I f. d., prof. G. Q. Abduraxmonova 2023-yil “ ”
Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi
Download 135.01 Kb.
|
Djumayev S протокол
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izlanuvchilarga qoʻyiladigan talablarning bajarilganligi.
Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi. Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomilashtirish yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida:
Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotga joriy qilingan: 1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududdagi soliqlarning yigʻiluvchanligini oshirish, belgilangan prognoz koʻrsatkichlaridan ortiqcha qoʻshimcha daromadlarni shakllantirishdan manfaatdorligini taʼminlash orqali mahalliy budjetlar barqarorligini mustahkamlash maqsadida tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini tumanlar va shaharlar mahalliy budjetlari daromadlari prognozi ijrosidan qatʼiy nazar kamaytirilmasligiga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha taklifi ishlab chiqilgan. Ushbu taklif Halq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi vi-56-217- 4-0-k/22-son Qarori asosida amaliyotga joriy qilingan. Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi shahar va tuman budjetlarining daromad bazasini mustahkamlash orqali ular moliyaviy barqarorligini moʻtadil darajasi taʼminlanadi (Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 28-martdagi № 01-20-10/09-33/88-sonli maʼlumotnomasi). 2. Ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga belgilangan ijara toʻlovi eng kam stavkalarini belgilash vakolatlarini hududlar kesimidagi ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatiga asoslangan holda Mahalliy davlat hokimiyati organlariga berish boʻyicha taklif ishlab chiqilgan. Ushbu taklif Halq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi vi-56-217-4-0-k/22-son Qarorida inobatga olingan. Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi mahalliy budjetlarni daromadlar manbalarini yanada kengaytirish, xufiyona iqtisodiyot ulushini qisqartirish maqsadida, iqtisodiy faol, sanoatlashgan, turistik va yirik savdo nuqtalari mavjud hamda xizmatlar koʻrsatish hajmi yuqori yoki aksincha past boʻlgan tuman(shahar)larni salohiyatidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan meʼyorlarni yanada manzilli belgilash imkoniyati yaratiladi. (Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 28-martdagi № 01-20-10/09-33/88-sonli maʼlumotnomasi). 3. Davlat moliyaviy nazoratini tashkil qilish va tartibga solishning yagona andozalari asosida moliyaviy nazorat faoliyatini tartibga soluvchi prinsiplarida audit nazoratining 2 standartlari yaʼni moliyaviy va samaradorlik auditi elementlari asosida mahalliy budjet daromad va xarajatlari ijrosi samaradorligini nazorat tizimini takomillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqilgan. Ushbu taklif Halq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2023-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi vi-56-217-4-0-k/22-son Qarorining 21, 22 va 24- bandlarida oʻz ifodasini topgan. Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilinishi mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlash, xarajatlarning manzilli sarflanishi taʼminlash, budjet tashkilotlari debitorlik va kreditorlik qarzlarini minimallashtirish orqali budjet intizomiga qatʼiy rioya etilishi ustidan samaradorlik auditining elementi sifatida doimiy monitoring tizimi tashkil qilinadi. (Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 28-martdagi № 01-20-10/09-33/88-sonli maʼlumotnomasi). 4. Qashqadaryo viloyat mahalliy budjeti biriktirilgan daromad bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan oʻrta muddatli ssenariy variantlar prognoz koʻrsakichlari ishlab chiqilgan. Ushbu prognoz koʻrsatkichlari viloyatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish dasturlari uchun muhim uslubiy manba boʻlib xizmat qiladi. (Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 28-martdagi № 01-20-10/09-33/88-sonli maʼlumotnomasi). Izlanuvchilarga qoʻyiladigan talablarning bajarilganligi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalariga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan jami 10 ta ilmiy ish, shu jumladan, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan eʼtirof etilgan xalqaro jurnallarda 1 ta, mahalliy jurnallarda 4 ta ilmiy maqola, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiya toʻplamlarida 5 ta maʼruza tezislari nashr etilgan. Dissertatsiya mavzusi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulletenining 2022-yil 4-sonida В2022.4.PhD/Iqt2566 raqam bilan roʻyxatga olingan. Download 135.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling