I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda olib o‘tishning soddalashtirilgan tartibi


Download 212.64 Kb.
bet69/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   185
Bog'liq
KODEKS

156-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda olib o‘tishning soddalashtirilgan tartibi
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib o‘tish quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi:
tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari, shu jumladan tovarlarning xavfsizligiga oid standartlarga va talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash qo‘llanilmasligi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno;
tovarning bojxona yuk deklaratsiyasi to‘ldirilmaydigan bojxona rasmiylashtiruvi tartibi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno.
157-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlarining qo‘llanilmasligi
Bojxona to‘lovlari quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig‘i solinmaydigan olib kirish normasi doirasida;
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig‘i solinmaydigan olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaxs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno;
doimiy yashash joyi o‘zgarganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan shaxsiy mol-mulkka nisbatan, bundan transport vositalari mustasno.
158-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishga, basharti tovarlar va (yoki) transport vositalari ushbu shaxslarni bojxona hududida bo‘lishi davriga notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi. Bunda transport vositasi chet davlat hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat tugaganidan so‘ng tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan o‘zgarmas holatda qaytarib olib chiqilishi yoki tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari istalgan bojxona organi orqali bojxona hududidan qaytarib olib chiqilishi mumkin. Vaqtincha olib kirilgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini qaytarib olib chiqishda bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmaydi.
Agar vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida jiddiy shikastlangan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, vaqtincha olib kirilgan mazkur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish amalga oshirilmasligi mumkin.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling