Birinchidan, mustaqillikkacha bo’lgan davrda Respublika Oliy Kengashi rasman O’zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda mustaqil emasdi, mar-kaz tomonidan qabul qilingan qonunlarni O’zbekiston sharoitiga moslashtirar edi, xolos. Oliy Majlis esa mustaqil O’zbekiston davlatining oliy vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hoki-miyatni mustaqil amalga oshirmoqda. Oliy Majlis faoliyatida xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik qilish yo’lga qo’yildi.
Ikkinchidan, Oliy Kengash sayloviga hokimiyat organlari to-monidan yakka-yu yagona nomzod tavsiya etilardi va saylanardi. Oliy Majlisga esa deputatlar saylovi ko’ppartiyaviylik va muqobil-lik asosida o’tkaziladi. Oliy Majlis vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahonda e'tirof etilgan demokratik tamoyillari asosi-da shakllandi.
Uchinchidan, avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllanti-rish jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar, ziyolilarning o’rni va soni oldindan belgilab qo’yilar edi. Oliy Majlisga say-lovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi. Oliy Majlis deputatlari turli partiya va hara-katlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylanadi. Respublika fuqarolari saylovlarda, nomzod-larning ijtimoiy kelib chiqishini emas, aksincha, ularning ishchanlik sifatlarini va saylovoldi dasturlarining mazmun-mohiyatini inobatga olib ovoz berish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
To’rtinchidan, mustaqillikkacha bo’lgan davrda Oliy Kengash professional parlament shaklida faoliyat yuritolmas edi. Uning vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan deputatlargina doimiy ishlab amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis faoliyatida esa deputatlarning bir qismi doimiy (professional) asosda ish-lamoqda.Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bi-lan aloqalari o’rnatildi va chuqurlashdi
Oliy Majlis „O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996—1999- yillarga mo’ljallangan faoliyat dasturi" ni ishlab chiqdi va respublika parlamenti huzuridagi Amaldagi qonun huj-jatlari monitoringi instituti tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |