I-kurs 1-mavzu: turkistonda
Download 0.79 Mb.
|
10-11-sinf ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- H. Xalilov
Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta'sirdan xoli, xalq-ning o’ziga xos tarixiy, axloqiy-ma'naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqi-yotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lidan borish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo’ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va „o’zbekis-ton Respublikasining Oliy Majlisi to’g’risida" gi qonunga muvo-fiq Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga: • O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; • O’zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish hamda ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; • O’zbekiston Respublikasi icliki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish; • ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, O’zbekiston Respublikasining chegaralarini o’zgartirish; boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish; davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizi-mini va vakolatlarini belgilash; xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tas-diqlash) va denonsatsiya (barvaqt to’xtatish) qilish; Oliy Majlisga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayin-lash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish; vakolati tugashi munosabati bilan O’zbekiston Respubli-kasi Prezidenti saylov kunini tayinlash; Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo’jalik sudlarini saylash; Vazirlar Mahkamasi a'zoIarini, Bosh prokuror va uning o’rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to’g’risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash hamda O’zbekiston Respub-likasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi. Saylov kunigacha 25 yoshga to’Igan O’zbekiston Respubli-kasining fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar. Bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma'Iumoti, tili, dinga munosabati, faoliyat turi bo’yicha hech qanday chekiashlarga yo’l qo’yil-maydi. Shu bilan birga, „01iy Majlisga saylovlar to’g’risida"gi Qonunda belgilanganidek, sudlangan, saylov tayinlangan kungacha o’tgan 5 yil mobaynida O’zbekiston hududida yasha-magan, harbiy ixtisosli, diniy xizmatchi fuqarolar deputatlikka nomzodlar ro’yxatiga olinmaydilar. 1995- yil 23—24- fevral kunlari yangi. SesstyadaO’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi va to’rt kishidan iborat Rais o’rinbosarlari saylandi. E. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi, B. I. Bugrov, B. A. Shodiyeva,A. Q. Qosimov, Qoraqalpog’iston Respublikasi vakili — Qoraqalpog’iston Juqorg’i Kengesi Raisi U. Ashirbekov Rais o’rinbosarlari qilib saylandilar, sessiyada Mandat komissiyasi tuzildi. Qonunlarni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlarini hisobga olgan holda Oliy Majlisning quyidagi 12 ta qo’mitasi tashkil etildi: Byudjet, bank va moliyaviy masalalar bo’yicha. Iqtisodiy islohotlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bo’-yicha. Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo’yicha. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo’yicha. Fan, ta'lim, madaniyat va sport bo’yicha. Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha. Agrar, suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat bo’yicha. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha. Qurilish va uy-joy xo’jaligi bo’yicha. Matbuot va axborot bo’yicha. Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o’zining shakllanishi, o’z faoliyatini tashkil etish tartibotlari, ish yuritish mazmun-mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament bo’lib, avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling