G i m n a s t i k (Shved) n a r v o n – sport zalining o’ng yon taraf devoriga maxsus boltlar yordamida, temir burchakli detallar bilan qotirilgan bo’lib, mashg’ulot jarayonida narvon tagiga gimnastik to’shagi yotqiziladi. Narvonning kengligi 100 sm., qalinligi 16 sm., balandligi 320 sm. bo’ladi. Mashg’ulot jarayonida uning tagida gimnastik to’shamasi yotqiziladi.
G i m n a s t i k a t o’ sh a m a s i – zalning burchak qismida (mashg’ulot jarayoniga halaqit bermaydigan) bo’lishi kerak. Gimnastika to’shamasi bo’yi – 200 sm, eni 125 sm, qalinligi 60-65 mm bo’lib, mashg’ulot jarayonida, ya’ni yerga kelib tushgan joyiga ikki qavat qilib to’shab qo’yish maqsadga muvofiqdir.
G i m n a s t i k a r q o n – sport zalining o’ng tarafi, shift qismidagi moslamaga maxsus yasalgan temir moslamali ilgichlar yordamida, erkin harakatlanib turishini e’tiborga olib, mustahkam o’rnatiladi. Mashg’ulot jarayonida uning tagida gimnastik to’shamasi bo’lishi kerak. Gimnastik arqon - yumshoq va mayin ip tolalaridan mustahkam ishlangan bo’lib, uning balandligi 4-6 metr, qalinligi 34 mm. bo’ladi.
H a l q a l a r - maktab sport zallari shiftiga maxsus ishlangan tirsaklarga, maxsus moslamalar yordamida osiladi. Mashg’ulot jarayonida uning tagida gimnastik to’shamasi bo’lishi kerak. Ularning poldan balandligi 2,5 metr bo’lib halqalar orasidagi masofa esa 0,50 sm. Halqaning ichki aylana diametri 18 sm, ushlagichning aylana diametri 2,8 sm.
G i m n a s t i k a d a s t a k l i o t (kon) - Bo’yi 160 sm. eni 36 sm, dastalari 40-45 sm oraliqda simmetrik o’rnatilgan, dastalarning ot sirtidan balandligi 12 sm, poldan balandligi esa- 120 sm bo’ladi. Otning usti charm yoki sun’iy charm bilan qoplangan bo’ladi. Otning ustiga og’ir, o’tkir uchli bo’lgan jismlar qo’yish hamda maxsus sport oyoq kiyimisiz (cheshka) chiqish va o’tirish, likkilatib o’ynatish man etiladi.
G i m n a s t i k a e sh a g i va o t i (kozyol, kon) – tayanib sakrash uchun uskuna-jihozlar sport zalining uzunasiga, devorga yaqin joylashtirilib, yugurib kelish joyi esa chiqish eshigi tomonda bo’lishi kerak. Sakrab tushish joyida gimnastik to’shama yotqiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |