohida miqdor urug’lar o’zining maxsus sifat belgilariga ega. Bular: namlik, ifloslik, moylilik, hamda paxta chigiti uchun esa, qobiq ustidagi kalta momiq miqdori (pux, podpushka) bilan belgilanadi.
Keltirilgan har bir partiyadan xom ashyoning har yeridan turli chuqurlikda analiz uchun bir qancha miqdorda xom ashyo ajratib olinadi. Namuna uchun olingan xom ashyoning yarimisi kopqog’i zich yopiladigan metall idishlarda yoki selofan qopchalarda bir oy muddatda saqlab turiladi.
Olingan laboratoriya natijalari qabul qilingan urug’ning sifat va navini belgilaydi. Mabodo laboratoriya analiz natijalari urug’ning sertifikatidagi ko’rsatkichdan farqli bo’lsa, xom ashyo yuboruvchi va qabul qiluvchi tashkilot o’rtasida bu farq “Sifat” markazi vakili ishtirokida o’zaro kelishuv yuli bilan bir xulosaga kelinadi. Mabodo ikkala tomon odil bir fikrga kelisha olmasa, bu masala arbitraj yordamida hal qilinadi.
Zavodga yetib kelgan xom ashyo maxsus torozilar (avtomobil, temir yul torozilari) yordamida tortiladi so’ngra, xom ashyo mexanizatsiyalashtirilgan moslamalar yordamida zavod omborlariga joylashtiriladi. Bu jarayonlar uchun maxsus avtomobil ag’dargichlar, vakuum-bo’shatgichlar, vibroko’priklar, ba’zan esa, o’z-o’zidan bo’shaydigan vagonlar ishlatiladi. Mahsulotni esa transport vositalari yordamida omborxonaning kerakli qismiga yo’naltirish uchun zavodda ishlatiladigan uzatuvchi vositalardan foydalaniladi. Bularga shneklar, redlerlar, tarnsport lentalari, o’zi yurar moslamalar, noriyalar, pnevmotransport va boshqalar kiradi.
Moyli urug’larni saqlash. Moyli urug’larni saqlash o’simlik moyi olish jarayonida asosiy hollardan biri hisoblanadi. Chunki to’g’ri tashkil qilingan saqlash sharoitlari urug’dagi asosiy moddalar – moy, oqsil va boshqa foydali mahsulotlar deyarlik kamaymasdan saqlanib qolishiga sabab bo’ladi. Saqlash sharoitiga qo’yilayotgan talablarga javob bermagan taqdirda namlik, issiqlik, mikroorganizmlar va ba’zi bir kemiruvchi jonivorlar ta’sirida, birinchi galda asosiy modda – lipidlarning parchalanish jarayoni kuchayadi. Bunday xom ashyodan olingan moy esa sifat jihatidan past, rangi yuqori, kislota soni katta, oksidlangan moddalar miqdorining ko’pligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun keltirilgan xom ashyoning turiga qarab, uni saqlash sharoitlari, omborxonaning esa texnik jihozlanishi me’yorida bo’lishi kerak. Keltirilgan xom ashyoning sifati eng avvalo ekish uchun ishlatilgan urug’lik sifatiga bog’liq va shu bilan birgalikda urug’likning o’sishdagi vegetasion sharoitiga, yetilgan hosilning yig’ib olish sharoitiga, hamda moy zavodiga yetib kelguncha daladagi saqlash sharoitlariga bog’liq. Ma’lumki xom ashyo tarkibida asosiy mahsulotdan tashqari yovvoyi o’simliklar urug’lari, asosiy o’simlikning bargi, gulbargi, poyasi, hamda atrof muhitdan aralashib qolgan organik, mineral va metall iflosliklar bilan birga bo’ladi. Shu bilan birgalikda asosiy xom ashyo va unga qo’shilib kelgan aralashmalar namliklari turlicha bo’ladi, ya’ni organik va mineral iflosliklarning namligi o’ta yuqori bo’lsa, asosiy xom ashyo namligi esa pastroq bo’ladi. Buning ustiga xom ashyo tarkibidagi mikroorganizmlar va kemiruvchilarning miqdori aks ta’sir qilib, uning sifatini buza boshlaydi.
Xulosa qilib aytganda, asosiy ko’rsatkichlar me’yorda emasdaligini nazarda tutsak, moyli urug’larni saqlashdagi jarayonlar ancha murakkabligi namoyon bo’ladi. Saqlash jarayonida yuqori ko’rsatgichli faktorlar (namlik, ifloslik) ta’sirida urug’ning sifat jihatidan buzilishi oddiy ko’rinishda o’z-o’zidan qizib ketish hodisasi bilan belgilanadi. Albatta, urug’larni saqlash paytida o’z-o’zidan qizib ketish darajasigacha qoldirish mumkin emas. Chunki bu xodisa avval kichik bir hajmda yuz bersa, bir oz vaqtdan so’ng butun bir urug’ uyumi hajmida yoyilib ketishi mumkin. Bu holda urug’ xo’jaligi moddiy jixatdan katta talofat ko’radi va buning ustiga, qizish natijasida kuyib ketgan urug’ ko’mirdek qattiq qatlam hosil qilib, nixoyatda katta kuch va mablag’ hisobiga ombordan tashib chiqarishga to’g’ri keladi. Shu hodisa ro’y bermasligi uchun urug’ saqlash xo’jaliklarida doimiy nazorat olib borish lozim. Bu nazorat urug’ to’plamining turli joyida, har xil chuqurlikda harorat va kerak bo’lganda namlikni doimiy ravishda aniqlash yuli bilan bajariladi.

Download 161.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling