I-bo‘lim. Xavfli sanoat obektlarda elektr moslamalari bilan ishlaganda yong’in xavfsizligini taminlash chora-tadbirlari


Sanoat korxonalarida yong‘in xavfsizligi asosalari


Download 0.67 Mb.
bet7/18
Sana17.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1531914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Муродуллаев Фаррух курс иши лойхаси

1.2. Sanoat korxonalarida yong‘in xavfsizligi asosalari


Yong‘inning xavfli va zararli omillari: ochiq yong‘in, atrof – muhit va predmetlarning yuqori harorati, toksik moddalarning yonishi, tutun, havo tarkibida kislorod miqdorining kamayishi, qurilish konstruksiyalarining qulashi; portlashdagi to‘lqin zarbasi, otilayotgan qismlar va zararli moddalar hisoblanadi.



2- rasm. Ko‘p qavatli binolardan birida sodir bo‘lganyong‘ining ko‘rinish (Dubay)

Yuqorida qayd qilingan omillar xavfliligi, yong‘inni davom etish vaqti (T) ga bog‘liq bo‘ladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.





T=N/ ,

1)



bunda, N - yonuvchi modda miqdori, kg/m3; -moddani yonish tezligi kg/m3soat.
Agar binoda har xil qattiq va suyuq moddalar bo‘lsa hamda bino maydonining deraza maydoniga nisbati 4/10 atrofida bo‘lsa, yong‘inning davom yetish vaqti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:


Tyo=Sg/6S0 (g1/n1+g2/n2+...+gsns), (2)


bunda, g - har bir yonuvchi modda miqdori (kg/m2); n-moddalarning yonish tezligini hisobga oluvchi koeffitsiyent (benzin uchun -15, rezina, organik shisha uchun - 35, avtomobil shinalari uchun - 40, yog‘ochlar uchun - 65 qabul qilinadi).
Yong‘inning kelib chiqishi uchun uch omil bir vaqtda, bir joyda duch kelishi oqibatidir, ya’ni - yonuvchan modda (mahsulot); havo (oksidlovchi, kislorod); uchqun - alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).
Yong‘inning davomiyligini shartli ravishda 3 fazaga bo‘lishimiz mumkin:
Birinchi fazada - (5 dan 30 daqiqagacha) harorat sekin ko‘tariladi va tezlashib boradi. Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harorat tez ko‘tariladi. YA’ni «maksimal» qiymatiga erishadi. Uchinchi fazada - yonuvchi predmetlarning yonib bo‘lishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi.
Havo tarkibidagi kislorod miqdori 14 - 16% bo‘lganda yonish to‘xtaydi, kislorod miqdori 8 - 10% dan kamayganda esa, tutash ham to‘xtaydi.
Yonish paytida hosil bo‘ladigan yuqori harorat miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, qog‘ozda + 510°C, suyuq yoqilg‘ida +1000+1300°C, taxtada +1000°C, gazli yoqilg‘ida +1200+300°C harorat hosil bo‘ladi.

Yonish jarayonining vaqti quyidagi formula bilan aniqlanadi:





T=N/Vsoat,

(3)







bunda: N- yonuvchi moddaning miqdori, kg/m3; V – moddaning yonish tezligi, kg/m3;
Binolar va xonalarning portlash-yong‘inga xavfsizligi bo‘yicha toifalari GOST 12.1.004-91-“Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar”ig kiradi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq, qurilish ashyolari yonuvchanlik xususiyatlari bo‘yicha uchta guruhga: yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchi guruhlar bo‘linadi.
Yonish - bu kimyoviy oksidlanish reaktsiyasi bo'lib, u ko'p miqdordagi issiqlikni chiqarishi va odatda porlashi bilan birga keladi.
Yonish - bu o'zaro bog'liq kimyoviy va fizik jarayonlar majmui. Eng muhim yonish jarayonlari issiqlik va massani uzatishdir. Yonishning eng keng tarqalgan xususiyati olovning paydo bo'lishi va uning barcha yonuvchi aralashma bo'ylab harakatlanishi yoki faol zarrachalarni yonish zonasidan yangi yonuvchi aralashmaga tarqatishdir.
Olov - bu yonishning ko'rinadigan namoyonidir. U shuningdek yonish zonasi deb ataladi. Bu bo'shliqning yonuvchan aralashmani to'liq va to'liq bo'lmagan yonish mahsulotlariga aylantirish joyidir.
Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyillik darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bulajak yong’in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli ta’sirini oldini olishdan iborat. Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyilligi, ularning qanday ashyolardan qurilganligiga va ularda mavjud ishlab chiqorish jarayonida ishlatiladigan yoki saqlanadigan xomashyolarning yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi. Umumittifoq texnologik loyihalash me’yori (ONTP 24-86. 1.2.3) va qurilish qoidalari va me’yorlari (KMK 2. 01.02-85) ga binoan sanoat korxonalari va omborlari yonish va portlash xavfi bo’yicha 5-ta toifalarga bo’linadi, jumladan A, B, V, G va D. Bularning A va B toifalari yonish va portlashga moyil. V va G toifalari bo’lsa faqat yonishga xavfli deb hisoblanadi. D toifasida esa na yonish va na portlash xavfi mavjud emas.
Bino va inshootlarni bunday guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlanadigan engil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning bug’lari havo bilan aralashganda, portlovchi gazli muxitni hosil qiluvchi agregat holati va ularning alangalanish harorati (Ta)- ga binoan amalga oshirilgan.
A–toifaga yonish va portlash xavfi mavjud bo’lgan, chaqnab yonish harorati 28oS dan past bo’lgan, yonuvchi gaz va engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari havodagi kislorod bilan yoki suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo’lgan, gazsimon aralashmalar hosil bo’ladigan, korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatining atseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
B-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo’lgan, chaqnab yonish harorati 28oS dan yuqori bo’lgan , engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari, yonuvchi chang va gazlar havodagi kislorod bilan suv bilan qo’shilganda xavfli, portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo’lib, ular yonganda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo’ladi. Bunga ammiak ishlab chiqorish sanoatini misol qilib ko’rsatish mumkin.
V-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va B toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan chaqnab yonish harorati 120oS dan yuqori bo’lgan, yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqorish va qayta ishlov berish hamda harxil yoqilg’i moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, yog’ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qozg’oz, kardon, to’l qog’oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko’rsatish mumkin.
G-toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho’g’langan yoki eritilgan holatida ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issqlik ishlab chiqaruvchi markazlar va bug’xonalar misol bo’laoladilar.
D–toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarni sovuq holatda ishlatiladigan va saqlanadigan sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika vassement zavodlari shular jumlasidandir.
Bino va inshootlarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha guruhlanishi, ulardagi barcha xonalarning yonish va portlashga moyillik toifasi aniqlangandan so’ng belgilanadi. Agar binoda A toifaga taalluqli xona bo’lsayu, uning maydoni binodagi barcha xonalarning umumiy maydonidan 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 m2 dan ko’p bo’lsa, bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda harxil toifaga taalluqli xonalar mavjud bo’lsayu, A va B toifadgi xonalarning yig’indi maydoni, qolgan barcha xonalar umumiy maydonining 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 m2 dan ziyod bo’lsa, bu bino B toifaga mansub bo’ladi.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling