I II variant javobi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya javoblari
6-variant
31. Bo‘sh vaqtga mo‘ljallangan xobbi tarzidagi qiziqishlar quyidagi qaysi Yosh davri uchun ko‘proq xos? a) kichik maktab Yoshi; b) o‘smirlik; c) o‘spirinlik; *d) b va c javoblar to‘g‘ri. 32. Do‘stlik va do‘stlarni ideallashtirish qaysi Yosh davri uchun xos odatdagi xususiyatdir? a) maktabgacha Yosh davri; b) kichik maktab Yoshi; *c) o‘spirinlik; d) to‘g‘ri javob yo‘q. 33.Agressiyaning quyidagi qaysi turi o‘smirlik davrida qiz bolalarda o‘g‘il bolalarga nisbatan ayniqsa yuqori darajada bo‘lishi kuzatiladi? a) bevosita jismoniy agressiya; b) bilvosita jismoniy agressiya; c) bevosita verbal agressiya; * d) bilvosita agressiya. 34. O‘smirlik davrida bolaning ayrim fanlarga ko‘proq qiziqib qolishi ko‘pincha nimaga bog‘liq bo‘ladi? a) fanning qiziqligi; b) ota-onaning ushbu fandan yaxshi xabardorligi; c) ushbu fanni o‘rganishning kelajakda qaysidir kasbni egallash uchun zarurligini tushunish; *d) fan o‘qituvchisining o‘qitish metodikasi yoqishi. 35. Ilk o‘spirinlikda qaysi emotsional holatning umumiy darajasi boshqa Yosh davrlariga nisbatan yuqori bo‘ladi? a) quvonch; b) uyatchanlik; *c) xavotirlanish; d) hayratlanish. 36. Ilk o‘spirinlikda o‘zini o‘ylantiradigan savollarga javob topish uchun shaxsning kimga yoki nimaga murojaat qilish darajasi ortadi? a) o‘qituvchilarga; * b) ilmiy va badiiy adabiyotlarga; c) ota-onaga; d) tengdoshlarga. 37. Ilk o‘spirinlik Yoshida odam o‘zini yaxshiroq bilish uchun quyidagi usullarning qaysi biridan ko‘proq foydalana boshlaydi? a) tengdoshlar beradigan tavsiflarni yig‘ish; * b) o‘zini-o‘zi kuzatish va tahlil qilish; c) o‘qituvchilardan tavsif so‘rash; d) ota-onaning fikrini bilish. 38. Ilk o‘spirinlikda o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchining qanday sifatiga talab ayniqsa ortadi? a) o‘qituvchining metodik mahoratiga; b) o‘qituvchining o‘quvchi shaxsini tushuna olish qobiliyatiga; * c) o‘qituvchining adolatli qaror qabul qila olish imkoniyatiga; d) o‘qituvchining o‘quvchi ota-onasi bilan aloqa o‘rnatish darajasiga. 39. Ilk o‘spirinlik davrida tafakkur jarayonlaridagi qanday farqlar ayniqsa yaqqol nmoyon bo‘la boshlaydi? a) individual-psixologik xususiyatlar bilan bog‘liq farqlar; b) ijtimoiy-demografik xususiyatlar bilan bog‘liq farqlar; * c) jinsiy xususiyatlar bilan bog‘liq farqlar; d) barcha javoblar to‘g‘ri. 40. Kasbiy shakllanishning optatsiya bosqichi qanday bosqich hisoblanadi? a) kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish bosqichi; b) kasbiy malakalarni oshirish bosqichi; * c) kasbiy yo‘nalishni tanlash bosqichi; d) kasbiy faoliyatni yakunlash bosqichi. 41. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchining avvalo o‘qituvchining qanday faolligini boshqarishi ko‘zda tutiladi? a) shaxslararo munosabatlardagi faollik; b) ijtimoiy foydali faoliyatdagi faollik; *c) bilish sohasidagi faollik; d) jismoniy faollik. 42. O‘quv faoliyatining operatsion komponenti nimalarni o‘z ichiga oladi? a) o‘quvchining o‘quv motivi; b) o‘quv faoliyatini nazorat qilish jarayoni; c) o‘quv faoliyatini baholash jarayoni; *d) o‘quv topshiriqlarini bajarishga qaratilgan xatti-harakatlar. 43. Ramziy ko‘rgazmalilik ko‘rgazmalilikning qandayturi bilan bevosita bog‘liq? a) predmetli ko‘rgazmalilik; * b) tasviriy ko‘rgazmalilik; c) nutqiy ko‘rgazmalilik; d) to‘g‘ri javob yo‘q. 44. Mashq malakalarning shakllanishi va mustahkamlanishiga xizmat qilishi uchun qanday talablarga javob berish kerak? a) mashqlar erkin ixtiyoriy tarzda bajarilishiga imkoniyat berish kerak; b) mashqlarni davomiy tanaffuslar bilan o‘tkazish zarur; c) mashqlar maqsadini ularni bajarish davomida aniqlashtirish kerak; *d) mashqlar asta sekin murakkablashtirilishi lozim. 45. O‘qituvchining o‘z psixik holatini boshqarish qobiliyati qanday turdagi pedagogik qobiliyat hisoblanadi? a) akademik qobiliyat; *b) shaxs bilan bog‘liq qobiliyat; c) didaktik qobiliyat; d) tashkiliy-kommunikativ qobiliyat. 46. Qaytarishdan tashqari o‘quv materialini o‘zlashtirish vositasiga nima kiradi? a) materialga nisbatan ustanovka; *b) mashqlar; c) materialning hajmi; d) materialning emotsional xususiyatlari. 47. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining bo‘g‘inlari qaysi javobda to‘g‘ri ketma ketlikda keltirilgan? 1)axborotni qabul qilish; 2)ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llash; 3) ma’lumotlarni esda olib qolish va esda saqlash; 4)materialni anglash, uni qayta ishlash. a) 1,2,3,4; b) 1,4,2,3; *c) 1,4,3,2; d) 1,2,3,4. 48. Mehnat tariya omiliga aylanishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak? a) mehnat insonning o‘ziga foyda keltiradigan bo‘lishi kerak; b) mehnat faoliyati doimiy ravishda tashqaridan boshqarilishi kerak; *c) mehnat o‘quvchiga qiziq va uning kuchiga loyiq bo‘lishi kerak; d) mehnat faqat individual amalga oshirilishi kerak. 49. O‘quvchilar bilan ma’naviy-axloqiy mavzularda suhbat o‘tkazishda qanday qoydalarga rioya etish kerak? a) suhbat davomida o‘quvchilarni axloqiy masalalar yuzasidan fikr yuritishga, faol fikr almashishga undash kerak; b) suhbat aniq sabab, biror voqea-hodsaga bag‘ishlab o‘tkazilishi lozim; c) suhbatni yorqin, emotsional ta’sirchan aniq misollardan boshlash zarur; * d) barcha javoblar to‘g‘ri. 50. O‘qituvchining o‘quvchi o‘zini-o‘zi tarbiyalashi jarayonidagi roli nimada? a) o‘qituvchi o‘quvchining o‘zini-o‘zi tarbiyalash jarayonini boshqaradi; b) o‘qituvchi o‘quvchining o‘zini-o‘zi tarbiyalash natijalarini baholaydi; * c) o‘qituvchi o‘zquvchida o‘zini-o‘zi tarbiyalash va o‘zgartirish istagini uyg‘otadi; d) o‘qituvchi o‘quvchining o‘zini-o‘zi tarbiyalash dasturini ishlab chiqadi. 51. Tarbiyaga berilgan quyidagi ta’riflarning qaysi biri uning mohiyatini aniq aks ettiradi? a) tarbiya – shaxsni jamiyat hayotining turli sohalariga oid ilmiy ma’lumotlar bilan qurollantirish jarayoni; b) tarbiya – atrof olamdagi voqea hodisalarni ratsional tushuntirish qobiliyatini shakllantirish jarayoni; *c) tarbiya – shaxsda ijtimoiy ahamiyatli ehtiyojlarni shakllantirish jarayoni; d) tarbiya – shaxsning ilmiy dunyoqarashini shakllashtirish uchun tashkil etiladigan tizimli jarayon. 52. O‘quv materialining emotsional xususiyatlari deganda nima tushuniladi? a) o‘quv materialida hissiy kechinmalar haqida ma’lumot berilishi; b) o‘quv materialini o‘zlashtirish natijasida shaxsda boshqa odamlarning his-kechinmalarini tushunish qobilyatining rivojlanishi; *c) o‘quv materialining mazmuni shaxsda har xil his-kechinmalarni uyg‘otishi; d) o‘quv materialida tasvirlangan turli hissiy holatlar haqida shaxsning noto‘g‘ri xulosalar chiqarishi. 53. Muayyan fanga qiziqish bilvosita qiziqish ekani nimani anglatadi? a) shu fanga yaqin boshqa fanlarga ham qiziqish mavjudligi; b) shu fanga o‘qituvchining o‘qitish uslubi sababli qiziqish; c) shu fanga qiziqishning etarlicha barqaror emasligi; * d) shu fanga qiziqish uning ahamiyatini chuqur anglash sababli ekani. 54. O‘quv materiali o‘zlashtirilishining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi omillarning qaysi biri tashqi omilga kiradi? a) o‘quv materialiga nisbatan shaxs ustanovkalari; b) o‘quv materialining mazmuni; c) o‘quv materialining murakkablik darajasi; * d) b va c javoblar to‘g‘ri. 55. L.S.Vigotskiyning ilmiy ta’limotiga ko‘ra ta’lim va psixik taraqqiyot o‘rtasidagi munosabat qanday bo‘lishi kerak? a) ta’lim psixik taraqqiyotni o‘z ketidan etaklashi kerak; b) ta’lim psixik tarakkiyotga ergashishi lozim; c) ta’lim va psixik taraqqiyot jarayoni yonma yon davom etishi zarur; d) ta’lim psixik taraqqiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan jarayon. 56. Quyidagi olimlarning qaysi biri pedagogik qobiliyatlar muammosini alohida chuqur o‘rgangan? *a) F.N.Gonobolin; b) M.G.Davletshin; c) V.A.Krutetskiy; d) B.M.Teplov. 57. O‘qituvchi tomonidan pedagogik muloqot me’yorining buzulishi natijasida o‘quvchida vujudga keluvchi salbiy psixologik holat qanday ataladi? a) yatrogeniya; *b) didaktogeniya; c) abstinensiya; d) demensiya. 58. Pedagogik faoliyatning quyidagi natijalaridan qaysi biri faoliyatning psixologik mahsuli hisoblanadi? a) o‘qitish metodikasining takomillashtirilishi; *b) o‘quvchi shaxsida o‘zini-o‘zi tarbiyalash istagining kuchaytirilishi; c) ochiq ko‘rgazmali dars mashg‘ulotining o‘tkazilishi; d) o‘quvchilarga adolatli baho qo‘yilishi. 59. Sinfda muayyan mavqeni egallash istagi qanday o‘quv motiviga misol bo‘ladi? a) tashqi motiv; b) ichki motiv; c) ijtimoiy motiv; *d) a va c javoblar to‘g‘ri. 60. O‘qish jarayonida harflar shaklini farqlash qanday malakaga misol bo‘ladi? *a) sensor malaka; b) motor malaka; c) intellektual malaka; d) sensomotor malaka. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling