I kirish II. Asosiy qisim


III. Oʻzbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi


Download 47.68 Kb.
bet3/6
Sana17.02.2023
Hajmi47.68 Kb.
#1207971
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Media muhitida ahloqiy tamoillar

III. Oʻzbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi
Inson manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan demokratik jamiyatni soʻz va axborot erkinligisiz tasavvur etib boʻlmasligini eʼtirof etib, biz — Oʻzbekiston Jurnalistlari mazkur kasb etikasi kodeksini (keyingi oʻrinlarda – Kodeks) qabul qilinganligini xalq so`zi gazetasida e`lon qilinganligini bilalamiz.
Kodeksda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasi, 1948-yil), Jurnalistikada kasb etikasi xalqaro prinsiplari (YUNESKO, 1983-yil), Jurnalistlar odob-ahloqi prinsiplari xalqaro deklaratsiyasi (Xalqaro jurnalistlar federatsiyasining kongressi, 1954-yil) va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunchiligi inobatga olingan holda ishlab chiqildi.
Kodeks jurnalistlar va barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻz kasb majburiyatlarini bajarishda rioya etishi shart boʻlgan maʼnaviy-axloqiy yoʻnalishlarni belgilaydi.
1.JURNALISTNING KASB MAJBURIYATI
Haqqoniylik, xolislik, adolat, fikrlar xilma-xilligi va inson huquqlariga hurmat Oʻzbekiston jurnalistlari faoliyatining asosiy qoidasi hisoblanadi.
Jurnalist oʻzining soʻz va axborot erkinligini taʼminlash yoʻlidagi faoliyati jamiyat oldidagi burchi ekani va uning materiallari jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi kerakligini toʻliq anglaydi.
Jurnalist Oʻzbekistonning amaldagi qonunlari va xalqaro huquq normalariga asoslanib ish olib boradi, media makonda ijtimoiy masʼuliyat muhitini yaratgan holda sohada oʻzini-oʻzi boshqarish tizimini vujudga keltirish va mustahkamlashga munosib hissa qoʻshadi, jurnalist obroʻ-eʼtibori va shaʼnini himoya qiladi.
2. JURNALISTNING IJTIMOIY MASʼULIYATI
Jurnalist jamiyat uchun axborot toʻplashi, tayyorlashi, tarqatishi, shuningdek fuqarolarning oʻz fikrlarini bildirishlari uchun erkin maydon yaratadi.
3. BETARAFLIK VA XOLISLIK
Jurnalist betaraf boʻlishi, voqea-hodisalarni xolisona va haqqoniy yoritishi, muomala madaniyati va ochiqlik tamoyillariga amal qiladi.
Jurnalist oʻz kasb majburiyatlarini bajarishda axborot olishning qonunga zid usullaridan foydalanmasligi (qoʻrqitish, taʼmagirlik, tovlamachilik, igʻvogarlik, mukofot vaʼda qilish yoki odob-axloq normalariga zid boshqa usullardan foydalanish), shuningdek oʻz xizmat vakolatlaridan shaxsiy maqsadlari yoʻlida foydalanmaydi.
Jurnalist har qanday sharoitda ham yolgʻon axborot eʼlon qilmasligi, dalillarni buzib koʻrsatmasligi va ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni ataylab yashirmaydi.

Download 47.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling