I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash tartibi


Download 212.64 Kb.
bet76/185
Sana04.04.2023
Hajmi212.64 Kb.
#1329014
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   185
Bog'liq
KODEKS

171-modda. Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash tartibi
Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash:
elektr energiyasi yetkazib berilgan oydan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechiktirmay;
quvur transportida olib o‘tilayotgan tovarlarni yetkazib berilishidan avval, hisobot davridan oldingi oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bojxona deklaratsiyasi berilayotganda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan tovarlarni amalda ko‘rsatish talab qilinmaydi.
Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan tovarlarning amaldagi miqdori to‘liq bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etgan holda deklaratsiyalanishi lozim, mazkur miqdor texnologik jihatdan shartlashilgan joylarda o‘rnatilgan, mazkur tovarlarning o‘tishini qayd qiluvchi hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlari asosida hamda vakolatli organlarning ma’lumotlariga ko‘ra aniqlanadi.
Quyidagilar bo‘lmagan taqdirda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishga ruxsat etiladi:
O‘zbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro shartnomalar;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan tovarlarning amalda olib o‘tilish hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati;
kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilmaganda.
Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishda bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish muddati tovarlarni yetkazib berishning hisob-kitob oyi tugagan sanadan e’tiboran to‘qson kalendar kundan oshmasligi kerak.
Bojxona chegarasidan quvur transportida tranzit tarzida olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalash haqiqatda yetkazib berilgan har bir kalendar oydan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasidan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Download 212.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling