IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan mustaqil ish tayyorlash muayyan mavzularni o‘quv adabiyotlar yordamida mustaqil o‘zlashtirish; berilgan mavzular bo‘yicha referatlar tayyorlash; kompyuter dasturlarida taqdimotlar tayyorlash, mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish; keys-stadilar tayyorlashda ishtirok etish tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o‘qib o‘rganishi va shu yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etadigan mavzular:
1. Lavlagi yig‘ishtirish mashinasini o‘rganish.
2. Intensiv bog‘lar agrotexnikasini o‘rganish.
3. Uzumni yalpi yig‘ishtirish mashinasini o‘rganish va undan foydalanish.
4. Bog‘dorchilikda tomchilatib sug‘orish tizimlari, mashinalarini o‘rganish
5. Ildizmevalarni saralash va kalibrlash mashinalarini o‘rganish.
6. Bog‘dorchilik va sabzavotchilikda hosilga dastlabki ishlov berish mashinalarini o‘rganish
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi vauning taqdimoti tashkil qilinadi.
3.
|
Ta’lim natijalari/Kasbiy kompetensiyalari
Talaba bilish kerak:
- fan va ilmiy tadqiqotlarning asosiy hususiyatlari;
- ilmiy masalalar yechish;
- eksperimentni rejalashtirish, o‘tkazish, tegishli m’lumotlar olish, turli boshqariluvchi jarayonlarning matematik modellarini tuzish;
- iformasion ma'lumotlarni qidirish va ularni tahlil qilish haqida tasavvurga ega boʻlishi
- nazariy tadqiqotlar metodologiyasini;
- tadqiqot modellarini qo‘llashni;
-faktorli eksperiment va tajribalarni randomizasiyalash uslublarini;
- faktorli eksperimentlarni tahlil qilishni;
- funksional bog‘lanishlarni topishni;
- optimumni topishi va aniqlashni;
- ilmiy tadqiqot vazifalarini shakllantirishni;
- eksperimentni o‘tkazishni;
- o‘lchov natijalarini jamlash va tahlil qilishni;
-tajriba natijasida olingan ma'lumotlarga matematik, statistik ishlov berishni,tahlil qilishni, grafiklarda tasvirlashni;
- empirik formulalar keltirib chiqarishni;
- ilmiy tadqiqot natijalari asosida xulosalar shakllantirishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- o‘lchash, o‘lash natijalarini jamlash, tahlil qilish, baholash, grafik tasvirlash, empirik formulalar keltirib chiqarish, to‘plangan axborotlarga matematik, statistik ishlov berish, gipotezalani tekshirishning statistik metodlarini, dispersion, probit – taxlil, optimizasion qidirish, ilmiy tadqiqot natijalarini shakllantirish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |