I-bo‘lim. Xavfli sanoat obektlarda elektr moslamalari bilan ishlaganda yong’in xavfsizligini taminlash chora-tadbirlari


Download 0.67 Mb.
bet3/18
Sana17.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1531914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Муродуллаев Фаррух курс иши лойхаси

Loyihaning maqsadi va avzifalari
Loyihaning maqsadi- ushbu kurs loyihasini bajarishdan maqsad Kimyo sanoatidayong’inni o’chirishni tashkil etish mavzu bо‘yicha ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarni soha bо‘yicha aniq muhandislik masalalarini mukammal ravishda yechishda qо‘llashga tajriba va kо‘nikma hosil qilishdir.
Kurs loyihasini bajarish vaqtida talaba egallagan nazariy bilimlari va mavjud meyoriy hujjatlar, ma’lumotlar, maxsus adabiyotlar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan va boshqa manbalardan foydalanib, amaliy masalalarni mustaqil ravishda yechish, hamda о‘z g‘oya va yechimlarini jamoada himoya qilish kо‘nikmasini egallaydi.
Kurs loyihasini bajarish tizimi talabani nisbatan murakkabroq muhandislik masalasi – bitiruv malakaviy ishini bajarishga tayyorlaydi. Shu bilan bir qatorda kurs loyihasi talabada davlat standartlari, mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, soha bо‘yicha turli meyorlar, ma’lumotlar, yо‘riqnomalar, jadvallar, nomogrammalar, namunaviy loyihalar, va avval egallagan tajribadan foydalanish kо‘nikmasini shakllantiradi. Shuningdek, kurs loyihasi talabada turli texnik hisob-kitoblarni bajarish, texnik-iqtisodiyechimlarning chizmalarini tuzish, tushuntirish hisobotlarini rasmiylashtirish kо‘nikmalarini hosil qilishga xizmat qiladi.
Kurs ishining vazifalari - Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda kurs loyihasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat deb fikrlash mumkin:
- Ma’ruza, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarda, mustaqil bilim olish faoliyatida egallagan nazariy va amaliy kо‘nikmalarini amaliy loyihalarni bajarishda qо‘llay olishini namoyish etishi;
- Talabalarda ishni bajarishda zarur bо‘ladigan meyoriy hujjatlar, standartlar, ma’lumotnomalar va boshqa maxsus adabiyotlarni izlash va ulardagi ma’lumotlardan mustaqil ravishda foydalanish kо‘nikmalarini hosil qilish;
- Talabalarni mustaqil fiikrlash va eng maqbul yechimlarni qabul qilish va uni asoslashga о‘rgatish;
- xborot texnologiyalari yordamida о‘z loyihasining taqdimotini о‘tkazish, о‘zini dadil tuta olishni kо‘rsatishni о‘rgatish va boshqalar.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling