I f. d., prof. G. Q. Abduraxmonova 2023-yil “ ”


S. Djumayev savolga javob


Download 135.01 Kb.
bet4/14
Sana20.10.2023
Hajmi135.01 Kb.
#1710895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Djumayev S протокол

S. Djumayev savolga javob: Bilamizki, budjet barqarorligida soliqlarning va ijara toʻlovlari muhim ahamiyatga ega boʻlib, Hududlar iqtisodiy salohiyati va undan oqilona foydalanish orqali mahalliy budjetlar barqarorligini taʼminlashda katta hissa qoʻshadi. 2022-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari ushbu jadvalimizda oʻz aksini topgan.
Ijaraga beriladigan mol-mulklarni 2 xil turga boʻlib oldik, bular Binolar va Avtomobil transporlari. Oʻz oʻrnida binolar xam 2 turga boʻlingan tarzda ijara toʻlovini amalga oshiradi. Misol tariqasida, turar joy va noturar joylarda ijara toʻlovi umumiy maydonning 1 kv.metri uchun Toshkent shahrida mos ravishda 15 500 va 32 000 soʻm etib belgilangan. Bu esa Mahalliy budjetlarni moliyaviy jihatdan qoʻllab quvvatlaydi.
i.f.d. prof. I.M.Alimardonov: 1-savol. Avtoreeratingizni kirish qismida davlat moliyasi tizimidagi islohotlarda “Xarajatlarni boshqarish” modelidan “Natijalarni boshqarish” modeliga oʻtish konsepsiyasiga tuxtalgansiz. Uni qanday amaliy natijalari mavjud??
2-savol. Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligi qaysi mahalliy iqtisodchi olimlar ilmiy ishlarida yoritilgan. Ularni ishingizda oʻrganganmisiz?
S.Djumayev 1-savolga javob: Xaqiqatda ishimiznining kirish qismida qismida davlat moliyasi tizimidagi islohotlarda “Xarajatlarni boshqarish” modelidan “Natijalarni boshqarish” modeliga oʻtish konsepsiyasiga toʻxtalganmiz Bunda asosan Hozirgi sharoitda davlat moliyasi tizimiga keng qoʻllanilayotgan “Jon boshiga moliyalashtirish” tizimi, Natijaga yoʻnaltirilgan budjetlashtirishni joriy etilayotganligi va “Oʻrta muddatli fiskal siyosat insttrumentlari”ni joriy etish orqpali 1 yillik budjetlashtirishdan 3 yillik budjetlashtirishga oʻtish jarayonlari nazarda tutilgan.
S.Djumayev 2-savolga javob: Mahalliy budjetlar moliyaviy barqaorligi masalasi bevosita Obid Meyliyev, Lola Xazratkulova, uchqun Oʻroqovlarni ishlarida koʻrib oʻtilgan. Lekin ushbu iqtisodchi olimlarnining ishlarida mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini soliqli daromadlar va budjet xarajatlari komponentlariga asoslangan mustahkamlash imkoniyatlari koʻrilgan. Bizning ishimizda, mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligi xorijiy iqtisodchi olimlar ilmiy qarashlari asosida kompleks yondashilgan holda oʻrganilgan. Unda soliqli daromadlar, budjet xarajatlari va joriy barqarorlikni mustahkamlashda “Minimal aylanma kassaviy qoldiqlar” va “Budjet zahiralari” omillari ham koʻrib oʻtilgan.

Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling