I. Kirish II asosiy qism


Yorug‘lik intensivligi (yorug‘lik)


Download 130.95 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi130.95 Kb.
#1525628
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bahorgi piyoz va chuchuk qalampir

Yorug‘lik intensivligi (yorug‘lik)
Piyoz o‘simliklari yuqori yorug‘lik intensivligidan juda samarali foydalanadi, bu esa yuqori harorat bilan birgalikda bosh piyoz massasining ko‘payishiga yordam beradi.
Pastroq haroratda yuqori yorug‘lik intensivligi barglarning (patlar) vegetativ massasini ko‘payishiga olib keladi.
Eksperimental ma’lumotlarga ko‘ra, piyoz o‘simliklari uchun optimal yorug‘lik intensivligi taxminan 25000 luks.


Yoritishning davomiyligi (yorug‘lik ta’sirida)
Yorug‘likka ta’sir qilishning bu omili bosh piyozlarni hosil qilish uchun asosdir.
Yorug‘lik soatining davomiyligi piyoz hosil yig‘ish vaqtigacha va kerakli hajmgacha hosil bo‘lishiga olib keladi.
Kunning davomiyligi (o‘simliklar nurga ta’sir qiladigan vaqt) pishib etish jarayonini boshlash uchun signal bo‘lib xizmat qiladi.
Piyoz (Allium cepa) haqiqiy kunlik hosil bo‘lishiga qaramay, amaliy sabablarga ko‘ra bu o‘simlik turini uch guruhga bo‘lish mumkin.
Bosh piyoz hosil bo‘lishini boshlash uchun uzoq kunlik kamonlarga 16 soat kunduzi kerak bo‘ladi.
Qoida tariqasida, bu piyoz turi uzoqroq rivojlanish tsikli, keyinchalik pishib etishishi va pastki kengliklarda kichik bosh piyozlarning shakllanishi bilan tavsiflanadi (umumiy yorug‘lik etarli emasligi sababli). Ushbu turdagi yoylar nam va yumshoq iqlimi bilan yuqori kenglik sharoitlariga yaxshi moslashgan.
Uzoq kun davomida piyoz kamroq nur talab qiladi - bosh piyozlarni hosil qilish uchun taxminan 14-15 soat kunduzi.
2.2. Chuchuk qalampir xususiyatlari
Qalampirning vatani Janubiy Amerikaning Meksika va Gvatemala mamlakatlari hisoblanadi. SHu yerdan u Yevropaga, Afrika va Janubiy Osiyoga tarqalgan. Hozirgi vaqtda dunyo bo’yicha eng ommabop va talabgir sabzavot ekinlaridan bo’lgan qalampir yetishtirilayotgan maydonlar 2-2,3 mln gektarni tashkil etib, o’rtacha hosildorlik gektaridan 18,1 tonnani, yalpi hosil 33,4 mln tonnani tashkil etadi. Bir necha yillardan buyon Xitoy (17,4 mln t), Meksika (2,3 mln t), Turkiya (2,2 mln t), Indoneziya (1,8 mln t) davlatlari qalampir yetishtirish bo’yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. SHirin qalampir mevasi vitaminlar, mineral tuzlar va quruq moddaga boy. Uning mevasi askorbin kislota (vitamin S) hosil qilishi jihatidan barcha sabzavotlardan ustun turadi. Mevasi texnik yetilgan davrda 100 g hosil massasi tarkibida 54-118 mg%, to’liq biologik yetilganda esa 368-535 mg% gacha askorbin kislotasi bo’ladi. S vitaminidan tashqari A (karotin) 4,60 mg, V1 (tiamin) – 0,06 mg, V2 (riboflavin) – 0,01 mg vitaminlari ham mavjud. Ushbu ekin mevasi tarkibida 85,5-91,0% suv, 14,4% quruq modda, 1,3-1,5% oqsil, 5,4-5,7% uglevodlar, 1,4-1,8 % kletchatka singari moddalar mavjud. SHirin qalampir mevasi turli ko’rinishdagi minerallarga ham juda boy bo’lib, uning 100 mg ho’l mevasi tarkibida kul elementlarining miqdori 0,7%, natriy 19%, kaliy 163%, kaltsiy 8%, magniy 11%, fosfor 16% ni tashkil etadi. SHirin qalampirda 0,01-0,15% kapsaitsin alkaloidi bo’lib, unga 10 100 kitob to’plami o’tkir ta’m, maza bag’ishlaydi. SHuningdek, tiamin ham mevada ko’p miqdorda uchraydi. Polivitamin mahsulot sifatida tsinga, kamqonlik, kamquvvatlilik, gipo- va avitaminozda yaxshi samara beradi. Tarkibidagi S vitamini va karotin organizmni yuqumli kasalliklarga himoya reaktsiyasini kuchaytiradi, oshqozon-ichak traktidagi noxushliklarni bartaraf etadi. Qalampir qon aylanishdagi buzilishlarni bartaraf etadigan tabiiy dori vositasi – u qon quyulishining oldini oladi, kapillyarlarni mustahkamlaydi.
Qalampir tomatdoshlar (Solanaceae) oilasiga mansub bo’lib, madaniy holda Sapsicum annuum L. turi ekiladi. Poyasi o’tsimon, tik o’sadi, bo’yi 25-30 sm dan 80 sm gacha, shoxlanuvchan bo’ladi. Barglari bandli, usti silliq yoki tukli, uzunchoq shaklda. Barglari yirik va enli. Gullari ikki jinsli, mayda oq, sariq yoki och binafsha rangda bo’lib, 9 ta tojbargi bor. Ekilgandan 80-90 kun o’tgach, iyunь-iyulь oyida gullaydi va gullash kuzgi sovuq tushguncha davom etadi. Qalampirlar fakulьtativ, o’zidan changlanuvchi o’simlik. CHunki shirin qalampirda 15% gacha mevalar chetdan changlanish evaziga hosil bo’lishi mumkin. CHetdan changlanishda hasharotlar (chumolilar, tripslar va qisman asalarilar) changlatuvchi bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, achchiq va shirinshirin qalampirlar bir-biridan uzoq ekilishi shart.
Ildizi SHirin qalampir ildizi o’simlikning jami vaznining taxminan 20% ini tashkil qiladi. Ildizi o’q ildiz, ko’chatini ko’chirib o’tqazish hisobiga yon ildizlar hosil qiladi va ular asosan tuproqning 5-40 sm chuqurligiga tarqaladi, ildizlari yengil va ozuqa moddalariga boy tuproqlar-12 100 kitob to’plami da 60-80 sm chuqurga kirib bora oladi, suv yetishmovchiligi mavjud maydonlarda ildizlar 1,2-1,3 m ga chuqurlashishi mumkin, og’ir tuproqlarda ildizlarning o’sishini 35-50 sm chuqurlikda cheklaydi, lekin asosiy hajm tuproq yuzasidan 15-30 sm darajasida bo’lib qoladi. SHirin qalampir ildizi shikastlansa, uni qayta tiklanish xususiyati juda sust bo’ladi. Masalan, pikirovka qilingan nihollar pikirovka qilingunicha mavjud bo’lgan ildizini birinchi hosil berish davrigacha tiklaydi. Ildizining tiklanish tezligi o’simlik yoshi kattalashgan sari susayadi. Qalampir yetishtirilayotganida uning bu xususiyatini hisobga olish kerak. Nihollar ildizlarini.
Qalampir guli rangi oq, 5-7 gultojibargli, ikki jinsli bo’lib, barg qo’ltig’i va poyaning yon shoxchalari paydo bo’lgan yerlarida hosil bo’ladi. G’uncha hosil bo’lganidan 18-22 kundan so’ng gullaydi. Gullari tungi davrda yopiladi. CHanglanmagan gullari, ertasi kuni ham ochiladi. Bir o’simlikda bir davrda 7-10 dona gul ochilishi mumkin. O’simlikning qiyg’os gullashiga havoning yuqori harorati va tuproqning namligi ijobiy ta’sir etadi. Yangi ochilgan gullari changi yaxshi changlanish xususiyatiga ega bo’ladi. Gul ochilganidan 2 kun mobaynida og’izchasi changlanish xususiyatini, changlari esa 3 kun mobaynida hayotchanligini saqlaydi.
Poyasi
SHirin qalampir bizning mamlakatimizda bir yillik, o’z vatanida ko’p yillik o’simlik. O’simlikning balandligi navi va yetishtirish texnologiyasiga ko’ra 30-125 sm ni tashkil etadi. Barglari – tekis, usti silliq, shakli tuxumsimon, uchi o’tkir, rangi yashil va to’q yashil. Ildizi o’q ildiz, ko’chatini ko’chirib o’tqizish hisobiga yon ildizlar hosil qiladi va ular asosan tuproqning 5-40 sm chuqurligiga tarqaladi. Ildiz va yer ustki qismlari massasi o’sish davri mobaynida muntazam ravishda ko’payib boradi, ammo rivojlanish davrining ayrim bosqichlarida kamayishi mumkin. O’simlikda beshinchi juft barglar hosil bo’lgunicha, ular juda sekin o’sadi. Poyasining shoxlanishiga qarab 3 xil shaklga ajratiladi: shtambsimonlar – poya yuqori qismidan shoxlaydi; yarim shtambsimonlar – poyaning pastki qismidan 2-3 ta novda hosil qiladi; ko’p novdalaydigan – poyaning eng pastki qismidan juda ko’plab novdalar hosil qiladi. O’zbekistonda yetishtirilayotgan navlar shtambsimonlar guruhiga kiradi.
Urug’i SHirin qalampir mevasida bir necha o’n donadan 500 donagacha urug’ bo’ladi. Urug’i ham dumaloq, rangi och sariq bo’lib, 1 g da 110-200 dona urug’ bo’ladi. Urug’lari o’zining unish xususiyatini uch yilgacha saqlaydi.
SHirin qalampirning biologik xususiyatlari
O’zbekiston sharoitida ochiq yerda shirin qalampir bir yillik o’simlik bo’lib, u juda issiqsevar hisoblanadi. O’sish davrida maysalar yoppasiga paydo bo’lgandan to hosil berishi davomiyligi (agar sovuq urmasa) 180 kungacha boradi. Harorat +25+28°S bo’lganda o’simlik jadal o’sadi, hapopat +18+20°S da o’sish jarayoni pasaymaydi, ammo generativ organlari rivojlanishi sekinlashadi. Hapopat +11+13°S bo’lganda o’simliklar o’sishdan to’xtaydi va -0,5-1°S sovuqda nobud bo’ladi. Past haroratda shirin qalampirdagi xlorofill parchalanishi hisobiga barglari sarg’ayadi. Havo va tuproq namligi yetishmasa va harorat +30°S dan yuqori va +15°S dan past bo’lsa o’simlikning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada ko’p gullari va mayda tuganaklari to’kilib ketadi. O’rtacha sutkalik harorat +15°S dan pasayganda o’simlik hosil berishdan to’xtaydi. SHirin kalampir urug’lari juda sekin o’sadi va u ekilgandan 10-12 kundan keyin tuproq harorati 13-14°S bo’lganda unib chiqadi. Qalampir yorug’sevar, qisqa kun o’simligi. Ko’chat zich ekilganda yorug’likning yetishmasligi kam meva tugishiga va hosildorlikniig keskin pasayib ketishiga sabab bo’ladi. SHirin qalampir yengil, qumoq, strukturali organik va mineral moddalarga boy tuproqlarda yaxshi o’sib, rivojlanadi. Unga kam kislotali tuproqlar 5,4-6,8 pH ko’rsatkichi maqbul hisoblanadi. Ushbu ekin tuproqdan ko’p miqdori oziqa moddalarni oladi. Hosildorlik gektariga 10 t bo’lganda shirin qalampir tuproqdan 35 kg azot, 10 kg fosfor va 45 kg kaliyni oladi. 16 100 kitob to’plami Tuproqdagi oziqa moddalardan foydalanish koeffitsienti qalampir uchun 25% azot, 10% fosfor va kaliyniki 29% ga teng. O’g’itlardagi oziqa moddalardan foydalanish koeffitsienti: azot – 55%, fosfor – 18% va kaliy – 65% teng. Mevalarni shakllantirguncha o’rtacha sutkalik suv sarfi shirin qalampir uchun 40-55 m3, yoppasiga meva tugayotganda 60-65 m3 va mevalashning oxirida 40-45 m3 ga ni tashkilqiladi. O’sish davrida 0-50 sm tuproq qatlamidagi sug’orishdan oldingi tuproq namligi to’yingan dala nam sig’imiga nisbatan 80% bo’lganda u maqbul hisoblanadi. Ko’chat o’sayotgan davrida va meva tuga boshlagunga qadar havodagi nisbiy namlik shirin qalampir uchun 70% va meva tugayotganda 60-65% bo’lishi kerak.
Erni ekishga tayyorlash SHirin qalampir ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanib, hosildan bo’shagan maydondagi yirik o’simliklar qoldiqlarini New Holland T7060 (213 o.k.), New Holland T6070 (140 o.k), MTZ-80,1, TTZ-80.10 rusumli traktoriga osilgan SI-1,8 bilan maydalab sochish, so’ng traktorga ROU-6 rusumli mahalliy o’g’it sochg’ich yordamida go’ng sochib chiqiladi. Berilishi lozim bo’lgan madaniy o’g’itlar SHirin qalampir yetishtirish miqdorini bir qismi traktorga osilgan RMU-0,75 moslamada sochib chiqilib, keyin maydon 28-35 sm chuqurlikda haydaladi. Ekishga tayyorlashning keyingi tadbirlari ekishdan oldin bajarilib, maydonlar 14-16 sm chuqurlikda chizellabchiqiladi va mola bosiladi. Molalashdan keyin traktorga kulьtivatorlar bilan nishabli maydonlarga 70 sm qator oralig’ida, tekis yer osti suvi yaqin bo’lgan maydonlarga esa 90 sm qator oralig’ida ekish egatlari tortib chiqiladi.
Nav tanlash O’zbekiston sharoitida shirin qalampirdan yuqori sifatli hosil olish uchun nav va duragaylarni to’g’ri tanlash mo’l hosil yetishtirish garovidir. O’zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jaligi ekinlari Davlat reestriga shirin qalampirni mahalliy 8 ta navi kiritilgan, quyida ushbu navlarning tasnifi keltirilgan.
Ochiq maydonga ekishga tavsiya etilgan navlar Nargiza. Ertapishar nav, texnik pishguniga qadar o’sish davri 110-120 kun. Tupi shtambli, o’rta bo’yli 45-55 sm, ixcham, ya’ni novdalari yon tomonga yotib qolmaydi, barg bilan yaxshi qoplanadi. Meva vazni: texnik yetilganda- 50-60 g, biologik yetilganda 85-100 g. Eti qalinligi: texnik yetilganda 4,0-4,5 mm, biologik yetilganda 5,0-5,5 mm Meva rangi: texnik yetilganda och limon rang, biologik yetilganda tiniq qizil rang. Hosildorligi 50-60 t/ga Sabo Ertapishar nav, texnik pishguniga qadar o’sish davri 110-120 kun. Tupi shtambli, o’rta bo’yli 45-50 sm, ixcham, ya’ni novdalari yon tomonga yotib qolmaydi. Meva vazni: texnik yetilganda 55-60 g, biologik yetilganda 75-90 g. Meva rangi: texnik yetilganda och sarg’ish rang, biologic etilganda to’q limon rang. Hosildorligi 50-60 t/ga
Zarya Vostoka. O’rtaertapishar nav, texnik pishguniga qadar o’sish davri 116-120 kun. Tupi ixcham, past bo’yli 44-52 sm Mevasi konussimon, yuzasi tekis, kam seziluvchan qabariqli, vazni 64-70 g, texnik yetilganda qaymoq rang, biologik yetilganda qizil, eti sersuv, qalinligi 5,0 mm, degustatsion bahosi 5,0 ball. Hosildorligi 25-30 t/ga. Ro’zg’orda ishlatishga va qayta ishlashga yaroqli, issiqqa chidamli.
Dar Tashkenta. O’rtapishar nav, o’sish davri: texnik pishguncha 120-125 kun, biologik pishgunicha 140-145 kun. Tupi shtambli, serbarg. Mevasi konussimon, o’rtacha vazni 110-115 g, texnik 19 SHirin qalampir yetishtirish etilganda sarg’ish, biologik yetilganda qizil, yuzasi notekis, bir oz qabariqli, ayrim joylari botgan, eti sersuv, degustatsion bahosi 4,5 ball. Hosildorligi 40-45 t/ga. Turli maqsadlarda ishlatishga yaroqli, issiqqa chidamli.
Tong. O’rtapishar nav, texnik pishguniga qadar o’sish davri 128 kun. Tupi yig’iq, o’rtacha hajmda, uzunligi 50 sm, bargi o’rtacha, to’q yashil. Mevasi piramidasimon, o’rtacha, yuzasi silliq, bir oz qabariqli, ayrim joylari botgan, texnik pishganda och yashil, biologik pishganda och qizil, uzunligi 6,5 sm, eni 4,3 sm, vazni 45 g, shirin, degustatsion bahosi 4,7 ball. Hosildorligi 25 t/ga.
Zumrad. Kechpishar nav, o’sish davri 130 kun. Tupi shtambli, ixcham, serbarg. Mevasi prizmasimon, bir oz pigmentlashgan, yirik, vazni 150 g, yuzasi tekis, o’yiqli, indeksi 1,2, texnik yetilganda to’q yashil, biologik yetilganda qizil, eti qalinligi 6,5-8,5 mm, degustatsion bahosi 4,5 ball. Hosildorligi 35-40 t/ga. Qayta ishlash uchun yaroqli, issiqqa chidamli.
SHodlik. Ertapishar nav, texnik pishguniga qadar o’sish davri 100-110 kun. Tupi shtambli, o’rta bo’yli 50-55 sm, ixcham. Mevalari o’rtacha kattalikda, konussimon shaklda, rangi to’q qizil, eti qalin, meva yuzi silliq, vazni texnik yetilganda 50-55 g, biologik yetilganda 65-70 g. Hosildorligi 29-30 t/ga. Marjona. Erta-o’rtapishar nav, o’rta bo’yli 42-45 sm, , texnik pishguniga qadar o’sish davri 100-105 kun. Mevalari pastga qaragan, prizmasimon shaklda, o’rtacha kattalikda, rangi to’q qizil, eti o’rtacha qalinlikda, meva yuzi silliq, vazni texnik yetilganda 60-70 g, biologik yetilganda 75-85 g. Hosildorligi 34,8 t/ga. Meva tarkibida quruq modda 8,6%. Qand, 4,2%, vitamin S 125,2 mg% Degustatsion bahosi, 4,5 ball.
Issiqxonada ekishga tavsiya etilgan navlar
Flamingo F 1. Frantsiya davlatining «Kloz» urug’chilik kompaniyasining duragayi. Ertapishar. Venger tipidagi shirin qalampir. Tupi yirik, o’rtacha kattalikda, uzunligi 8x12 sm, bargi o’rtacha kattalikda, rangi och yashil, pishganda rangi qizil. Meva vazni 145 g, 21 SHirin qalampir yetishtirish ta’mi 5,0 ball. Hosildor, mevasi yangiligicha iste’mol qilishga va qayta ishlashga mo’ljallangan, kasalliklarga chidamli, a’lo darajada ta’mga ega, transportda tashishga qulay va fermer xo’jaliklarida ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o’rtacha 18,5 t/ga ni tashkil etadi.
Djemini F 1. Gollandiya davlatining «Nunems» firmasining duragayi O’rtapishar. Tupi yirik, o’rtacha kattalikda, uzunligi 45-50 sm, bargi o’rtacha kattalikda. Meva shakli uzunchoq, o’rtacha kattalikda, texnik pishganda rangi yashildan to’q sariq rangga o’tib pishadi. Meva yuzasi silliq. Uzunligi o’rtacha 7-8- 9-10 sm, qalinligi 6,8 sm Meva vazni 250 g, ta’mi 4,5 ball. Meva tarkibida vitamin S 86,2%, nitratlar 120 mg/kg, quruq modda 6,8%, qand miqdori 2,6%. Yangiligicha iste’mol qilishga mo’ljallangan, kasalliklarga chidamli, transportda tashishga qulay va fermer xo’jaliklarida ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o’rtacha 45,0 t/ga ni tashkil etgan.
Reyna F 1. Gollandiya davlatining «Nunems» firmasining duragayi. Ertapishar. Tupi yirik, o’rtacha kattalikda, uzunligi 45-50 sm, bargi o’rtacha kattalikda. Meva shakli kubiksimon-cho’ziq, 3-4 ta kamerali, o’rtacha kattalikda, rangi to’q qizil, eti qalin. Meva yuzasi silliq. Uzunligi o’rtacha 7-8-9-10 sm, qalinligi 6,8 sm, vazni 200 g, ta’mi 4,5 ball. O’sish davri 79 kun. Meva tarkibida vitamin S 18,3%, nitratlar /110 mg/kg, quruq modda 6,0%, qand miqdori 3,1%. Yuqori hosildor, yangiligicha iste’mol qilishga va qayta ishlashga mo’ljallangan, kasalliklarga chidamli, transportda tashishga qulay. Ushbu duragay ochiq dalada hamda issiqxonalarda ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o’rtacha 52.0 t/ga ni tashkil etadi. kasalliklarga chidamli, transportda tashishga qulay. Ushbu duragay ochiq dalada hamda issiqxonalarda ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o’rtacha 52.0 t/ga ni tashkil etadi. Derbi F1. Gollandiya davlatining «De Reyter Side» firmasining duragayi. O’rtapishar. Mevalari o’ziga xos qaymoq rangga ega, pishganda rangi qizil, kubiksimon shaklda, eti qalin. Meva yuzasi silliq. Meva vazni 157 g, ta’mi 5 ball. O’sish davri 97 kun. Yangiligicha iste’mol qilishga va qayta ishlashga mo’ljallangan, kasalliklarga chidamli. Ushbu duragay ochiq dalada hamda issiqxonalarda ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o’rtacha 29,8 t/ga ni tashkil etadi. CHelsi F 1. Gollandiya davlatining «De Reyter Side» firmasining duragayi. O’rtapishar. Mevalari pishganda rangi qizil, kubiksimon shaklda, eti qalin. Meva yuzasi silliq. Meva vazni 146 gr, ta’mi 5 ball. O’sish davri 104 kun. Yangiligicha iste’mol qilishga va qayta ishlashga mo’ljallangan, kasalliklarga chidamli. Ushbu duragay ochiq dalada hamda issiqxonalarda ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o’rtacha 31.8 t/ga ni tashkil etadi. Gerkules F1. Frantsiya davlatining «Kloz» urug’chilik kompaniyasining duragayi. Kechpishar. Mevalari yirik, kubiksimon, rangi qizil, eti qalin. Meva yuzasi silliq. Meva vazni 114 g, ta’mi 4,7 ball. O’sish davri 112 kun. Yangiligicha iste’mol qilishga va qayta ishlashga mo’ljallangan, kasalliklarga chidamli. Hosildorligi o’rtacha 48,2 t/ga ni tashkil etadi. Djipsi F1. Ertapishar. Mevalari yirik, tsilindrsimon shaklda, yetilgandan keyin och sariq rangdan qizil rangga o’tadi, eti qalin. Meva yuzasi silliq. Meva vazni 120 g, ta’mi 4,4 ball. O’sish davri 82 kun. Meva tarkibi, vitamin S 141,6%, nitratlar 100 mg/kg, quruq modda 9,8%, qand 24 100 kitob to’plami miqdori 5,2%. Qayta ishlash va yangiligicha iste’mol qilishga mo’ljallangan, kasalliklarga chidamli. Ushbu duragay ochiq dalada va issiqxonalarda va issiqxonalarda ekishga tavsiya etiladi. Hosildorligi o’rtacha 45,0 t/ga ni tashkil etgan.
Ko’chat yetishtirish SHirin qalampir urug’ini ekishning maqbul muddati fevralning ikkinchi-uchinchi o’n kunligi, isitiladigan shaffof plyonkali issiqxonalarga urug’lar 1 m2 maydonga 6-7 g hisobidan ivitilgan holda ekiladi va ustiga 2-3 sm qalinlikda chirigan go’ng sepiladi. Bunda tuproq harorati +14+16°S dan, havo harorati esa +28+30 °S dan past bo’lmasligi lozim. Tuproq namligi 80-85% bo’lishi kerak. Ko’chatlarni olib o’tkazmasdan joyida yetishtirish mumkin. Buning uchun issiqxonalarni shamollatib turish va ko’chatlarni chiniqtirish kerak. Ekish muddatlari va ekish sxemasi SHirin qalampir va baqlajon ko’chatlarini janubiy viloyatlarda martning uchinchi o’n kunligi, markaziy viloyatlarda aprelning ikkinchi-uchinchi o’n kunligida va shimoliy viloyatlarda aprelning uchinchi va mayning birinchi o’n kunligida ekish tavsiya etiladi. Ko’chatlarni 70x30 sm yoki 70x40 sm sxemada, yer osti suvlar yaqin bo’lgan yerlarda 90x25 sm sxemada ekiladi. Yerni ekishdan oldin tayyorlash, ekish va parvarishlash jarayonlari pomidor
SHirin qalampir sernam va og’ir tuproqlarda yaxshi rivojlanmaydi. SHuning uchun yalpi mevasi tuga boshlaganda qator oralatib iloji boricha chuqur ariqlar olib sug’orish zarur. Ildiz bo’g’zi namlanib ketmasligi kerak, aks holda o’simlik ildizi chirish bilan kasallanadi. O’sish davri mobaynida tuproq namligi 75-80% bo’lishini ta’minlash uchun sug’orishni har 6-10 kunda olib borish kerak. Hosilni har 6-8 kunda terish mumkin.
O’g’itlash O’tloqi va o’tloqi–botqoq tuproqlarda gektariga N 160 P120 K80 kg solinishi tavsiya etiladi. Azot ammiak selitra yoki sulьfat ammoniy, fosfor esa ammofos, kaliy esa kaliy xlor ko’rinishida berilishi kerak. Mineral o’g’itlar quyidagicha holatda solinadi: ammiak selitrasi – gektariga 470 kg, ammofos – 261 kg, kaliy xlor – 160 kg. Agar azot sulьfat ammoniy ko’rinishda berilsa, u holda bu o’g’itning miqdori gektariga 760 kg bo’ladi. O’g’itlar quyidagi muddatlarda beriladi: Haydovdan oldin: ammofos – gektariga 196 kg, kaliy xlor – 120 kg. Birinchi oziqlantirishda – ko’chatlar o’zini tutib olganidan so’ng ular tez o’sa boshlagan davrda: ammofos – gektariga 64,8 kg, kaliy xlor – 40 kg, ammiak selitrasi – 235 kg yoki sulьfat ammoniy – gektariga 380 kg beriladi. Ikkinchi oziqlantirishda o’simlikning yalpi gullash va meva tugishining boshlanish davrida: ammiak selitrasi gektariga – 235 kg yoki sulьfat ammoniy – 380 kg berish kerak. Ekologik toza mahsulot olish va azot o’g’itlarini 50% ga kamaytirish uchun ko’k massa beradigan ekinlar (siderat) qo’llash mumkin. SHuningdek, organik o’g’it turlaridan biogumus – gektariga 8 tonna, vermigum – 8 tonna, organik mikrobiologik o’g’it – 20 kg, bioazot – 2 l qo’llash samarali hisoblanadi. Biogumus, vermigum va organik mikrobiologiko’g’itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o’g’itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug’orish suvi bilan berish mumkin.
SHo’rxok tuproqlar. Turli darajada sho’rlangan sho’rxok tuproqlarda tuproqni yuvish ishlari olib borilgandan so’ng gektariga 25-30 tonna go’ng va P180 K120 o’g’itlarini 75% solinib haydaladi. SHo’rlanganlik holatiga, tipi va darajasiga qarab tuproqlarga solinadigan mineral o’g’itlarning tukdagi miqdorlariga aniqliklar kiritiladi.
CHunonchi, sulьfatli sho’rlangan tuproqlarga azotli o’g’itni – ammiak selitrasi, fosfor o’g’iti – ammofos, kaliy o’g’iti kaliy xlor ko’rinishida berish tavsiya etiladi. Xlorli – sho’rlangan tuproqlarda – azotli o’g’itlar sulьfat ammoniy yoki ammiak selitra, fosforli o’g’it – ammofos yoki murakkab fosfor o’g’iti ko’rinishida, kaliy o’g’iti – kaliy nitrat tuzlarini berish tavsiya etiladi.
O’g’itlarni quyidagi muddatda solish tavsiya etiladi. Haydovdan oldin gektariga 25-30 tonna go’ng, fosforning 75% i, kaliyning 75% i beriladi. Birinchi oziqlantirishda ko’chatlar o’zini tutib olgandan so’ng va tez o’sa boshlagan davrda azotning 50% i, fosforning 25% i, kaliyning 25% i beriladi. Ikkinchi oziqlantirishda o’simlikning yalpi gullashi va meva tugishining boshlanish davrida qolgan azotning 50% i beriladi: Azotli o’g’itlar qo’llanishini 50% ga kamaytirish maqsadida sho’rlangan tuproqlarda yaxshi o’sadigan, ko’k massa beradigan ekinlar (siderat) ekish, gektariga 12 t biogumus, gektariga 12 tonna vermigum, gektariga 30 kg organic mikrobiologik o’g’it, gektariga 2,5 l bioazot ishlatish
mumkin. Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o’g’itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineralo’g’itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug’orish suvi bilan berish mumkin.
Bo’z tuproqlar. SHirin qalampir yetishtirishda sug’oriladigan bo’z tuproqlarga gektariga 20 tonna go’ng berilganda tuproqqa N200P150 K100 mineral o’g’itlar solinishi tavsiya etiladi. Bunda azotni ammiak selitrasi yoki sulьfat ammoniy ko’rinishida, fosforni ammofos yoki murakkab fosfor o’g’iti ko’rinishida, kaliyni kaliy xlor ko’rinishida berish tavsiya etiladi. Ushbu mineral o’g’itlar tukda quyidagicha solinadi: ammiak selitrasi gektariga – 588 kg, ammofos – 326 kg, kaliy xlor – 200 kg. Agar azot sulьfat ammoniy ko’rinishida berilsa, u holda mazkur o’g’it miqdori gektariga 950 kg bo’lishi kerak. O’g’itlarquyidagi muddatlarda berilishi lozim. Haydovdan oldin
gektariga 20 tonna go’ng, 245 kg ammofos va 150 kg kaliy xlor solinadi. Birinchi oziqlantirishda o’simlik ko’chatlari o’zini tutib olgandan so’ng va tez o’sa boshlagan davrda gektariga: ammofos – 81 kg, kaliy xlor – 50 kg, ammiak selitrasi – 294 kg solinadi. Ikkinchi oziqlantirishda o’simlikning yalpi gullash va meva tugishining boshlanish davrida gektariga: ammiak selitrasi – 294 kg yoki sulьfat ammoniy – 475 kg beriladi. Azotli o’g’itlar qo’llashni 50% ga kamaytirish maqsadida ko’k massa beradigan ekinlarni (siderat) qo’llash mumkin. SHuningdek, organik o’g’it turlaridan gektariga: biogumus – 10 tonna, vermigum – 10 tonna, organik mikrobiologik o’g’it – 25 kg va bioazotni – 2 l berish samarali hisoblanadi. Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o’g’itlarnibirinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o’g’itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug’orish suvi bilan berish mumkin.
Taqirsimon tuproqlar. Taqirsimon tuproqlarda gumus miqdori past bo’lganligi bois sho’r yuvish ishlari o’tkazilganidan so’ng ularni madaniylashtirish lozim. Bunday tuproqlar organik o’g’itlarga muxtoj. SHu munosabat bilan sho’r yuvilganidan so’ng shirin qalampir o’stirish uchun mazkur tuproqlar gektariga – 40 tonna go’ng va N220P165 K110 solish tavsiya etiladi. O’g’itlarni quyidagi muddatlarda solish tavsiya etiladi. Haydovdan oldin gektariga 25-30 tonna go’ng, fosforning 75% i, kaliyning 75% i beriladi. Birinchi oziqlantirishda ko’chatlar o’zini tutib olgandan so’ng va tez o’sa boshlagan davrda azotning 50% i, fosforni 25% i, kaliyning 25% i beriladi. Ikkinchi oziqlantirishda o’simlikning yalpi gullash va meva tugishining boshlanish davrida azotning qolgan 50% I beriladi.
Azotli o’g’itlar qo’llanishini 50% ga kamaytirish maqsadida sho’rlangan tuproqlarda yaxshi o’sadigan ko’k massa beradigan ekinlar (siderat) ekish, gektariga: 12 tonna biogumus, 12 tonna vermigum, 30 kg organik mikrobiologik o’g’it yoki 2,5 l bioazot ishlatish mumkin.
Sug’orish SHirin qalampir o’simligi qisqa vaqt ichida o’sib, ko’p meva tugadi. Ildiz tizimi zaif rivojlangan bo’lib, 30 sm chuqurlikkacha kira oladi. SHuning uchun namga o’ta talabchan. Tuproqda nam yetishmasa guli to’kiladi. Ayniqsa meva tugish davrida namga bo’lgan extiyoji oshadi. Meva tugish davrigacha mo’’tadil namlik ildiz tizimining chuqur taralishiga yordam beradi. Biroq ildiz tizimi va poyasining umumiy rivojlanish sur’ati pasayadi. Tuproqda namning yetarli bo’lmasligi barg poyalari rivojlanishiga, meva tugishi to’xtab qolishiga va mevasining maydalashib, hosilning kamayishiga sabab bo’ladi. Mevalar yoppasiga yetila boshlagan davrida ekinning suvga talabchanligi yanada oshadi, bu paytda tuproq namligi (70-80%) yuqori bo’lishi zarur. Issiq va quruq iqlim sharoitimizda ekiladigan shirin qalampir tuproqni tez-tez namiqtirilishini talab qiladi. Bunda o’simlikning rivoji tezlashadi, gullar to’kilishi kamayadi, mevalari yirik bo’lib, hosildorlik oshadi. Sug’orishlar orasidagi davr yer osti suvlarining joylashishchuqurligiga, tuproqning mexanik tarkibi, iqlim sharoiti, etishtirish usuli, rivojlanishi va boshqa omillarga bog’liq.
SHirin qalampir yer osti suvlari chuqur joylashgan bo’z tuproqli yerlarga ekilganda gektariga 500-600 m3 hisobidan 18-20 marta sug’oriladi. O’tloqi va o’tloqi-botqoq yerlarga
ekilganda 12-15 marta sug’oriladi. Bunday tuproqlarda suv miqdori bir oz oshirilib, gektariga 600-800 m3 ni tashkil qiladi. Ko’chat o’tkazilganidan so’ng tutib ketishi uchun suv beriladi. Keyin o’sish davrida sug’orish boshlanadi. Parvarishlash davrida sug’orish bir tekis o’tkaziladi. Qalampir mevasi yetila boshlashiga qadar yer osti suvlari chuqur joylashgan yerlarda 10-12 kunda, yoppasiga meva tugib yetila boshlaganda esa har 6-7 kunda sug’oriladi. Parvarishlash oxirida, salqin kuz kunlariboshlanganda sug’orishlar soni kamaytiriladi.
Parvarishlash O’simliklarga birinchi ishlov berish ko’chatlar o’zini tutib olgach, ya’ni ekilgach 10-12 kundan keyin boshlanadi. Bunda egat ichi, pushta va qatordagi ko’chatlar orasining tuprog’i yumshatiladi. Birinchi parvarishlashdan 12-15 kun o’tgach, ikkinchi suv beriladi. Tuproq yetilgach, ikkinchi ishlovga, kulьtivatsiyalashga kirishiladi. Kulьtivatsiyadan so’ng chopiq qilinadi. Bunda yer begona o’tlardan tozalanadi, yumshatiladi, tuproq shirin qalampir ko’chatining atrofiga bosiladi. Bu ishlarni mexanizatsiya yordamida o’tkazish uchun o’g’itlash paytida ariq ochgich yerga chuqur solinadi. SHirin qalampir o’simligi yaxshi rivojlanib, mo’l hosil berishi uchun Shirin qalampir kasalliklari
SHirin qalampir ekinlarida kasalliklarni asosan zamburug’lar, bakteriyalar va viruslar qo’zg’atadi. Qalampir ekinlariga asosan qora ildiz chirish, fuzarioz, fitoftoroz kladosporioz, kulrang va oq chirish, qora bakterial dog’lanish va tamaki mozaikasi kasalliklari zarar yetkazadi. Qora ildiz chirishi kasalligi. Bu kasallik pomidor ekinlaridagi singari shirin qalampir poyasining pastki qismini zararlaydi. Kasallangan joyi qorayadi, chiriydi va qurib qoladi. Ko’chat qalin bo’lganda, sovuq iqlim va zaxlatib sug’orish ushbu kasallikning rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Fuzarioz kasalligi. SHirin qalampirning pastki barglari, ko’pincha bir tomonidan sarg’ayishi va o’simliklar so’lg’in bo’lib qolishi kuzatiladi. So’lgan barglar quriydi, biroq tushmasdan, novdalarda osilib qoladi. Novdalar ham o’simlikning bir tomonida so’lishi mumkin, keyinchalik butun o’simlik so’liydi.
Ildiz qismida qora dog’lar rivojlanadi. Zararlangan o’simliklar so’lishdan oldin zaiflashadi va bo’yi juda past bo’lib qoladi, zararlangan qalampir o’simliklarining ildiz bo’g’zida pushti mog’or ko’rinishi mumkin. Kurash choralari. Agrotexnik: almashlab ekish, qator oralariga sifatli ishlov berish, ko’llatib sug’ormaslik. Biologik kurash sifatida Trixodermin preparatini 1 g/kg urug’ga qo’llash yaxshi natija beradi. Profilaktik: urug’larini ekishdan 25-30 kun oldin 2,5% Maksim – 0,4 l/t, 31,2% Seles Top – 0,4-0,6 l/t, 50% Fundozol – 2,0 kg/t bilan dorilab ekish. Kimyoviy kurash choralari: o’simliklarni rivojlanish davrida 20% Kvadris – 0,6 l/ga, 69% Akrobat MTS – 2,0 kg/ga, 68% Ridamil Gold – 2,5 kg/ga, mis kuporosi – 6,0-8,0 kg/ga, 72% Previkur – 1,5 l/ga, 45% Proksanil – 2,0 l/ga, Kurzat R – 2,5 kg/ga fungitsidlarni birontasi bilan almashlab purkash tavsiya etiladi. Kladosporioz yoki barglarni qo’ng’ir dog’lanishi kasalligi Kasallik shirin qalampirning gullash-meva tugish paytlarida boshlanib barglarini zararlaydi.
Uning birinchi belgilari – pastki barglar ustida sariq yoki och-yashil dog’lar, barglar ostida esa (o’sha dog’larning tagida) rangsiz, sarg’ish yoki och-qo’ng’ir dog’lar paydo bo’lishidir. Barg ostidagi dog’lar yashil-qo’ng’ir (yoki kulrang-qo’ng’ir) tusli mayin mog’or bilan qoplanadi. Kasallik tezda tepa yarus barglariga o’tadi. Kuchli zararlangan barglar olachipor tus oladi va quriydi.
Kurash choralari. O’simliklarni rivojlanish davrida Bayleton, 25% n.kuk. (0,5-1,0 kg/ga), Topsin-M, 70% n.kuk. (1,0 kg/ga), Folikur BT, 22,5% em.k. (0,3-0,5 l/ga), 1% li Bordo suyuqligi yoki boshqa fungitsidlar bilan purkash tavsiya qilinadi. Kasallik kuchli rivojlanganida qalampirning gul va meva bandlari, gulkosa barglari va tugunchalari ham zararlanadi, ular keyinchalik to’kilib ketadi. Kasallikning eng kuchaygan davri meva pishish paytiga to’g’ri keladi.
Kulrang chirish kasalligi. Kasallik bilan asosan qalampir mevalari kasallanadi. Meva rivojlanishining hamma bosqichlarida chirish ko’rinishidagi dog’lar va kulrang g’ubor qoplangan bo’ladi. Kasallikning rivojlanishi uchun nam va yomg’irli havo juda qulay hisoblanadi.
Kulrang chirish kasalligi. Kasallik bilan asosan qalampir mevalari kasallanadi. Meva rivojlanishining hamma bosqichlarida chirish ko’rinishidagi dog’lar va kulrang g’ubor qoplangan bo’ladi. Kasallikning rivojlanishi uchun nam va yomg’irli havo juda qulay hisoblanadi.
Mevalarning yuqori qismidan chirish kasalligi
Kasallangan qalampir mevalarining ustki qismida dastlab qora dog’lar paydo bo’ladi va mevaning yuqori qismini zararlaydi. CHirish kasalligi mevaning ko’p qismini zararlaydi. Kasallikning rivojlanishiga sabab namlik, azotning tuproqda ko’payib ketishi va kalьtsiyningtuproqda yetishmasligi hisoblanadi. Kurash choralari. Sug’orishni to’g’ri tashkil qilish; azotli o’g’itlarni me’yoridan ortiq bermaslik; kasallangan qalampir mevalarini daladan yig’ib olish va tarkibida kalьtsiy moddasi ko’p bo’lgan ozuqalar bilan oziqlantirish (entokalkuim, kalbit, kalьtsiy nitrat va boshqalar). Qora bakterial dog’lanish kasalligi. Kasallik bilan o’simlikning barcha a’zolari zararlanadi. Dastlab barglarda mayda dog’lar paydo bo’ladi va ular kun sayin kattalashib qora rangga kiradi, barg chetlari esa sarg’ayadi.

Download 130.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling