i.f.d. U.X. Normurzayev: 1-savol. Ilmiy tadqiqot ishingiz Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish deb nomlangan bo’lib, avtoreferatingizda amaliyotga joriy etishi degan qismida Qashqadaryo viloyatiga joriy etilganligi haqidagi dalolatnomani ko’rsatib o’tgansiz. Aytingchi, ushbu yangiliklaringizni Respublika miqyosida tadbiq qilish moliyaviy taʼminlash mexanizmi samaradorligini oshiradimi?
2-savol. Aytingchi, Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish bo’yicha so’nggi yillarda huquqiy jihatdan qanday qonunlar qabul qilingan?
S.Djumayev 1-savolga javob: Ilmiy tadqiqot ishmizning ob’ekti sifatida Qashqadaryo viloyati tanlab olinganligi sababli ushbu yangiliklarimizni mazkur viloyatga tadbiq etganmiz va ijobiy natijalarga erishganmiz. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Iqitisodiyot va moliya vazirligiga ham bu yangiliklarimizni yuborganmiz va bir qancha boshqichlardan ya’ni savol-javoblardan o’tdik. O’ylaymizki yaqin orada bu yangiliklarimizning tasdiqlanishiga erishamiz.
S.Djumayev 2-savolga javob: Bugungi kunda mazkur mavzuyimiz bo’yicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, jumaladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF- 60-son “2022 - 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”, 2019-yil 30-dekabrdagi PQ 4555-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonun ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2020-yil 1-maydagi PQ 4702-son “Hududlarni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarorlari va farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
i.f.d., prof. Q.M.Kuldashov: 1-savol. Mahalliy budjetlarni moliyaviy taʼminlash tizimi samaradorligini oshirishda soliqlar va ijara toʻlovlarining oʻrni qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |