I f. d., prof. G. Q. Abduraxmonova 2023-yil “ ”


Download 135.01 Kb.
bet10/14
Sana20.10.2023
Hajmi135.01 Kb.
#1710895
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Djumayev S протокол

S.Djumayev: Oʻzining qimmatli vaqtini ayamasdan, ishni batafsil koʻrib chiqib, bildirgan taklif va tavsiyalari uchun taqrizchiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman takliflarni inobatga olaman va koʻrsatilgan kamchiliklarni keyingi muhokamagacha boʻlgan davrda bartaraf etaman.
Soʻz ikkinchi taqrizchi i.f.d., prof. A.X.Islamkulovga berildi.
Ikkinchi taqrizchi: i.f.d., prof. A.X.Islamkulov oʻz chiqishida dissertatsiya mavzusining dolzarbligini, olingan ilmiy natijalarning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab quyidagi jihatlariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Zamonaviy sharoitlarda Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini joylarda tubdan oshirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining barqaror moliyaviy resurslar manbaini shakllantirishga bogʻliq boʻlmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF - 60-son Farmonida belgilangan ustuvor vazifalarni joylardagi samarali ijrosini taʼminlash ular ixtiyorida shakllantiriladigan mahalliy budjetlarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish, xarajatlarni manzilli sarflanishi ustidan samarali moliyaviy nazorat tizimini tashkil qilish orqali mahalliy budjetlar moliyaviy barqaror tavʼminlashga koʻp jihatdan bogʻliq boʻlmoqda.
Keyingi yillarda davlat moliyasi sohasida koʻplab islohotlar amalga oshirilayotgan boʻlishiga qaramasdan, mahalliy budjetlarnining daromadlarini shakllantirishda Respublika budjetidan beriladigan umumdavlat soliqlaridan meyoriy ajratmalar, ijtimoiy transfertlarga bogʻliqligi daromad va xarajatlarning budjet tizimi budjetlari oʻrtasida taqsimlash tizimini takomillashtirishni taqozo qilmoqda.
Mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlari mutanosibligini oʻzida mujassamlashtiruvchi moliyaviy barqarorlik ichki tuzilishi xususiyatlariga xarajatlarni oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash imkoniyatlarining real komponentlari asosida baholanadi. Mahalliy budjetlar daromadlar va xarajatlari ijrosi jarayonida rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan kassavviy tafovutni qisqa muddatli qoplash boʻyicha budjetlararo transfertlarning asosiy turlaridan biri boʻlgan ssudalar ajratish amaliyotidan keng foydalanilayotganligi ular moliyaviy barqarorligini baholash uslubiyotin va boshqarish tizimi takomillashtirish boʻyicha tizimli islohotlarni olib borishni taqozo qilmoqda.
Ushbu masalalar dissertatsion tadqiqotda keng ilmiy va amaliy kontekstda koʻrib oʻtilgan boʻlib, yuqoridagi holatlar tanlangan mavzunining bugungi kundagi dolzarbligidan dalolat beradi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida budjet masalasi juda muhim va murakkab masala boʻlib hisoblanadi. Har bir hududning rivoji, aholisining turmush sharoiti, ijtimoiy himoya, kam taʼminlangan oila va shaxslarni yetarli darajada ijtimoiy himoya qilish, har bir hududdagi davlat hokimiyati organlarining moliyaviy masalalarini toʻgʻri hal qila bilishga bogʻliqdir. Bunda mahalliy budjetlarga tushadigan soliq va yigʻimlarning turi, miqdorini belgilash alohida ahamiyat kasb etadi.Respublikamiz soliq tizimini takomillashtirishda turli hokimiyat organlarining soliqlar va yigʻimlar boʻyicha vakolatlarini yanada aniqlashtirish va bunda mahalliy davlat hokimiyati idoralarining bu boradagi vakolatlarini oshirish muhim yoʻnalish qilib belgilanishi lozim.
Dissertatsiya ishi mavzusi va tarkibiy tuzilishi boʻyicha doktorlik dissertatsiyalariga qoʻyiladigan talablarga javob beradi. U kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat.
Ishning kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlariga mosligi koʻrsatilgan, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilinib, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligining ilmiy-nazariy va tashkiliy-iqtisodiy asoslari” deb nomlanib, unda budjet tizimi budjetlari moliyaviy barqarorligi va uning makroiqtisodiy jihatlarini ilmiy-nazariy asoslari keng shakllangan ilmiy bazaga tayangan holda tizimlashtirilgan. Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligining turkumlanishi va uni boshqarishning konseptual asoslari yoritib berilgan. Bunda budjet tizimi budjetlari tarkibida mahalliy budjetlarning moliyaviy barqarorligi va uni tashkil qiluvchi komponentlari asosli ravishda yoritib berilgan. Zamonaviy sharoitlardagi davlat moliyasi tizimidagi islohotlarda mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini taʼminlashning tashkiliy-huquqiy asoslari va zarurligi asoslab berilgan.
Ushbu bobda moliyaviy barqarorlik kategoriyasining budjet tizimi budjetlari nuqtayi nazarda keng nazariy jihatdan asosli ravishda yoritib berilgan boʻlib, muallif mustaqil yondashuvlarini tizimlashtira olgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida “Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimining amaldagi xolatining tahlili” deb nomlangan ikkinchi bobida mahalliy budjetlar muvozanatlashgan moliyaviy barqarorligiga daromad bazasini shakllanish samaradorligining taʼsirini tahlili keng statistik maʼlumotlar bazasida yoritib berilgan. Mahalliy budjetlar xarajatlari va ularni budjet barqarorligiga taʼsirining tahlili kompleks baholangan. Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligi va uni budjetlararo transfertlar vositasida boshqarish amaliyotining tahlili keng statistik maʼlumotlar bazasida tizimlashtirilgan. Dissertatsion tadqiqotnining ushbu bobida amalga oshirilgan statistik tahlillarnining bazasi Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy budjetlari va Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti maʼlumotlari bazasiga asoslangan.
Dissertatsiyaning “Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini yuksaltirishning ustuvor yoʻnalishlari” nomli uchinchi bobida Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet salohiyatini oshirish va mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholashnining integral koʻrsatkichlar tizimi ifodalangan. Fikrimizcha ushbu integral koʻrsatkichlar mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini real baholashda muhim metodologik manba boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Shuningdek, budjet tizimi budjetlari moliyaviy xavfsizligini samarali boshqarishga yoʻnaltirilgan davlat moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish istiqbollari boʻyicha takliflar tizimlashtirilgan. Dissertatsion tadqiqotnining ushbu bobida mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligining asosiy komponenti hisoblangan ular daromadlarini shakllanishiga taʼsir etuvchi omillar bazasidagi ekonometrik modellar shakllantirilgan va natijada istiqbollli prognoz ssenariy variantlari ishlab chiqilgan.
Umumiy shakllantirilgan xulosalar asosida ilmiy taklif va amalliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Dissertatsiya mavzusi boʻyicha jami 4 ta ilmiy ish, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish boʻyicha tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 3 ta ilmiy maqola, shundan 1 tasi xorijiy jurnalda nashr etilgan. Dissertatsiya ishi mavzusi va tarkibiy tuzilishi boʻyicha doktorlik dissertatsiyalariga qoʻyiladigan talablarga javob beradi. U kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat.
Dissertatsiya va uning avtoreferatida yuqorida qayd etilgan yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjud. Jumladan:
1. Dissertatsiyaning 1-bobida mahalliy budjet daromadlari takrkibi yaʼni soliqlar, soliqsiz daromadlar hamda boshqa daromadlardan tashkil topishi boʻyicha keng argumentlar keltirilgan. Bunda darpomadlarnining turlari sifatida soliqlar daromadlar keng ochib berilgan. Lekin, boshqa daromadlarning tarkibi va dinamikasi, ularni oshirish imkoniyatlari boʻyicha nazariy va amaliy ishlanmalar ishda keltirilganda maqsadga muvofiq boʻlar edi.
2. Dissertatsiyaning 2-bobida mahalliy budjet daromadlarining ijrosi Qoraqolpogʻiston Respublikasi, Viloyatlar vaToshkent shahri boʻyicha hamda daromadlar turlari kesimida 2012-2021-yillar oraligʻidagi davr tahlil qilingan boʻlsada, ushbu davrlar oroligʻida daromad tushumlariga taʼsir etuvchi omillar yanada keng tahlil qilinganda ishning ilmiy va amaliy ahamiyati yanada ortgan boʻlar edi.
3. Dissertatsiya ishida natijaviy omil sifatida Qashqadaryo viloyatit mahalliy budjetiga tushumlarga taʼsir koʻrsatuvchi omillar kesimidagi ekonometrik tahlillar amalga oshirilgan. Ushbu tahlil davrlar diapazonini yanada kengaytirilganda, kuzatuvchlar sonini yanada oshirilganda olingan rpegression tenglama va prognozlarnining sifat tavsifi yanada yaxshilangan boʻlar edi.
4. Dissertatsiya ishida maʼlum orfografik va stilistik xatoliklar uchraydi. Ishdagi foydalanilgan adabiyotlarga ayrim iqtiboslarni toʻgʻri rasmbylashtirish taklif qilinadi.
Yuqoridagi kamchiliklar ishnining umumiy saviyasiga jiddiy taʼsir etmaydi. Shunga asoslangan holda keltirib oʻtilganlardan kelib chiqib, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi Djumayev Sohib Xayitmurotovich tomonidan 08.00.07-“ Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi boʻyicha iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Mahalliy budjetlar moliyaviy barqarorligini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusida yozilgan dissertatsiya ishi OAK tomonidjan belgilangan talablar darajasida bajarilgan deb xulosa qilinadi. Dissertatsion tadqiqot ishi keyingi bosqichga muhokama uchun tavsiya etiladi.

Download 135.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling