I-kurs 1-mavzu: turkistonda


- Mavzu: Mahalliy o’zini o’zi boshqarishning tashkil etilishi


Download 0.79 Mb.
bet51/91
Sana23.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1223681
TuriReferat
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91
Bog'liq
10-11-sinf ozbekiston tarixi

9- Mavzu: Mahalliy o’zini o’zi boshqarishning tashkil etilishi
O’zbekiston taraqqiyotining bosh yo’li jamiyatni demokrat-lashtirish, adolatli, ochiq fuqarolik jamiyati qurishdan tboratdir. Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tay-yor qolip va andazalar yo’q. Islom Karimov dunyoda bir-biriga o’xshagan ikkita inson bo’lmaganidek, bir-biriga aynan o’xshagan ikki davlat ham yo’q deganida haqlidir. To’g’ri, demo-kratik jamiyatning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi; daviat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi; davlat hokimiyat organlarining saylab qo’yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O’zbekiston demokratik jamiyat qu-rishda ana shu tamoyillarga, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, xalqimizning necha ming yillik tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining hosilini, milliy davlatchiligimiz negiz-larini, buyuk madaniyatimiz tomirlarini, ma'naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy an'analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo’lidan bormoqda.
Demokratik jarayonning individualizm falsafasiga tayanuvchi, inqilobiy o’zgarishlarga moyil g’arb namunasi O’zbekistonga un-chalik to’g’ri kelavermaydi. Sharq falsafasi va islom dini ta'Iimot-larini aks ettiruvchi hamjihatlik g’oyasi va jamoatchilik fikrining ustuvorligiga tayanuvchi sharqona demokratik qadriyatlar O’zbekiston uchun asos qilib olindi. O’zbekistonda shoshma-shoshariikka yo’I qo’yilmasdan, odamlarning tafakkuri va ijti-moiy saviyasi bilan demokratik o’zgarishlar darajasi va sur'atlari bir-biriga qanchalik mutanosib ekanligi hisobga olinmoqda
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
Mahalla masalalari fuqarolik jamiyatinishakllantirishning ajralmas qismidir. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o’zbek jamiyatida jamoa bo’lib yashashning sinalgan shakli mahalladir. „Mahalla" so’zi arabcha „Mahallun" so’zidan kelib chiqqan bo’lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma'noni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo’lib, o’tmishdan meros bo’lib kelmoqda. Ma'Ium bir mahallada istiqomat qiluvchi odamlar faqat qo’ni-qo’shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ichki tartib-qoida, ma'naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar, an'analar, umumiy manfaatlar va majburiyatlar bilan ham bog’liqdir. Agar Yevropa mamla-katlaridagi shaharlarda odamlar ijtimoiy kelib chiqishiga qarab „aslzodalar kvartali", „kambag’allar kvartali" va hokazolarga bo’linib yashasa, bizning Vatanimizdagi mahallalarda aholining turli ijtimoiy tabaqalari yonma-yon yashab kelmoqda.
Mahalla hayotining jamoa bo’lib yashash tarzi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan o’zini o’zi boshqarish tizimini kel-tirib chiqardi. Mahallaga uning hududida yashaydigan aholi to-monidan saylab qo’yiladigan oqsoqol boshchilik qilgan.
El ishonchiga sazovor bo’lgan oqsoqol katta-yu kichikning boshini qovushtirib, mahalladoshlarning og’irini yengillash-tirish ishlari bilan shug’ullanardi. Mahalla oqsoqoli, uning maslahatchilari mahalladoshlarining to’ylari, ma'rakalari, rasm-rusumlarining boshida turar, ularni kerakli ro’zg’or ashyolari—idish-tovoq, samovar-choynak, stol-stul, ko’rpa-cha-yu dasturxon bilan ta'minlardi. Shuningdek, oilaviy nizolarni bartaraf qilish, bir-biri bilan kelisholmay qolgan kelin va qaynonaning orasiga tushish, qo’ni-qo’shni o’rtasidagi kelishmovchiliklarga hakamlik qilish, beboshroq yoshlarni tartibga chaqirish singari vazifalarni ham bajarardi.
Xalqimizning turmush tarzi, ruhiy-ma'naviy ehtiyojidan kelib chiqqan bunday jamoatchilik boshqaruvi — mahalla qo’mitalari davlat ishlariga aralashmasa-da, sovet tuzumi „mahalla" so’zini mahalliychilik o’zagi deb bilar, faoliyatini cheklashga urinardi. Biroq aholining noroziligiga sababchi bo’lmaslik uchun mahallalarni taqiqlay olmadi, lekin uni ja-miyatni boshqarish tizimiga kiritmadi. Mahalla qo’mitalari o’zining hayotchanligi tufayli mazkur davrda ham o’zini saqlab qololdi. Toshkent shahrida va respublikaning boshqa yirik shaharlarida o’nlab, yuzlab mahalla qo’mitalari faoliyat yuritardi

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling