Uchinchi yo’nalishga — ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodi-yotiga o’tish, bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchi-lik, xo’jalik yuritishning yangi mexanizmini yaratishga doir g’oyat faol rivojlanib borayotgan qonunlar kiradi.
• „MuIkchilik to’g’risida" Qonun, unga 1993- yil 7- may va
1994- yil 23- sentabrda o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
„Korxonalar to’g’risida" Qonun, unga 1994- yil 23- sen-tabrda o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
„Tadbirkorlik to’g’risida" Qonun, unga 1993- yil 7- mayda o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
„Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida" Qonuh, 1991- yil 18- noyabr.
To’rtinchi yo’nalishga — odamlarning ma'naviy, ijodiy im-koniyatlarini ro’yobga chiqarishga, madaniyat, ta'lim va sog’liq-ni saqlash muammolariga, aholini ijtimoiy himoyalash masala-lariga doir qonunlar kiradi.
„Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti asoslari to’g’ri-sida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr.
„Aholining bandligi to’g’risida" yangi tahrirdagi Qonun, 1998- yil 30 aprel.
„Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to’g’risida" Qonun.
„Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida" Qonun,
„O’zbekiston Respublikasida bayram kunlari to’g’risida" Qonun, 1992- yil 3- iyul.
„Davlat tili to’g’risida" Qonun, 1998- yil 21- oktabr, 1995- yil 21- dekabrda yangi tahrirda qabul qilindi.
„Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr, unga 1995- yil may oyida o’zgartirishlar kiritildi.
„Ta'lim to’g’risida" Qonun, 1997- yil 27- avgust.
„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" haqidagi Qonun, 1997- yil 27- avgust.
„Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida" Qonun, 1996-yil 29- avgust.
Do'stlaringiz bilan baham: |