I kirish. Mashg'ulotlarni loyihalashtirish va didaktiy ta'minot yaratishning dolzarbligi. II. Asosiy qism: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari


Download 0.68 Mb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1050503
1   2   3   4
Bog'liq
Davronova Gavharoy slayd kurs ishi

Kurs ishining maqsadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulotni loyihalashtirish va didaktik ta'minot yaratish qanchalik muhim ekanligini o'rganish.
Kurs ishining predmeti. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulot qanday tashkil qilinishini va loyihalashtirilishini, didaktik dasturiy ta'minot qanday yaratilishini o'rganish.
Kurs ishining obyekti. Mazkur kurs ishining obyekti sifatida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulotlarni tashkil qilish va loyihalashtirish jarayonidan foydalanildi.
Kurs ishining vazifalari.
Mazkur kurs ishimizning oldiga qo’yilgan maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni reja asosida bajarishga asosiy e’tibor qaratildi:
-mazkur kurs ishi hozirgi kunda dolzarb mavzulardan biri ekanligini hayotiy dalillar orqali isbotlash va mavzuning ilmiy-nazariy ahamiyatini asoslab berish;
-ushbu mavzu yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotning asosiy maqsadi va uning oldiga qo’yilgan vazifalarini aniqlash;
-mazkur tadqiqot mavzusining oldin o’rganilganlik darajasini aniqlash va hozirgi kunda qay darajada o’rganilganligini tahlil qilish;
Ishni bajarishdan asosiy maqsad uning oldiga qo’yilgan vazifalarni aniqlab olish va amalga oshirish.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qismda to'rtta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan tamoyillar asosida almashtirib borish bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotisining har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini toʻgʻri tashkil etishni taʼminlaydi. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang - barangdir . Tarbiya masalalari ta'lim - tarbiya ishining tashkiliy shakllari , bolalar faoliyatining har xil turlari : mashg'ulotlarda ta'lim berish orqali , ijodiy va qoidali o'yinlar , bolalarning mustaqil faoliyati , ularning o'z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish , o' z - o'ziga xizmat qilish , sayrlar , gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi . oʻz - oʻziga xizmat qilish , Sayr, Ta'lim - tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotisidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liqdir . Bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotisining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot , o'yin , mehnat , mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi . o'yin , mehnat , mashg'ulotlardagi bolaning faolligi bolaning rivojlanishiga juda katta yordam beradi. Mashg'ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari hal etiladi . Bolalar tevarak - atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish , nutq o'stirish , savod o'rgatish , matematika , Jismoniy madaniyat , tasviriy faoliyat , musiqa bo'yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni , malaka hamda ko'nikma sistemasini egallab oladilar . Bolalar egallab olishlari kerak bo'lgan bilim , malaka va ko'nikmalar bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotisi dasturida belgilab berilgan bo'lib , u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega . Mashg'ulotlarda ta'lim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib , ma'lum izchillikda olib boriladi , mazmuni sekin - asta murakkablashtirib boriladi .

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling