I f. d., prof. G. Q. Abduraxmonova 2023-yil “ ”


i.f.d., dots. A.N.Maxmudov


Download 135.01 Kb.
bet7/14
Sana20.10.2023
Hajmi135.01 Kb.
#1710895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Djumayev S протокол

i.f.d., dots. A.N.Maxmudov: 1-savol. Nima uchun siz dissertatsion tadqiqotingizda, Respublika mahalliy budjetlari ichida Qashqadaryo viloyatini tanladingiz? Bunga qandaydir sabablar bormi?
2-savol. Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti daromadlarining viloyat, shahar va tumanlar kesimidagi ichki tarkibiy tuzilmasi dinamikasida variatsion kenglikni pasayib borishi nimadan dalolat beradi?
S.Djumayev 1-savolga javob: Haqiqatda, Qashqadaryo viloyati mahalliy budjet moliyaviy barqarorligini oʻrganganimizning sababi: Qaqadaryo viloyati Respublika viloyatlari orasida asosiy donor hududlardan biri hisoblanadi. Lekin, Ushbu viloyat budjetida ham kassaviy uzilishlar bilan bogʻliq oʻziga xos ravishdagi “Likvidlilikni boshqarish” bilan bogʻliq muammolar mavjudligi tadqiqot ishimizga asos boʻlgan. Chunki, budjetlararo tranfertlarda ushbu hududnining ulushi past boʻlsada, Budjet ssudalari orqali yuqori budjetdan ajratiladigan ssudalar amaliyotining kuzatilayotganligi fikrimiznining tasdigʻidir. Buni avtoreferatnining 10-jadvalidagi tahlillar boʻyicha kuzatishimiz mumkin.
Ikkinchidan, Viloyat-tuman va shaharlar vormatida mahalliy budjet daromad va xarajatlarining taqsimlanishi bilan bogʻliq muammolarnining mavjudligi ushbu viloyatni tadqiqot obyeti sifatida olishimizga sabab boʻlgan.
S.Djumayev 2-savolga javob: Bu boʻyicha avtoreferatimizni 5 va 6-jadvallarida tahliliy maʼlumotlarni keltirganmiz.
Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti tarkibidagi tuman va shaharlar budjetlari daromadlarining ichki oʻzaro solishtirma tahliliga muvofiq variatsion kenglik 2014-yilda 6,48 ni tashkil qilgan boʻlsa, 2020-yilga kelib ushbu oʻrsatkich 3,02 foizni tashkil qilgan. Bunda Viloyat budjeti inobatga olinmagan. Demak, xulosa shakllantirildiki, jami 15 ta tuman va shaharlar budjeti daromadlari nisbatan teng taqsimlangan boʻlib, ushbu nisbatan tekis taqsimot tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha belgilangan soliq tushumlari, jismoniy shaxslar mol mulk va yer soligʻi, tovarlarni baʼzi turlari bilan savdo qilish va xizmatlarning alohida turlarini koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlarni shahar va tuman budjetlariga biriktirilishi natijasida ushbu soliqlar boʻicha tushumlar samaradorligini oshirishda mahalliy dalat hokimiyati organlarining manfaatdorligini ortishi kuzatildi.

Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling