Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasi
Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasida ko`p uchraydigan ta’riflar bilan belgilanadi.
Faoliyat1 - insonning jamiyatda mavjud bo`lishi uchun kerakli sharoit. Mehnat -faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, insonning ta’rifi – harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir.
Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo`lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o`z ichiga oladi.
Faoliyat jarayoni modeli2.
Faoliyat jarayoni modeli ikki elementdan, ya'ni inson - va muhit orasidagi to`g`ri va tesqari munosabatlardan tuzilgan deb tasavvur qilish mumkin. Tesqari munosabatlar moddiy dunyoning qarama - qarshilik umumiy qonunlaridan kelib chiqadi. "Inson-muhit" sistemasi ikki maqsadli bo`ladi: 1) aniq bir natijaga erishish. 2) ko`ngilsiz hodisalarni chiqarib tashlash (inson sog`ligiga va hayotiga ziyon, yong`inlar va falokatlar). Shularning kelib chiqishi va shunga o`xshash hodisalar oqibatida kelib chiqadigan natijaga Xavf deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |