I f. d., prof. G. Q. Abduraxmonova 2023-yil “ ”


Download 135.01 Kb.
bet1/14
Sana20.10.2023
Hajmi135.01 Kb.
#1710895
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Djumayev S протокол



TASDIQLAYMAN”
Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori
i.f.d., prof. G.Q.Abduraxmonova


2023-yil “_____” ________________

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning Zoom platformasida (https://us04web.zoom.us/j/5906349861?pwd=Yys5RnFEUHY2OFlBOUpkdU9Bd2tJUT09)

onlayn oʻtkazilgan majlisining -sonli
BAYONNOMASI


2023-yil 13-oktyabr Toshkent shahri

Qatnashdilar:


Ilmiy seminar
Raislik qiluvchi: i.f.d., prof. S.K. Xudoyqulov
Ilmiy kotib: i.f.n., dots. R.R. Tojiyev

Seminar aʼzolari: i.f.d., prof. A.U.Burxanov, i.f.d., prof. B.K.Toʻxliyev, i.f.d., prof. N.B.Abdusalomova, i.f.d., prof. N.Sh. Xajimurotov, i.f.d., prof. I.M.Alimardonov, i.f.d., prof. Sh.X. Muminov,. i.f.d., dots. B.Y. Maqsudov, i.f.d., prof. Q.M.Kuldashov, i.f.n., dots. X.A.Qurbonov, i.f.d., dots. N.E.Babaxalov, i.f.n., dots. A.S.Nurillayev, i.f.d., dots. M.B.Moʻminova, i.f.n., prof. Sh.T.Ergashova, i.f.d. prof. I.N.Kuziyev, i.f.d., dots. M.Sh.Mamatkulov, i.f.d., dots. Sh.Sh. Toʻrayev, i.f.d., prof. X.X. Xudoyqulov, i.f.d. U.X. Normurzayev, i.f.d., dots. A.N.Maxmudov





KUN TARTIBI

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti Djumayev Sohib Xayitmurotovichning 08.00.07 – “Moliya, muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha “Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasining muhokamasi toʻgʻrisida.


Muhokama qilinadigan masala yuzasidan Ilmiy seminarda Raislik qiluvchi quyidagilarni maʼlum qildi.
Bugungi ilmiy seminarda 21 nafar aʼzodan 19 nafari ishtirok etmoqda.
Shu munosabat bilan majlis oʻz ish faoliyatini davom ettirishi uchun vakolatli hisoblanadi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengashga qabul qilingan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti Djumayev Sohib Xayitmurotovichning 08.00.07–“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasini boshlash taklifini bildirdi. Talabgorning shaxsiy maʼlumotlari bilan tanishtirishni ilmiy seminar kotibidan soʻraldi.
Ilmiy seminar kotibi R.R.Tojiyev tayanch doktorant Djumayev Sohib Xayitmurotovich toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻqib eshittirdi.
Djumayev Sohib Xayitmurotovich 1988-yil 25-sentyabrda Qashqadaryo viloti Koson tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, oilali, maʻlumoti oliy.
2017-yilda Qarshi davlat universiteti bakalavriat, 2019-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura mutaxassisligini tamomlagan.
2019-2022-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining taʻlim tarbiya maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.
2022-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Moliya” kafedrasi tayanch doktoranti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Djumayev Sohib Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.
Ilmiy rahbari - iqtisodiyot fanlari doktori, professor Burxanov Aktam Usmanovich.
Talabgor “Chet tili” va “Ixtisoslik” fanlaridan malakaviy imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan. Tadqiqotchi tomonidan dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 10 ta ilmiy ish, shu jumladan, mahalliy jurnallard 4 ta, nufuzli xorijiy jurnallarda 1 ta maqola, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalarda 5 ta maʻruza tezislari nashr etilgan.
Taqrizchilar –i.f.n., dotsent X.A. Kurbonov hamda iqtisod fanlari doktori, professor A.X.Islamkulovlar tayinlangan boʻlib, ular tomonidan yozma shaklda ijobiy taqrizlar taqdim etilgan.
Tayanch doktorant tomonidan dissertatsiya ishi himoyasiga oid barcha hujjatlar toʻliq rasmiylashtirilgan.
Ilmiy seminar kotibining bergan axborotidan soʻng, talabgorning avtobiografik maʼlumotlariga, oʻziga Ilmiy seminar aʼzolari tomonidan qoʻshimcha savollar bor-yoʻqligi soʻraldi va maʼlumotlar tasdiqlandi.
Shundan soʻng, dissertatsiya mavzusining mohiyati va asosiy holatlarini bayon etish uchun soʻz talabgor S. Djumayevga berildi.
S.Djumayev dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi xususidagi maʼlumotlarni ilmiy seminar ishtirokchilariga yetkazish uchun qisqacha maʼruza taqdimotini amalga oshirdi.
Shu bilan birga tadqiqotchi S. Djumayev “Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusi yuzasidan quyidagi taklif va tavsiyalarini ilmiy jihatdan asoslab berdi:
Mavzuning dolzarbligi toʻxtaladigan boʻlsak, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi faolligini oshirish, hududlarda mavjud moliyaviy salohiyatdan oqilona foydalanish boʻyicha maʻsuliyatini oshirish ularning barqaror daromad bazasini shakllantirishni talab qiladi. Soliq tushumlarini budjet tizimi darajalari oʻrtasida taqsimlashning amaldagi tizimi mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini taʻminlash, ular tomonidan moliyalashtiriladigan davlat xarajatlarini samaradorligini oshirish nuqtayi nazardan yanada keng isloh qilishni taqozo qiladi.
Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston istiqboldagi rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida mujassamlashtirgan Taraqqiyot strategiyasida hududlar mutanosib rivojlanishini taʻminlash bilan bogʻliq islohotlarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faolligini taʻminlash bilan bogʻliq islohotlar ularga yuklatilgan xarajat majburiyatlariga asoslangan holda daromad vakolatlarini yanada oshirishni taqozo qilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev, hududlarning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishini muayyan mezonlar asosida baholashga davriy va uzluksiz tus berish zarurligini taʻkidlab oʻtgan edilar.

Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling