I f. d. Sh. T. Hasanov 2022 yil “ ” bogʻdorchilik va sabzavotchilik mashinalari nazariyasi va hisobi fanining


-mavzu. Bog‘dorchilik va sabzavotchilikda ekin qatorlar orasi tuprog‘iga ishlov berish mashinalari


Download 51.63 Kb.
bet3/7
Sana01.03.2023
Hajmi51.63 Kb.
#1238914
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 BOGʻDORCHILIK VA SABZAVOTCHILIK FANINING ND (Lotincha)

5-mavzu. Bog‘dorchilik va sabzavotchilikda ekin qatorlar orasi tuprog‘iga ishlov berish mashinalari. Bog‘ daraxtlari ( tok qatorlari) va sabzavot ekinlari qatorlari orasi tuprog‘iga ishlov beradigan mashinalar ishiga qo‘yilgan agrotexnik talablar. Bog‘bop va oddiy pluglar, bog‘bop kultivatorlar, tishli va diskli tirmalar, tuproq frezalarining tuzilishi va texnologik ish jarayoni. Ularni ishlatishga tayyorlash. Pluglar va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalarini tortishga qarshilik kuchini hisoblab topish.
6-mavzu. Bog‘, tokzorlar va sabzavot ekinlarini o‘g‘itlash mashinalari. O‘g‘it solish mashinalarining turlari. Qattiq, suyuq va kukunsimon o‘g‘it solish mashinalari. O‘g‘itlarni solishga tayyorlaydigan va yuklaydigan mashinalar. Ularning tuzilishi va texnologik ish jarayoni. Ishchi qismlarining parametrlari. Bog‘bop kulьtivatorga o‘rnatiladigan o‘g‘itlash apparatlari o‘lchamlari.
7-mavzu. Mevali daraxtlar, reza meva va sabzavot ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoyalash mashinalari. Bog‘ daraxtlari, reza meva va sabzavot ekinlarini kimyoviy himoyalash usullari, mashinalari va apparatlari. Bog‘bop purkagichlar va changlatkichlar, fumigatorlar va aerozol generatorlari, ularning parametrlarini asoslash, tanlash. Mashina va apparatlarni ishlatishga tayyorlash va ularni sepish normasiga o‘rnatish.
8-mavzu. Bog‘, tokzor va sabzavot ekinlarini sug‘orish usullari va mashinalari. Bog‘larni sug‘orish rejimi va usullari. Tomchilatib sug‘orish tizimining texnologik jarayoni, ishlatish rejimi, ishchi qismlarining parametrlarini aniqlash. Tomchilatib sug‘orishda avtomatik anjomlardan foydalanish. Yer ostidan sug‘orish tizimlari, ularning afzalliklari. Suv nasoslari (markazdan qochma, o‘qi bo‘ylab so‘ruvchi, suvga cho‘ktirib ishlatiladigan, ularni harakat yuritmalari. Sabzavot ekinlarini sug‘orish usullari va mashinalari.
9-mavzu. Bog‘dorchilik va sabzavotchilikda hosil yig‘ishtirish mashinalari. Bog‘larda hosil yig‘ishtirish usullari, ularni to‘g‘ri tanlash. Erga to‘kilgan mevani yig‘ishtirish mashinalari. Mevali daraxtlarni silkitib, ularning hosilini yig‘ishtiradigan mashinalar. Vibrator turlari, parametrlari. Vibrator harakat yuritmalari. Daraxtni himoyalash. Silkitib terishda foydalaniladigan chodirlar, ularni montaj, demontaj qilish, transportlash vositalari. Mevani havo oqimi bilan to‘kish vositalari. Mevani qo‘lda terishda foydalaniladigan platformalar, ularni daraxt o‘lchamlariga moslab sozlash. Meva saralagichlar, ularning parametrlari. Meva uchun konteynerlar, ularni yuklaydigan texnikalar parametrlari.

Download 51.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling