I f. d., prof. G. Q. Abduraxmonova 2023-yil “ ”


i.f.d., dots. B.Y. Maqsudov


Download 135.01 Kb.
bet8/14
Sana20.10.2023
Hajmi135.01 Kb.
#1710895
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Djumayev S протокол

i.f.d., dots. B.Y. Maqsudov: 1-savol. . “Finansoviy kontrol-SMART” amaliy dasturlar paketiga asoslangan mahalliy budjetlar ijrosi nazorat tizimi modelining samaradorligiga yanada aniqlik kiritsangiz.
2-savol. Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy budjetlar xavfsizligin moʻtadil darajasini taʼminlovchi moliyaviy barqarorlik indikatorlari va tavsiyaviy meʼyorlar berib oʻtgansiz. Ushbu fikrlaringizni yanada kengroq asoslasangiz.
S.Djumayev 1-savolga javob: Savolingiz uchun rahmat. Tadqiqotimizda, mahalliy budjetlar darajasida rejalashtirish va prognozlarshtirish, ijro tizimi, budjet nazorati va auditini tashkil qilishnining oʻzaro uygʻunligini oʻzida muassamlashtirgan va MDH mamlakatlarida keng qoʻllanilayotgan. “Finansoviy kontrol-SMART” modelidan budjet jrosi tizimi samaradorligini oshirishda foydalanish boʻyicha tavsiyalar tizimlashtirilgan.
Ushbu model davlat moliyaviy nazoratini tashkil qilishda moliyaviy va samaradorlik auditining oʻzaro uygʻunligini taʼminlash va ularni oʻtkazish boʻyicha vakolatlarni tizimli taqsimlash orqali xalqaro andozalarga muvofiq davlat moliyaviy nazoratining davlat moliyaviy resurslaridan budjet mablagʻlaridan foydalanish maqsadli va qonuniyligini aniqlashgina emas, balki, moliyaviy monitoring va diagnoskaning zamonaviy usullaridan foydalangan holda davlat moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish darajasini baholash imkoniyatlarini yaratishi ishimizda asoslangan.
S.Djumayev 2-savolga javob: Budjet xavfsizligini moʻtadil darajasini baholashga yoʻnaltirilgan moliyaviy barqarorlikning oltita koʻrsatkichlaridan iborat baholash tizimi ishda ilgari surildi. Ushbu koeffitsiyentlardan koʻrinib turibdiki, mahalliy budjetlar daromad va xarajatlari muvozanatliligi koeffitsiyenti (IBlb) budjetlararo transfertlarsiz daromad salohiyatini mahalliy budjetlar xarajatlarini qoplash imkoniyati tahlil qilinayotgan davrda 0,71 dan 0,935 diapazonida tebranmoqda. Ushbu koʻrsatkich xalqaro darajada budjet mustaqilligini taʼminlash yuzasidan normal koʻrsatkich hisoblansa-da, mahalliy budjetlar xarajatlari boʻyicha shakllantiriladigan likvidlilik zahiralari (LBl) koeffitsiyenti tahlil qilinayotgan davrda minimal 0,006 (2015) dan maksimal 0,0259 (2020) diapazonida tebranmoqda. Xalqaro va mahalliy tajribanining tasdliqlashicha minimal kassaviy qoldiqlar va zahira jamgʻarmalari nominal qiymati 0,1-0,15 diapazonida boʻlishi tavsiya etiladi. Demak, yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, keyingi yillarda maalliy budjetlar xususiy daromad bazasini mustahkamlash boʻyicha islohotlar natijasida budjet xavfsizligining tizimli moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlari optimaallashib bormoqda.
Savol-javoblar va umumiy muhokamalar tugaganidan soʻng, Ilmiy seminar Raisi i.f.d., prof. S.K. Xudoyqulov soʻzni taqrizchilarga berdi.
Soʻz birinchi taqrizchi i.f.n., dots. X.A. Qurbonovga berildi.

Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling