I f. d. Sh. T. Hasanov 2022 yil “ ” bogʻdorchilik va sabzavotchilik mashinalari nazariyasi va hisobi fanining


Download 51.63 Kb.
bet1/7
Sana01.03.2023
Hajmi51.63 Kb.
#1238914
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 BOGʻDORCHILIK VA SABZAVOTCHILIK FANINING ND (Lotincha)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI

TASDIQLAYMAN”


Toshkent davlat agrar universiteti
Samarqand filiali direktori,
i.f.d.__________________Sh.T.Hasanov
2022 yil “___” ___________
BOGʻDORCHILIK VA SABZAVOTCHILIK MASHINALARI NAZARIYASI VA HISOBI FANINING
O‘QUV DASTURI

Bilim sohasi:

800 000-Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va veterinariya

Ta’lim sohasi:

810 000-Qishloq xo‘jaligi

Ta’lim yo‘nalishi:

70810101– Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)



SAMARQAND -2022

Fan/modul kodi
BSMNHYe1406

Oʻquv yili
2021-2022

Semestr
2

Kreditlar
6

Fan/modul turi
Tanlov fan

Ta’lim turi
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
6

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashgʻulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Bogʻdorchilik va sabzavotchilik mashinalari nazariyasi va hisobi

72

108

180

2.

I. Fanning mazmuni.
Fanni oʻqitishdan maqsad – tayyorlanayotgan mutaxassislarga bog‘dorchilik va sabzavotchilik sohasini mexanizatsiyalash mashinalari va qurollarining konstruktiv tuzilishi, texnologik ish jarayoni va prinsiplari, sozlanishlari, ishga tayyorlash tartibi, ish sifatini nazorat qilish hamda mashinalarning mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladiganlarini to‘g‘ri tanlash va ishlatish bo‘yicha bilim berish. Bog‘dorchilik mashinalarining ekologik va iqtisodiy ko‘rsatgichlarini qiyoslash uslublarini, ularga ta’sir ko‘rsatadigan muhit (tuproq, mevali daraxtlar, reza-meva o‘simliklari, nihollar, sabzavot ekinlari, ularning maxsulotlari va boshqalar), texnologik xususiyatlarining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi - bog‘dorchilik va sabzavotchilik mashinalari va qurollarining tuzilishi, ishlashi, ishga tayyorlanishi, sozlanishi, mashinalarning ishchi organlarini maqbul o‘lchamlarini nazariy hisoblash va ulardan samarali foydalanishni o‘rgatish;
- bog‘dorchilik va sabzavotchilik mashina hamda qurollarini, ishchi qismlarini tanlash, muayyan sharoitga moslab ishlatish, yo‘llarini o‘rgatish;
- o‘zlashtirgan bilimi va tajribasi asosida zamonaviy texnologiyalar va bog‘dorchilik va sabzovodchilik mashinalari tuzilishi va ish jarayoni mustaqil o‘rgatish.



Download 51.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling