I. Kirish II asosiy qism


Shirin qalampir kasalliklari va zararkunandalari


Download 130.95 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi130.95 Kb.
#1525628
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bahorgi piyoz va chuchuk qalampir

2.3. Shirin qalampir kasalliklari va zararkunandalari
Poliz shirasi. Teng qanotlilar (Homoptera) turkumining Aphidinea kenja turkumiga mansub. Sabzavot ekiniga shiralardan bir necha turi zarar yetkazadi. Bular orasidaurug’dorilagichlar bilan dorilash tavsiya etiladi. beda yoki akatsiya shirasi, g’o’za yoki poliz shirasi qalampirning ashaddiy zararkunandalaridan biridir. SHiralar barg hujayralari shirasini so’radi, buning oqibatida poya va ildizlardagi uglevodlar miqdori keskin kamayib ketadi. Qattiq zararlangan barglarning shakli o’zgaradi va buralib qoladi. Mavsum davomida zararkunanda 20-26 ta avlod beradi, 150 tagacha lichinka tug’adi.
Kurash choralari Agrotexnik: almashlab ekish, qator oralariga sifatli ishlov berish, ko’llatib sug’ormaslik. Biologik: oltinko’zni 3-4 kunlik tuxumini zararkunanda miqdoriga qarab 1:10, 1:5 nisbatda chiqarish. Kimyoviy usul: (atsetamiprid) mospilan 20% n.kuk, kamilot 20% n.kuk. nestor 20%n.kuk – 0,15 l/ga; (malation) karbofos 57% em.k. fufanon – 1,2 l/ga preparatlarni birontasi bilan ishlov berish tavsiya etiladi. Kimyoviy ishlov berilgan dalalarga 2-3 kun o’tkazib o’simlikni stressdan chiqarish va rivojlanishini tezlashtirish uchun tarkibida gumin, fulьvo, gibberell va oziqa moddalar kompleksi (N,P,K), mikroelementlar tarkibida bor o’simliklarning o’sishini boshqaruvchi preparatlardan birontasi bilan ishlov berish tavsiya etiladi.
Tripslar. Hoshiya qanotlilar yoki tripslar (Thysanoptera) turkumiga, tuxum qo’ygichlilar (Terebrantia) kenja turkumiga, Thripidae oilasiga mansub.
Tamaki tripsi – Thrips tabaci Lind.U qalampir, tamaki, piyoz, karam, ko’kat va gullarga kuchli shikast yetkazadi. Trips qalampir maysalarining yosh barglari va o’sish nuqtalariga joylashib oladi va sanchib-so’rib shikastlaydi. Zararlangan barglarning ostki tomoni o’ziga xos ravishda kumushsimon yaltirab qoladi, shikastlangan kurtaklardan esa bujmaygan burglar yoziladi. O’sish nuqtasi o’lgach o’simlikning rivojlanishi izdan chiqadi, ba’zan yosh o’simlik nobud bo’ladi. Tamaki tripsi mayda hasharot, uning bo’yi 0,8-0,9 mm keladi. Tanasi cho’ziq, urg’ochisida uzun, yirik, arrali tuxum qo’ygichi mavjud. Yetilgan hasharotning ikki juft (chekkalari hoshiyali) tor qanotlari bor. Og’iz apparati sanchib-so’rishga
mtamaki) oqqanotlari shikastlashi mumkin.
Qarshi kurashish: dalani o’simlik qoldiqlaridan tozalash, kuzda shudgorlash, qishlab qoluvchi lichinkalar sonini kamaytirishdan iborat. Bahorda shirin qalampirda zararlayotganligi kuzatilishi bilan ularga qarshi (atsetamiprid) mospilan 20% n.kuk, kamilot 20% n.kuk. nestor 20 %n.kuk., 0,15 l/ga; (malation ) karbofos 57% em.k. fufanon – 1,2 l/ga. (abamektin), vertimek 1,8% em.k., preparatlarning birontasi bilan ishlov berish tavsiya etiladi.Oqqanotlar. Teng qanotli hasharotlar (Homoptera) turkumining oqqanotlar (Aleyrodidae) oilasiga kiradi. Bu ekinlarni har ikkala keng tarqalgan turlar: issiqxona va g’o’zatamaki) oqqanotlari shikastlashi mumkin. Oqqanotning zarari ham o’simlik rivojining qaysi fazasidan boshlab uni zararlay boshlaganiga bog’liq bo’ladi. Ya’ni, o’simlik qanchalik erta zararlansa, shuncha ko’p hosilni yo’qotishi mumkin. Oqqanotlar yil mobaynida to’xtovsiz rivojlanishga odatlangan hasharot bo’lgani tufayli, bir yilda 10-12 ta avlod qoldiradi.
Kurash choralari Agrotexnik: almashlab ekish, qator oralariga sifatli ishlov berish, ko’llatib sug’ormaslik. Mexanik: oqqanot sonini kamaytirish maqsadida sariq ekranlardan foydalanish. Biologik: enkarziya parazitini 1:20, 1:10, 1:5 nisbatda qo’llash. Kimyoviy: agarda oqqanotlarning miqdori ko’p bo’lsa quyidagi preparatlardan birini qo’llash tavsiya etiladi: (Buprofezin) (applovud, safflaud, applaud 25% n.kuk. – 0,5 kg/ga; (piriproksifen) admiral 10% em.k. – 0,5 l/ga;(atsetamiprid) komilot, nester, entospilan, mospilan 20% n.k. – 0,3 kg/ga; (imidakloprid) bagira, vulkan, komandor, konfidor 20% em.k. – 0,3 – 0,4 l/ga; preparatlarning birortasi bilan ishlov berish tavsiya etiladi.
O’rgimchakkana. O’rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.) o’rgimchaksimonlilar (Arachnoidea) sinfiga, Acariphormes turkumiga, o’rgimchakkanalar (Tetranychidae) oilasiga mansub. O’rgimchakkana juda mayda bo’g’imoyoqli jonivor bo’lib, uni oddiy ko’z bilan zo’rg’a ko’rish mumkin. Tanasi oval shaklda, bo’yi 0,3-0,6 mm ga boradi. Uning bahor-yozdagi avlodi ko’kish-sariq, qishlab chiqadiganlari esa to’q sariq-qizil bo’ladi. Tanasining yon tomonlaridagi ikkita qoramtir dog’lari yaqqol ko’rinib turadi. Urg’ochisi rivojlanishida tuxum, lichinka, pronimfa, deytonimfa va yetuklik (imago) davrlarini kechiradi. Kana barglarining orqa tomoniga joylashib, unga shikast yetkazadi, o’simlik qattiq zararlanishi natijasida barglari to’kilib, keyinchalik qurib qolish holati kuzatiladi. O’rgimchakkana o’simlikning o’sish davrining boshlang’ich davrida zararlaganda hosildorlik 50% gacha nobud bo’lishi mumkin. Kanalar havo haroratiga qarab bitta avlodining rivojlanishi bahor oylarida 19 kun, yozda 8-12 kungacha davom etadi. Bir yilda 12-20 marta avlod beradi. Urg’ochi zotlari 100-160 tagacha tuxum qo’yib, 10-15 kun yashaydi. Urg’ochi kanalar o’simlik qoldiqlarida yakka-yakka holda yoki to’p-to’p bo’lib qishlaydi.
Kimyoviy kurash choralari: Ta’sir etuvchi moddasi propargit (oltin vodiy, uzmayt entomayt, omayt, 57% k.em. – 1,5 l/ga) bromopropilat (mitron neoron, 50% em.k. – 1,0-1,2 l/ ga) abamektin (vertimek, akarinsekt, algamek, torpedo golmektin, dalamektin), 1,8% em.k. – 0,3-0,4 l/ga geksitiazoks (xeksorum), nissoran 5% -0.6 l/ga, nissoran, eltosoran, tetrosan 10% – 0.3 l/ga, sarf miqdorida qo’llash tavsiya etiladi. Kuzgi tunlam. Ildiz kemiruvchi tunlamlar – kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den. et Schiff), undov tunlami (A. exlamationis Den. et Schiff.) va boshqalar. Bir yilda 2-5 bo’g’in beruvchi bu zararkunandalar qalampir, ekinlarni zararlaydi.

Download 130.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling