8.Ta’lim-tarbiyaga doir g‘oyalar va qarashlarning rivojlanish bosqichlarini o‘rganadigan fan:
a) pedagogik psixologiya
b) kasbiy pedagogika
c)pedagogika tarixi
d) pedagogik diagnostika
9.Tarbiya metodlarining turlanishini ko‘rsating:
a)ijtimoiy ongni shakllantiruvchi, odatlantiruvchi va faoliyatda mashqlantiruvchi, rag‘batlantiruvchi va jazolovchi
b)faoliyatga majburlovchi, xulq-atvordagi o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi, ma’lum shart-sharoitlarga ko‘niktiruvchi
c) shaxsni kamolotga yetaklovchi, odamni tubanlikka olib boruvchi, insonni ulug‘lovchi
d) tarbiyalovchi, qayta tarbiyalovchi va o‘zini-o‘zi tarbiyalovchi metodlar
10.Xalq pedagogikasida qanday tarbiya usullari mavjud?
a) tushuntirish, odob – axloq, tarbiya
b) tushuntirish, na’muna, nasihat
c) tanqid qilish, urishish, jazolas
d) jismonan jazolash, ruhan ezish
11.Jazolash deganda nimani tushunasiz?
a) tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir
b) bu tarbiyalanuvchiga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar asosida tazyiq o‘tkazishdir
c) tarbiyalanuvchiga nisbatan tan jazosini qo‘llash bilan bog‘liq sa’y-harakatlardir
d) tarbiyachining o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, qo‘li ostidagilarga nisbatan nopedagogik ta’sir o‘tkazishidir
12.Nimaga tarbiyani ijtimoiy xodisa deymiz?
a) tarbiya jarayoni maktabgacha va maktab davrida asosan oilada amalga oshiriladi
b) insonga o‘zini-o‘zi tarbiyalashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan uchun
c) shaxsning shakllanish jarayoni doimiy nazorat qilib boriladi va tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi
d)tarbiya insonning butun umri davomida turli tashqi ta’sirlar natijasida amalga oshadi
13.Prezidentimiz I.Karimovning «Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch» asarida moddiy va ma’naviy olam nimaga o‘xshatiladi?
a) yuksaklikka intilib, unib kelayotgan niholga
b) yonma-yon oqib turgan ikki daryoga
c) parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga
d) shaxsning shakllanish omili bo‘lgan oila va tarbiyaga
Do'stlaringiz bilan baham: |